1-apreldan ishlab chiqaruvchilar oʻlchovli yombilarning narxini mustaqil belgilaydi

00:28 24 Fevral 2021 Hujjatlar
513 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini yana-da rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq 2021-yil 1-apreldan boshlab:

a) zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamgʻasi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi. Bunda zargarlik buyumlariga lazer usullari yordamida tushirilgan shaxsiy tamgʻaning haqiqiyligini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining zimmasiga yuklanadi;

b) zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamgʻasi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi bilan tamgʻalash usuli zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi;

v) affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga oʻzlari ishlab chiqargan oʻlchovli yombilarni jismoniy va yuridik shaxslarga sotishga ruxsat beriladi. Bunda, yombilarni sotish narxi hisob-kitob amalga oshirilgan sanadagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kam boʻlmagan miqdorda ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi;

g) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi;

d) quyidagi hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish (ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, taʼsis hujjatlari va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olish) talab etilmaydi:

naqd pulda oʻzaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshmagan taqdirda;

operatsiyaning umumiy summasidan qatʼi nazaroʻzaro hisob-kitob naqd pulsiz va jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?