Oʻzbekistonga kelayotgan amerikalik turistlar soni sezilarli darajada ortgan

18:19 24 Oktyabr 2018 Jamiyat
2517 0

Oʻzbekistonga tashrif buyurgan amerikalik turistlar soni joriy yilning dastlabki sakkiz oyida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 48 foiz oʻsdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yilning yanvar-avgust oylarida AQSH, Kanada va Amerika mintaqasining boshqa davlatlaridan kelgan sayyohlar soni 9,9 ming nafarga yetgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga (6,6 ming nafar) nisbatan 48 foiz koʻpdir.

15 iyuldan 30 avgustgacha boʻlgan davr ichida E-visa tizimi orqali elektron viza berilgan fuqarolar soni boʻyicha AQSH Xitoydan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi va Amerika turistik agentliklari uyushmasi(ASTA) oʻrtasida Oʻzbekiston sayyohlik brendini AQSHda ommalashtirish sohasida hamkorlik qilish nazarda tutilgan memorandum ham imzolangan.

Oʻz navbatida yurtimizga tashrif buyurgan italiyalik sayyohlar soni ham 47 foiz oʻsib, 9,3 ming kishiga yetgan(2017 yilning shu davrida 6,3 ming kishi edi).

Yanvar-avgust oylarida diplomatik missiyaning konsullik okrugi davlatlaridan (Turkiya, Albaniya, Iroq, JAR, Bolgariya, Ruminiya, Kipr) Oʻzbekistonga kelgan turistlar soni 92 foiz ortib, 47,2 ming kishini tashkil etgan. Vaholanki, oʻtgan yilning shu davrida mazkur koʻrsatkich 24,6 ming nafar edi.

Qolaversa, hisobot davrida diyorimizga tashrif buyurgan polshalik sayyohlar 57 foiz oʻsib, 1,9 ming kishiga (2017 yilning shu davrida 1,2 ming kishi) yetgan.

Shu yil 15 iyulidan elektron viza tizimining ishga tushirilishi bilan Polsha shu boʻyicha viza olgan turistlar soni boʻyicha sakkizinchi oʻringa koʻtarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?