Koronavirusga qarshi vaksina bilan kimlar emlanmasligi maʼlum qilindi

14:19 22 Iyul 2021 Jamiyat
1575 0

Sanitariya epidemiologiya xizmati koronavirusga qarshi vaksina bilan kimlar emlanmasligini maʼlum qildi. 

  • COVID-19ga qarshi emlashga monelik (toʻsiqlik) qiluvchi holatlar:
  • vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi boʻlgan shaxslar;
  • anamnezida ogʻir allergik reaksiyalari boʻlgan shaxslar;
  • oʻtkir yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanganlar;
  • homilador va emizuvchi ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumot yetarli emasligi sababli);
  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalar;
  • OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi toʻgʻrisidagi maʼlumot yetarli boʻlmagani sababli).

Koronavirus infeksiyaning oʻtkir shakli simptomlari boʻlgan bemorlar, laboratoriyada COVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan soʻng emlanadi.

Emlashga boʻlgan barcha turdagi moneliklar, emlash punktlarida roʻyxatga olinadi. Bir oygacha va undan koʻp muddatga berilgan tibbiy cheklovlar immunologik komissiya aʼzolari tomonidan koʻrib chiqiladi va shunga asosan yakuniy xulosa qilinadi. Emlashga moneligi boʻlgan shaxslarni davolash, sogʻlomlashtirish rejalari tuziladi va har bir shaxsga alohida individual emlash rejasi tuziladi. Emlanishga moneligi boʻlgan shaxslarning ambulatoriya kartalarida va tibbiy cheklovlarni roʻyxatga olish jurnalida tibbiy cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?