Ilgari jinoyatchilik koʻlamiga raqamlarga qarab baho berar edik, buning ortida inson taqdiri yotganligini unutib qoʻyardik — Poʻlat Bobojonov

15:42 12 Mart 2021 Jamiyat
1213 0

Oliy Majlis Senatining oʻn uchinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonovning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi 2020-yil yakuni boʻyicha axboroti eshitildi.

Unda vazir ilgari jinoyatchilik koʻlami faqat raqamlar orqali baholangani hozirda bu tizim ancha oʻzgargani haqida toʻxtaldi.

«Jinoyatchilikka qarshi kurashda raqam ortidan quvish emas, jinoyatchilikning asl sabablarini bartaraf etish orqali fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga asosiy eʼtibor qaratildi.

Ilgari jinoyatchilik koʻlamiga raqamlarga asosan koʻpaydi kamaydi deya baho berar edik, buning ortida inson taqdiri yotganligini unutib qoʻyardik.

Eng achinarlisi koʻrsatkichlarni sunʼiy ravishda yaxshilash uchun jinoyatni hisobdan yashirishga urinadigan holatlar bor edi. Yoki jinoyat sonini oshirmaslik uchun odam savdosi, fohishabozlik, giyohvandlik, korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlashda tashabbus koʻrsatilmas edi. Endilikda bu salbiy illatdan voz kechildi va vaziyat hududdagi haqiqiy ahvolga qarab baholanmoqda», dedi Poʻlat Bobojonov.

Shahnoza Toʻramurodova, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?