Turkiyada 4 yil tutqunlikda saqlangan 42 yoshli oʻzbekistonlik ayol qutqarildi
Foto: Istanbul Bosh konsulxonasi
Turkiyaning Ushoq shahrida 2020-yildan buyon tutqunlikda saqlanayotgan 42 yoshli oʻzbekistonlik ayol qutqarildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 21 yoshli fuqaro Tashqi ishlar vazirligi orqali Bosh konsulxonaga onasining 4 yil oldin Istanbulga ketgani, 3-yildan beri aloqaga chiqmayotganini aytib, uni topish va vatanga qaytarishda yordam soʻrab murojaat yoʻllagan.
Murojaat boʻyicha olib borilgan tekshirishlar natijasida, 1982-yil Qarshi shahrida tugʻilgan X.D. Turkiyaning Ushoq shahrida ekanligi, 2020-yildan buyon Turkiya fuqarosi M.G. tomonidan erkiga xilof ravishda tutqunlikda ushlab turilgani aniqlangan.
“Joriy yilning 27-avgust kuni Bosh konsulxona, Tashqi mehnat migratsiyasining Istanbul shahridagi vakili, “Oʻzbek ayollari huquqlarini himoya qilish” jamiyati va Turkiya Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tezkor tadbir tashkil etildi. Natijada, vatandoshimizning hayotiga va sogʻligiga ziyon yetkazilmagan holda qutqarilib Ushoq shahar ichki ishlar boshqarmasiga yetkazildi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda 42 yoshli X.D.ni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda. Turkiya qonunchiligiga binoan shaxsni erkiga xilof ravishda tutqunlikda saqlaganligi uchun M.G.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Shuningdek, “yolgʻon va puch vaʼdalarga ishonib erkingizni va hayotingizni xavf ostiga qoʻymaslikni, shu kabi vaziyatga tushgan taqdirda Anqaradagi Oʻzbekiston elchixonasi yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat etishingizni tavsiya etamiz”, deya eslatgan konsulxona matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring