“KNAUF” xalqaro kompaniyasi gips qorishmalarini ishlab chiqarishga 2,2 million yevro miqdorida qoʻshimcha sarmoya kiritmoqda

18:13 13 Март 2020 Иқтисодиёт
74 0

“KNAUF GIPS BUXORO” korxonasi Oʻzbekistonda gips qorishmalarini yana-da koʻproq miqdorda ishlab chiqarish fikriga keldi. Shu maqsadda xalqaro kompaniyaning tegishli investitsiya dasturiga muvofiq gips tayyorlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirildi.

Bunga korxona mahsulotlariga boʻlgan talabning ortib borayotgani sabab boʻldi. Modernizatsiya uchun Yevropa davlatlari va Rossiya ishlab chiqaruvchilarining uskunalaridan foydalanildi.

-2019-yilda korxonamiz 110 ming tonna gips qorishmalarini sotdi, bu 2018-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 29 foiz koʻpdir,- deydi “KNAUF”ning Oʻzbekistondagi korxonalari bosh direktori Dmitriy Deripalko.- Tahlilchilar bu yil sotuvlar 130 ming tonnaga yetishini taxmin qilmoqdalar. Sifatli qurilish materiallariga ortib borayotgan talabni qondirish uchun biz Oʻzbekistonda gips qorishmalarini ishlab chiqarishga yana 2,2 million yevro miqdorida qoʻshimcha sarmoya kiritishga qaror qildik. Bugungi kunga qadar 1,3 million yevro miqdoridagi mablagʻ oʻzlashtirildi.

Gips ishlab chiqaruvchi uskunalarning ikkinchi kompleksi yaqinda faoliyat koʻrsatishga kirishdi.Quruq qorishmalarning qoʻshimcha liniyasini esa shu yilning avgustida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Modernizatsiya tadbirlari korxonaga suvoq va shpaklyovkalar tayyorlashni yiliga 200 ming tonnagacha oshirish imkonini beradi.

Istam IBROHIMOV,

“Xalq soʻzi”

Тавсия этамиз

Изоҳлар

Ҳозирча ҳеч ким фикр билдирмаган. Балки Сиз биринчилардан бўларсиз?