Qoraqalpogʻistonda 500 ming gektar maydonga himoya oʻrmonzorlarini barpo etish ishlari boshlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida Orol dengizi tubidagi suvi qurigan maydonlarda “Yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlarini barpo etish ishlariga kirishildi.

11:09 20.12.2018
Toshkent davlat stomatologiya institutida bir yilda uchta xalqaro fakultet ochildi

Ushbu hamkorlik dasturlari natijasida 2018-2019 oʻquv yilidan Italiyaning Turin universiteti bilan “Biotibbiy muhandislik” va Moskva Davlat tibbiyot stomatologiya universiteti bilan “Stomatologiya” fakultetlari tashkil etildi.

10:49 20.12.2018
Bolaning begonasi boʻlmaydi

Mamlakatimizda har bir bola hech kimdan kam boʻlmay taʼlim-tarbiya olishi uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. Shu jumladan, nogironligi bor, koʻngli yarim bolajonlar hamisha eʼtiborda.

19:26 19.12.2018
Mutaxassislarning fikricha mazkur 20 ta surat stressdan chiqishga yordam berar ekan. Bir urinib koʻringchi... (Davomi)

Stressga qarshi kurashish vositalari koʻp. Kimdir musiqa tinglaydi, kimdir toza havoda yolgʻiz sayr qilishni xohlaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu boradagi yana bir samarali usul — chiroyli rasmlarni tomosha qilish ekan.

17:03 19.12.2018
Sayyor qabulda aniqlangan muammolar bartaraf etildi

Joriy yilning avgust oyida viloyat hokimligi tomonidan Boysun tumanining Machay qishlogʻida oʻtkazilgan sayyor qabulda Oʻrta va Yuqori Machay, Qizilnavr mahallalari aholisi murojaatlari oʻrganilgan edi.

15:23 19.12.2018
Kurash boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boshlandi

Bugun, 19 dekabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida kurash boʻyicha jamoalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi start oldi.

11:14 19.12.2018
Poytaxtimizda “Yosh tadbirkorlar” forumi boshlandi

Yoshlar ijodiyot saroyida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda xorijlik mutaxassislar, ekspertlar, biznes sohasi vakillari, davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit olgan yuzdan ortiq yosh ishbilarmonlar qatnashmoqda.

01:45 19.12.2018
Jizzaxda tarbiyasi ogʻir oʻquvchi-yoshlar 3 kun mobaynida real harbiycha hayot kechirdi (fotoreportaj)

Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi harbiy qismlardan birida tarbiyasi ogʻir oʻquvchi-yoshlar uch kun davomida xuddi harbiylardek yashab koʻrdi. Bu vaqt ichida ular bilan maʼnaviy va maʼrifiy ishlar olib borilib, jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarida dastlabki harbiy koʻnikmalar egallandi.

11:47 17.12.2018
Fargʻonada yangi bozor foydalanishga topshirildi

14 dekabr kuni Fargʻona viloyati Toshloq tumani markazidagi “Savdo majmuasi” va “Dehqon bozori”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

13:45 15.12.2018
77 nafar hamyurtimiz “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun respublikamiz boʻyicha 77 nafar hamyurtimiz ilk marotaba “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

18:41 14.12.2018
Prezident “Vatanparvarlar” bogʻini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida barpo etilgan “Vatanparvarlar” bogʻini borib koʻrdi

18:09 14.12.2018
Buloqboshi tumanida sement zavodi qurilishi boshlandi

203,9 million AQSH dollari hajmidagi loyiha amalga oshirilgach, tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 marotaba ortadi. 750 kishining bandligi taʼminlanadi.

16:05 14.12.2018
Boyovutliklar Qoʻqon aravaning gʻildiragini nimadan yasashgan?

Biologiya fanlari nomzodi, Guliston davlat universiteti dotsenti Shahobiddin Turdimetovning aytishicha, yurtimizda asalarichilikka eʼtibor yuksalib, soha yil sayin rivoj topayotgan bir pallada akatsiyadan ixota sifatida foydalanilsa, bir yoʻla ikki vazifa bajarilar ekan.

17:24 13.12.2018
Shoʻrtanda dunyodagi noyob zavod barpo etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev majmua qurilishini koʻzdan kechirdi. Pudratchi va investorlar bilan suhbatlashdi

15:30 13.12.2018
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Afgʻonistonda boʻlib qaytdi

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Poʻlatov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻoniston Islom Respublikasi Balx viloyati voliysi taklifiga koʻra qoʻshni davlatga tashrif buyurdi.

14:52 13.12.2018
Uch yoshli Abrorjonning yuragi tekis ura boshladi

Namangan viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida faoliyat boshlagan kardiojarrohlik boʻlimida dastlabki amaliyot oʻtkazildi.

14:22 13.12.2018
Senatorlar 2019 yilgi Davlat byudjetini maʼqulladi

Kelgusi yilda Davlat byudjeti daromadlari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini hisobga olmagan holda, 102 trln. 627 mlrd soʻmni, xarajatlari esa 107,1 trln. soʻmni tashkil etadi

12:28 13.12.2018
“Oʻzbekiston-Latviya” doʻstlik jamiyatining 20 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida Latviya Respublikasining 100 yilligi va “Oʻzbekiston-Latviya” doʻstlik jamiyatining 20 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

18:16 12.12.2018