Kotibiyatga mudir tayinlandi

Hukumat qarori bilan Gʻolibsher Meliboyevich Ziyayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlik murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

17:25 23.05.2019
Prezident ikkita yangi qonunni imzoladi

Prezident “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi

17:12 23.05.2019
Oʻzbekiston — Belarus ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari eʼlon qilindi

Innovatsion rivojlanish vazirligida Oʻzbekiston — Belarus hamkorligi doirasida 2019-2020 yillarda bajarilishi moʻljallangan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari boʻyicha moliyalashtirishga tavsiya etilgan 15 ta loyiha mualliflariga sertifikatlar topshirildi.

16:39 23.05.2019
Mahallaning tinchi buzildi. Qarshi shahridagi odamlar nimadan norozi?

Bir xonadonda tinchlik buzilsa, najot istab, avvalo, mahallaga kelinadi. Oiladagi “qoʻydi-chiqdi” muammolari, gʻam-tashvishlar mahalla koʻmagida hal etiladi. Chunki mahalla – davlat ichidagi kichik Davlat! Lekin, mahallaning oʻzi notinch boʻlsachi? Unda fuqarolar kimdan najot kutsin?

16:18 23.05.2019
Tramp Yaponiyaga tashrif buyuradi

AQSH prezidenti Donald Tramp Yaponiyaga borishni rejalashtirmoqda.

11:05 23.05.2019
Ikkinchi marta prezidentlikka saylandi

Indoneziyada prezident Joko Vidodo ikkinchi marta ushbu lavozimga saylandi. Biroq saylov natijasidan raqib taraf — Prabovo Subianto jamoasi norozi, deya xabar beradi The Guardian. Ular jarayonda turli noqonuniy holatlar yuz berganini aytishmoqda.

10:17 23.05.2019
Namanganda “Tashabbus-2019” koʻrik-tanlovi gʻoliblari aniqlandi

21 may kuni Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Tashabbus-2019” koʻrik-tanlovining Namangan viloyat bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Unda Respublika bosqichiga yoʻllanma olgan gʻoliblar nomi maʼlum boʻldi.

09:49 23.05.2019
Tadbirkorga madadkor bormi?

Tadbirkorlik koʻp holda tavakkalchilikni talab etadi. Axir, chumchuqdan qoʻrqqan tariq ekmaydi, degan gap bejizga aytilmagan-da. Baʼzan aniq biznes loyiha ishlab chiqilib, obdon hisob-kitob asosida boshlangan harakat chippakka chiqishi ham ehtimoldan holi emas. Boysunlik Chori Rahimov katta orzu-umid bilan tadbirkorlikka qoʻl...

18:06 22.05.2019
Futboldan bir umrga chetlatilgan Samvel Babayan oradan 1,5 yil oʻtib yana bosh murabbiylikka qaytmoqda

Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

16:41 22.05.2019
Prezidentlikka sobiq nomzod Sarvar Otamurodov partiya rahbarligidan boshqa ishga oʻtkazildi

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Sarvar Otamurodov lavozimini tark etdi.

14:57 22.05.2019
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning muhim yoʻnalishlari belgilab berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

14:22 22.05.2019
Abdulaziz Komilov Bishkekda Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2019 yilning 22 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bishkek shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi.

12:45 22.05.2019
Alisher Shodmonov jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida soʻzga chiqdi

Shu kunlarda Jenevada Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasi (JSSA)ning 72-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda dunyodagi 190 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, 150 ga yaqin sogʻliqni saqlash vazirlari, shuningdek, yetakchi xalqaro tashkilotlar, yirik korporatsiyalar, nufuzli xalqaro jamgʻarmalar va akademiyalar vakillaridan iborat uch mingga...

12:04 22.05.2019
Oʻzbekiston AKT sohasida Yaponning “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi vitse-prezidenti Xideki Yanase va “NEC Corporation” kompaniyasi katta vitse-prezidenti Shigeru Okuya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

11:56 22.05.2019
Jahon chempionlari ring sirlarini oshkor etishdi

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamkorlikda yoshlar oʻrtasida...

11:39 22.05.2019
“Senga nima”, “menga nima”mi? Samarqand yordamga muhtoj

Yodingizda boʻlsa shu yilning bahor mavsumidagi tinimsiz yomgʻir, Samarqand shahrining ayrim koʻchalarini suvga toʻldirdi sarlavhali maqolalar ijtimoiy tarmoqlarda ajiotaj boʻlgan edi. Muxbirimiz mazkur holatlarga sabab boʻlayotgan turli omillarga oydinlik kiritib, tahliliy maqola tayyorladi.

10:42 22.05.2019
Uchtepa tumaniga yangi hokim va qolgan sektorlarga rahbarlar tayinlandi

Toshkent shahar Uchtepa tumanining toʻrtta sektoriga yangi rahbarlar tayinlandi.

09:53 22.05.2019