Oʻn toʻqqiz nafar oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 5-oktyabr kuni “Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida”gi farmonini imzoladi. Unga koʻra, umumiy tartibda (yashash guvohnomasi (VNJ) asosida Rossiya hududida 5 yil yashagan) 137 nafar kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda Sputnik manbasi...

14:07 06.10.2020
Prezidentdan tortib barcha idoralar rahbarlarigacha mol-mulklari deklaratsiya qilinadi — Akmal Burhonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov davlat byudjetidan oylik oladigan barchaning mol-mulklari deklaratsiya qilinishi haqida aytib oʻtdi

13:36 06.10.2020
Maktabgacha taʼlim tizimiga yangicha yondashuv

Bugungi kunda mamlakatimizda taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarida ulkan islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz kelajagi va ravnaqida muhim oʻrin tutadigan maktabgacha taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, bu tizim jamiyatning birlamchi va eng muhim boʻgʻinidir.

13:17 06.10.2020
Paxtachi tumani nega “qoniqarsiz” hududga tushib qoldi?

Birinchidan, 2019-yilda virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan takroriy murojaatlar soni 397 taga yetgan. Bu hududda istiqomat qiluvchi har ming kishidan 3 nafari murojaat qildi degani. Viloyatda eng oxirgi 16-oʻrinda.

11:41 06.10.2020
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari inspektorining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek uning koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

11:34 06.10.2020
Oʻzbekiston havo yoʻllari va aeroportlari: sohada monopoliya bilan bogʻliq oʻz yechimini kutayotgan muammolar hali koʻp

Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aeroportida kuniga oʻrtacha 65 reys uchun xizmatni amalga oshirayotgan boʻlsa, hududiy aeroportlarda esa kuniga oʻrtacha 2-2,5 reysga xizmat koʻrsatilmoqda.

20:38 05.10.2020
Pochta tizimini daromadli sohaga aylantirish choralari muhokama qilindi 

Pochta tizimini xat, joʻnatma va tovarlar yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashtirish orqali sohani barqarorligini taʼminlash muhim masala hisoblanadi. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tizimida mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan 2 mingdan ziyod boʻlinma, 7 ming nafar xodim bor....

19:48 05.10.2020
Yosh avlod kamoloti – taraqqiyot kafolati

«Oxirgi oy ichida bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining uchinchi keng koʻlamli, dasturiy chiqishidir: Prezidentimiz 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda, 23-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida hamda 30-sentyabr kuni Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda nutq soʻzladilar.

18:18 05.10.2020
Siyosiy boshpana berish tartibi ishlab chiqiladi — deputat

Qonun loyihasida Oʻzbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomini, Oʻzbekistonda boʻlish, siyosiy boshpana berish tartibini, asosiy huquq va erkinliklari, Oʻzbekistonga kirish-chiqish va tranzit oʻtishi, davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqa holatlarni aks ettirish nazarda tutilmoqda.

18:04 05.10.2020
Prezidentimiz ilgari surgan takliflar zamonaviy taʼlim taraqqiyotga xizmat qiladi

Hozirgi murakkab davrda mamlakatimiz taʼlim tizimi ham jiddiy sinovga duch keldi. Bugungi qiyin sharoitga qaramasdan, davlatimiz tomonidan oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

17:00 05.10.2020
Senatda “Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airports”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” hamda “Oʻzmetkombinat” AJning monopol faoliyati tanqidiy muhokama qilindi 

2020-yil 5-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining videokonferensaloqa tarzidagi sayyor majlisi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida boʻlib oʻtdi. Unda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” hamda «Oʻzmetkombinat» aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ijro...

16:55 05.10.2020
Sayyor qabullar: eʼtibor markazida Toshkent viloyati

Joriy yilning 23-sentyabr - 2-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi masʼul xodimlari boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida Toshkent viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi.

16:47 05.10.2020
Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi. Uning taraqqiyotiga oʻz hissamizni qoʻshish — asosiy maqsad

Xalqimiz hamisha ustozlarni eʼzozlab, ularning hurmat-izzatini joyiga qoʻyib kelgan. “Ustoz ota kabi ulugʻ” degan hikmatli naql ham bejiz aytilmagan. Zero, butun borligʻini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan oʻqituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.

16:40 05.10.2020
Ibrat maktab-internati bitiruvchilarining barchasi OTMlarga oʻqishga qabul qilindi

Toʻraqoʻrgʻondagi Ibrat nomli xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatini bu yil tugallagan 40 nafar bitiruvchining barchasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindi.

15:48 05.10.2020
Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari lavozimini egallaydi

Prezidentimizning shu yil 2-oktyabrda qabul qilingan “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruv tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga ayrim oʻzgarishlar kiritildi.

13:18 05.10.2020
Prezident Farmoni bilan Qohira universiteti dekani “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlanishi Misr matbuotida keng yoritildi

Xususan, Misrning rasmiy “MENA” axborot agentligi chop etgan maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bilan har tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalarni roʻyobga chiqarishdagi amaliy koʻmagi, xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro bir-birini anglash va qoʻllab-quvvatlash tamoyillarini mustahkamlash,...

13:06 05.10.2020
Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

12:17 05.10.2020
Oʻqituvchilar nufuzi va mavqeini yuksaltirish Yangi Oʻzbekistonda inson resursining shakllanishida hal qiluvi ahamiyatga ega

Har qanday davlat tomonidan olib boriladigan islohot ortida inson va xalq farovonligi hamda jamiyat hayotini taraqqiy ettirish maqsadi mujassamdir. Ammo, barcha islohotlardan eng muhimi inson resursi yoxud inson kapitalini shakllantirishga qaratilgan islohotdir. Sababi, ayni inson resursini shakllantirish orqali kelajakda islohotlarga...

12:17 05.10.2020
Hududlarda “Isteʼmolchi kutubxonasi” loyihasi amalga oshirilmoqda

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan “Isteʼmolchilar uyi” hamda “Isteʼmolchi kutubxonasi” loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

11:36 05.10.2020
Rektor imtiyozli tarzda talaba boʻlgan xotin-qizlarni tabrikladi

Xotin-qizlar har qanday jamiyatning eng asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Chunki yosh avlod taʼlim-tarbiyasi nisbatan koʻproq shu xilqatning salohiyati va bilimiga bogʻliq. Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, iqtidorli ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida juda koʻp...

11:17 05.10.2020