Eng boy davlatda uysizlar soni yarim milliondan ortgan

Prezident Donald Tramp Kaliforniya shtatida uysizlik muammosiga barham berish kerak, demoqda. “Vashington Post” gazetasiga koʻra, Los-Anjeles va boshqa shaharlarni uysizlardan tozalashga koʻrsatma berilgan. Xususan, Los-Anjelesning Skid-Rou mahallasi nishonda, deb yozadi “Amerika ovozi“.

11:49 16.09.2019
Shavkat Mirziyoyev Meksika Prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Meksika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorni milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

11:47 16.09.2019
Oʻzbekiston Prezidenti Kosta-Rika Prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kosta-Rika Respublikasi Prezidenti Karlos Alvarado Kesadani milliy bayram – Musta?illik kuni bilan tabrikladi.

11:45 16.09.2019
Oʻzbekiston Prezidenti tabrik yoʻlladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gvatemala Prezidenti Jimmi Ernesto Morales Kabrerani milliy bayram – Musta?illik kuni bilan tabrikladi.

11:26 16.09.2019
Oʻzbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qildi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ-568-son, 14.09.2019-y.).

11:21 16.09.2019
Xorazmda “Raqs sehri” xalqaro festivali oʻtkazilmoqda(foto)

Qadimiy va navqiron Xiva yana bir nufuzli xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida anʼanaviy “Raqs sehri” xalqaro festivali oʻtkazilyapti.

11:03 16.09.2019
2004-yilda yopilib qolgan tuman yana jonlanmoqda yoxud Boʻzatovning baxti

Davlat rahbarining shu yil 20-21-avgust kunlari Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Boʻzatov tumanini qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi xalqimizni behad quvontirdi. Zero, Yerkindaryo, Shaxaman dalalaridan to Moʻynoqqacha choʻzilgan hududda ilgari uyur-uyur yilqilari, poda-poda qoramollari, suruv-suruv qoʻylari, Dautkoʻldagi marjon baliqlari...

10:20 16.09.2019
Avtomobil narxlari bir turdagi toʻlov hisobga olinmaganda oʻzgarishsiz qoldirildi

UzAuto Motors Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 2019-yilning 1-oktyabridan eʼtiboran yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻaramasiga amalga oshiriladigan 3 foiz miqdoridagi yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanishi belgilangani haqida maʼlum qildi.

10:02 16.09.2019
OFK prezidenti Shayx Salmon Toshkentga yetib keldi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifi bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Oʻzbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi. Biroz oldin martabali mehmon yurtimizga yetib keldi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

10:00 16.09.2019
Innovatsion rivojlanish vaziri “Belarus” yuqori texnologiyalar parki rahbari bilan muzokaralar olib bordi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 11-sentyabr kuni “Belarus” yuqori texnologiyalar parkining Kuzatuv kengashi raisi Vsevolod Yanchevskiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

09:07 16.09.2019
N.Xachaturyan: “Koʻp yurtlarda boʻlganman, ammo sizning diyoringiz va shirinsuxan odamlaringizni aslo unutmayman!“

Qoʻqon shahri mezbonlik qilgan Xalqaro hunarmandlar festivali mezbonu mehmonlarda katta taassurot qoldirmoqda. Buni ular bildirayotgan fikrlardan ham bilib olsa boʻladi. Quyida shularning ayrimlari bilan tanishib oʻzingiz ham ishonch hosil qilishingiz mumkin.

10:35 15.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimidagi nutqi

Barchangizni YUNESKO rahnamoligida oʻtkazilayotgan birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

21:13 14.09.2019
Shavkat Mirziyoyev: Hunarmandchilikning paydo boʻlishi – sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam

Qoʻqon shahrida 14-sentyabr kuni birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

20:25 14.09.2019
Prezident fargʻonalik ziyolilar bilan muloqot qildi

Qoʻqon shahridagi Buyuk allomalar muzeyida Oʻzbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyati faollari, nuroniylar, ziyolilar bilan muloqoti boʻlib oʻtdi. Unda madaniyat, maʼrifat sohalaridagi oʻzgarishlar, yoshlar taʼlim-tarbiyasi haqida soʻz bordi.

18:51 14.09.2019
Prezident Fargʻonaga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qoʻqon shahrida oʻtayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Fargʻona viloyatiga joʻnab ketdi.

12:12 14.09.2019
Andijonda matematika fani oʻqituvchilarining kasbiy mahoratlari namoyish etildi 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida jamiyatimizda oʻqituvchi kasbining nufuzini oshirish, mazkur sohada faoliyat koʻrsatayotgan barcha fidoyi insonlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

17:43 13.09.2019
Davlat xizmatlarining yagona reyestri yangilandi

Davlat xizmatlarining yagona reyestri 2019-yilning 13-sentyabrida Adliya vazirligida 3181-raqam ostida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, deyiladi “Huquqiy axborot” kanali orqali tarqatilgan xabarda.

17:40 13.09.2019
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan sport tadbiri

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi qarori ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni amalda keng joriy etish, xususan bolalarni sportga yanada kengroq jalb qilish, ularni maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi, sportga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda BMTning...

17:37 13.09.2019
Qoʻqon “Jahon hunarmandchilik shahri“ sifatida rasman eʼlon qilindi.

Jahon Hunarmandlari Kengashi (WCC) ga 2019-yilda Qoʻqon shahridan “Jahon hunarmandlari shahri“ maqomini olish uchun ariza yuborilgan edi. Hayʼat aʼzolarining baholash hisobotlari Jahon Hunarmandlar Kengashining Ijroiya Kengashi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlangach, Qoʻqon shahrini “Jahon hunarmandchilik shahri“ deb belgilashga qaror qilindi.

17:35 13.09.2019
Qoʻqonda “Hunarmandchilik va xalq amaliy-sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda

12-sentyabr kuni Qoʻqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy-sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi.

17:23 13.09.2019