Rossiya Oʻzbekiston va Tojikistondan yuborilgan 200 tonna xurmoni chegaradan oʻtkazmadi

Rossiya va Qozogʻiston chegarasidagi “Troisk” nazorat-oʻtkazish punktida xurmo mevalari ortilgan 10 ta yuk avtomobili toʻxtatib qolindi.

15:24 15.11.2018
YHXB xodimini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qoʻlga olindi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida YHXB xodimiga boʻysunmasdan, uni mashinasida urib, qochib ketgan haydovchi qoʻlga olindi.

11:47 14.11.2018
Astraxan yaqinida oʻzbekistonlik haydovchi boshqarib ketayotgan mashina agʻdarilib ketdi

Astraxan viloyatining Narimanov tumanida oʻzbekistonlik haydovchi boshqaruvida boʻlgan “Lada Largus” rusumli mashina agʻdarilib ketgan. Buning oqibatida besh kishi tan jarohati olgan.

16:14 13.11.2018
Oʻzbekiston — Qozogʻiston: Abadiy doʻst, strategik va ishonchli hamkor

Тили, дини бир, тарихи туташ, маданияти муштарак бўлган ўзбек ва қозоқ халқлари дўстлиги узоқ ўтмишга бориб тақалади. Ўзаро алоқалар, айниқса, кейинги йилларда янада мустаҳамланди. 2018 йилда Қозоғистонда Ўзбекистон йили нишонланаётгани бунга ёрқин мисолдир.

11:30 12.11.2018
YHXB 8 kunda spirtli ichimlik taʼsirida transport vositasini boshqargan 46 nafar haydovchini ushladi

Joriy yilning 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha (8 kun ichida) YHXB xodimlari 3251 marta yoʻl harakati qoidalari buzilganlik holatlarini qayd etishgan.

15:41 08.11.2018
Qozogʻistonda roʻy bergan YTH uch nafar oʻzbekistonlikning umriga zomin boʻldi

Qozogʻistonning Turkiston viloyatida roʻy bergan yoʻl transporti hodisasi oqibatida besh kishi, jumladan, Oʻzbekistonning uch nafar fuqarosi hayotdan koʻz yumdi.

12:26 06.11.2018
Samarqandda haydovchilar 2 oyda salkam 10 mlrd soʻm jarima toʻlagan

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida viloyatimizda 232 mingga yaqin yoʻl harakati qoidalarini buzish holati qayd etilgan. Shundan 95 ming 900 tasi qoʻpol, 6 ming 261 tasi mast holda transport vositasini boshqarish, 10 mingga yaqini piyodalar bilan bogʻliq qoidabuzarliklardir.

11:53 06.11.2018
Benzin sotib olish uchun kimlarga kompensatsiya toʻlanadi?

Qonunchilikka muvofiq, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi. 2018 yil 16 noyabrdan kompensatsiya miqdori 66 ming 700 soʻmni tashkil etadi, deb xabar qiladi “Huquqiy axborot“ kanali.

16:20 05.11.2018
Aeroportdan “Tashkent City”gacha osma vagonda borish loyihasi. U haqda nimalar maʼlum?

Samolyotda Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻngan yoʻlovchilar terminaldan platformaga oʻtib, oʻsha yerdagi qulay osma vagonga chiqishadi. Eshiklar yopiladi va u yer ustida harakatlanishni boshlaydi.

15:13 05.11.2018
Samoda samolyotlar toʻqnashib ketdi

Kanada samosida ikkita samolyot toʻqnashib ketdi. Ularning biri Makgi tumani yaqinidagi yoʻl boʻyiga qulab tushgan.

14:41 05.11.2018
Suv toshqinlari bir oiladan oʻn kishining hayotiga zomin boʻldi

Italiyaning Sitsiliya orolida surunkali yogʻingarchiliklar oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlari oqibatida 12 kishi qurbon boʻldi.

12:28 05.11.2018
Endi telefon qoʻngʻirogʻisiz tez tibbiy yordamni chaqirish mumkin boʻladi

TezMedʼ loyihasi – tez tibbiy yordam boshqaruv tizimini avtomatlashtirish uchun innovatsion dasturiy taʼminot toʻplami sanaladi. U mobil ilova sifatida aholidan kelib tushayotgan maʼlumotlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun moʻljallangan boʻlib, ularni avtomatik ravishda ustun tartibda belgilash va planshetlarning GPS...

11:54 05.11.2018
Yoʻlovchi va haydovchi oʻrtasidagi janjal tufayli avtobus daryoga quladi. Qurbonlar bor

Salonda haydovchi va yoʻlovchi oʻrtasida kelib chiqqan janjal oqibatida yoʻlovchi avtobusi Xitoyning janubi-gʻarbidagi Yanszi daryosiga qulab tushgan.

14:20 02.11.2018
52 nafar hamyurtimizning oʻlimiga sabab boʻlgan avtobusni oʻzimiz yoqqan boʻlib chiqayaрmiz

Jinoiy ishlar boʻyicha Oqtoʻbe maxsus sudida Oʻzbekistonning 52 nafar fuqarosining oʻlimiga sabab boʻlgan avtobus yongʻini bilan bogʻliq ish boʻyicha munozaralarni qabul qilish tugatildi.

12:58 02.11.2018
It egasini otib qoʻydi

AQSHda it ovga ketayotgan egasini yoʻlda otib qoʻydi. KRQEning yozishicha, baxtsiz hodisa Nyuy-Mexiko shtati Donya-Ana okrugida roʻy berdi.

11:33 02.11.2018
25 darajalik iliq havodan keyin birdaniga qalin qor yogʻdi

Quyoshli Ispaniyada Selsiy boʻyicha 25 daraja iliq havodan soʻng birdaniga qor yogʻdi.

15:04 30.10.2018