Inom Majidov: Oliy taʼlim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot lokomotiviga aylanishi kerak

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.

14:23 19.09.2019
Sifati kafolatlanmagan biofaol koʻshimchalarning noqonuniy aylanmasi toʻxtatib qolindi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda Forish tumanining qoʻshni davlat bilan chegaradosh aylanma yoʻlda tezkor tadbir oʻtkazishdi.

14:18 19.09.2019
Toshkent shahar Kengashining sessiyasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

2019-yil 18-sentyabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyasi boʻlib oʻtdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bagʻishlangan sessiya selektor shaklida oʻtkazildi.

13:37 19.09.2019
Yaponiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Joriy yil 19-sentyabr kuni Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

13:26 19.09.2019
Toshkentda ilk marta “Tashkent Book Fest” xalqaro kitob-koʻrgazma yarmarkasi oʻtkaziladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Tashkent Book Fest” xalqaro kitob koʻrgazmasini tashkil etmoqda.

12:20 19.09.2019
Paxta dalalarida bolalar mehnati va majburiy mehnat yuzasidan tekshiruvlar oʻtkaziladi

Milliy monitoringda AQSH, Yevropa davlatlari va bir qator xalqaro kasaba uyushmalari markazlari vakillarining ishtirok etishi ham kutilayotgani taʼkidlandi.

11:33 19.09.2019
Anqarada Toshkent deb ataluvchi 12 ta koʻcha bor, endi Toshkentda ham Anqara koʻchasi paydo boʻlishi mumkin

Kuni kecha Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev Anqara shahri hokimi Mansur Yavash boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Oʻzaro muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.

14:01 18.09.2019
Poytaxtdagi yoʻlovchi avtobuslari harakatini endi Yandeks Maps ilovasi orqali ham kuzatish mumkin

“Toshshahartransxizmat” AJ va Yandeks kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik doirasida avtobus yoʻnalishlari mobil ilovasi sinovlari muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.

13:40 18.09.2019
Angliyalik trenerlar Navoiyga nega bordi?

Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Buyuk Britaniya Qirolligi bilan xalqaro hamkorlik doirasidagi kelishuvlarga asosan boshqaruv tizimida davlat xizmatchilarining bilim va koʻnikma, malakalarini oshirishga qaratilgan dastur boʻyicha boshqaruv malakasini shakllantirish hamda liderlik qobiliyati koʻnikmalari mavzusida...

13:38 18.09.2019
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Pokistondagi nufuzli oliygoh bilan hamkorlik qiladi

Ayni kunlarda Namangan shahar hokimligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti professor-oʻqituvchilari, shaharning tadbirkor-ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiya Pokistonda boʻlib turibdi. Bu haqda Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot xizmati muxbirimizga xabar berdi.

13:36 18.09.2019
Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi navbatdagi muzokaralar Toshkentda boʻlib oʻtadi

23-27-sentyabr kunlari Toshkentda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik boʻyicha bitim loyihasiga bagʻishlangan ikki tomonlama muzokaralarning uchinchi davrasi, shuningdek, “Oʻzbekiston-Yevropa Ittifoqi” hamkorlik qoʻmitasining Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar boʻyicha kichik qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

12:02 18.09.2019
Toshkentda “Investor: Oʻzbekiston tomon nazar” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Profi Training biznes maktabi va Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida “Investor: Oʻzbekiston tomon nazar” konferensiyasi boʻlib oʻtadi.

11:45 18.09.2019
Senat Raisi BMT Bosh kotibining Yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashdi

2019-yil 18-sentyabr kuni Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, Yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha maxsus vakili Jan Todt bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

11:44 18.09.2019
“TopGear”, “Vokrug Sveta”, “NationalGeographic” Oʻzbekistonning turistik targʻibotiga jalb qilinadi

Oʻzbekiston haqida noyob dasturlar tayyorlash hamda ularni dunyoning mashhur telekanallarida namoyish qilish maqsadida “TopGear”, “VokrugSveta”, “NationalGeographic” kabi taniqli telekanal va koʻrsatuvlar vakillarini yurtimizga jalb qilish rejalashtirilmoqda.

10:26 18.09.2019
Oʻzbekiston mamlakatda quriladigan AES uchun uskunalar yetkazib beradigan Rossiya taʼminotchilarini oʻrganmoqda

Atom elektr stansiyasi (AES) uchun uzoq muddatli uskunalarni ishlab chiqarish tajribasini oʻrganish, shuningdek tomonlar oʻrtasida muzokaralar olib borish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun “Oʻzatom” agentligi delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi (Rossiya Federatsiyasi) “Silovыye mashinы” AJK ishlab chiqarish obyektlarida boʻldi.

10:16 18.09.2019
Toshkentda Sanoat robototexnikasi boʻyicha II Sammit oʻtkaziladi

Joriy yilning 2-oktyabr kuni poytaxtimizning Wyndham Hotel mehmonxonasida Sanoat robototexnikasi boʻyicha ikkinchi sammit boʻlib oʻtadi.

18:31 17.09.2019
Yangi jurnal: uning ilk soni nashrdan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” nomli xalqaro jurnalning ilk soni nashr etildi.

18:30 17.09.2019
“Ayritom” chegara-bojxona postiga zamonaviy radiatsiya nazorati qurilmalari topshirildi

2019-yil 16-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara-bojxona postida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlariga begʻaraz koʻmak sifatida taqdim qilingan radiatsion portal monitorlarini tantanali qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

17:44 17.09.2019
“Oʻzbekkino” BBC bilan hamkorlikda Oʻzbekiston haqida hujjatli filmlar suratga olish boʻyicha yirik loyihani amalga oshirmoqchi

Londonda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi rahbariyati BBC Broadcasting House kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. BBC oʻzbek xizmati Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati haqida 10 daqiqalik haftalik dasturlar berib bormoqchi.

16:55 17.09.2019
Goʻsht muammosini hal etish uchun Oʻzbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak – ekspert fikri

Rossiya Mol goʻshti ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi bosh direktori Roman Kostyuk Sputnik muxbiriga dunyoning rivojlangan davlatlarida mol goʻshti ishlab chiqarish sohasi qanday tuzilgani haqida soʻzlab berdi.

16:18 17.09.2019