“Boku sammiti Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirdi”

Oʻzbekiston Respublikasining Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga aʼzo boʻlish haqidagi tarixiy hujjati hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-oktyabr kuni Bokuda boʻlib oʻtgan ushbu tuzilma sammitidagi ishtiroki xorij jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalarida alohida eʼtirof etilmoqda.

16:49 17.10.2019
Trent KELLI: “Oʻzbekiston — mintaqaviy lider”

Keyingi yillarda koʻp qirrali Oʻzbekiston — AQSH munosabatlari izchil rivojlanmoqda. 2018-yilning may oyida Vashingtonda boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz strategik sherikligida yangi davrni boshlab berdi.

16:29 17.10.2019
Vashingtonda Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumi va yana bir nufuzli anjuman boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 21-22-oktyabr kunlari Vashington shahrida Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumi, shuningdek, Savdo va investitsiyalar boʻyicha doiraviy bitim kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.

15:55 17.10.2019
Yapon kompaniyalari Oʻzbekiston gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha tenderda ishtirok etadi

Joriy yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi natijasiga koʻra mamlakatning “Itochu Corporation” va “Marubeni Corporation” kabi yetakchi kompaniyalari “Dispetcherlik markazi, monitoring va gaz infratuzilmasi obyektlarini boshqarishni (SCADA) joriy etish bilan Oʻzbekiston Respublikasida gaz uzatish tizimini modernizatsiyalash”...

15:14 17.10.2019
Buxoroda Turkiyaning Sogʻliq bilimlari universiteti fakulteti ochildi

Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan aloqalar ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik, hamkorlik rishtalarini mustahkamlayapti.Xususan, ikki davlat oliy oʻquv yurtlarining qoʻshma dasturlarni amalga oshirishayotgani eʼtiborga molikdir.Abu Ali ibn Sino vatani sanalgan Buxoroda Turkiyaning Sogʻliq bilimlari universiteti Tibbiyot fakulteti va Malakali tibbiy...

13:54 17.10.2019
Organik paxta nimasi bilan afzal?

Joriy yilda Chinoz paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish klasterida mamlakatimizda birinchi marotaba organik paxta yetishtirilganidan xabaringiz bor, albatta. Xoʻsh, mazkur usulda parvarishlangan paxta odatdagidan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? U qanday afzalliklarga ega?

11:34 17.10.2019
Oʻzbekiston va Xitoy oʻzaro hamkorlikda “Gepatit C” virusiga qarshi dori vositasi substansiyasi yaratdi

Oʻzbekiston va Xitoy Fanlar akademiyalari qariyb 20 yil davomida ilmiy hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Soʻnggi 5 yil davomida bu hamkorlik oʻzining amaliy natijalarini koʻrsata boshladi, deb yozadi OʻzFA axborot xizmati.

11:28 17.10.2019
IIV delegatsiyasi Chilida. U Interpol Bosh Assambleyasining 88-sessiyasida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 15-oktyabr kuni Chili poytaxti Santyago shahrida Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti (Interpol) Bosh Assambleyasining 88-sessiyasi oʻz ishini boshladi.

11:09 17.10.2019
Fransiyalik koʻngillilar saboq oʻtishdi

Buxoroda “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda seminar – trening tashkil etildi.

10:56 17.10.2019
XTV: maktab bitiruvchilari kamida uchta tilni bilishlari kerak

Xalq taʼlimi vazirligi fikriga koʻra, maktab bitiruvchilari kamida uchta tilni - davlat, rus va ingliz tillarini (yoki boshqa xorij tilini) puxta bilishi lozim.

14:19 16.10.2019
Kristofer Fort “Shum bola”ni ingliz tiliga tarjima qilmoqchi

1989-yil Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi mamlakat hayotida chinakam tarixiy ahamiyatga ega voqea boʻlgan edi. Mana shu qutlugʻ sanaga ham oʻttiz yil toʻlmoqda. Oʻtgan vaqt davomida oʻzbek tilining maqomini oshirish boʻyicha ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi.

12:01 16.10.2019
Integratsiya va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar

​​​​​​​Turkiy kengashning 7-sammiti ishtirokchilari, turkiy dunyo hamjamiyatini muhim sana – Turkiy davlatlar hamkorligi kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan bitimi qabul qilinganining 10 yilligi bilan tabriklash menga katta mamnuniyat bagʻishlaydi.

11:35 16.10.2019
OʻzMUda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi tashkil etildi

Oʻzbekiston Milliy universitetida Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi tashkil etildi.

11:03 16.10.2019
Oʻzbekistonda Turizmni rivojlantirish instituti oʻz ishini boshladi

2019-yilning 10-oktyabr kuni Prezident Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Turizm oʻquv-konsalting markazi” davlat unitar korxonasi (DUK) bazasida tuzilgan Turizmni rivojlantirish instituti oʻz faoliyatini boshladi. Institut turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, ilm-fan va...

10:53 16.10.2019
K.Adenauer nomidagi Jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha Vakolatli vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-yil 15-oktyabr kuni Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Konrad Adenauer nomidagi Jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha Vakolatli vakili Ronni Xayne bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

10:48 16.10.2019
Samarqandda muddati oʻtgan biletlar oʻqituvchi va bogʻcha mudiralariga majburiy sotilyaptimi?

“Kanalimiz orqali “Samarqandda muddati oʻtgan biletlar oʻqituvchilarga majburiy sotilayotgan ekan” hamda “Yana majburiy bilet masalasi. Bu safar bogʻcha mudiralariga 15 ming soʻmdan sotilmoqda” deb nomlangan murojaat yuzasidan viloyat Madaniyat boshqarmasi munosabat bildirdi.

10:15 16.10.2019
Memorandum hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishda muhim ahamiyat kasb etadi

Bugun Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

10:10 16.10.2019
Qishloqda ekologik toza LED lampalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

Qibray tumanining Yonariq qishlogʻida energiya tejamkor lampalar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Miss Lighting” Oʻzbekiston — Xitoy qoʻshma korxonasi faoliyatini boshladi.

09:45 16.10.2019
Oʻzbekistonning Turkiy kengashga aʼzo boʻlishi – tabiiy va tarixiy jarayon

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 15-oktyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammiti boʻlib oʻtdi.

19:10 15.10.2019
Tibbiy xizmat sohasida Buxoro tajribasidan keng foydalanish tavsiya etildi

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasidagi ishlarning taʼsirchan parlament nazoratiga olinishi, tizim qonunchilik bazasining mustahkamlanayotgani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini taʼminlamoqda.Buxoroda aholiga birinchi tibbiy sanitariya yordami koʻrsatishni namunali tashkil etish borasidagi ishlar tahliliga bagʻishlab oʻtkazilgan respublika seminarida ana shu alohida taʼkidlandi.

10:07 14.10.2019