Oʻzbekistonda 2025-yilgacha energetika tizimida muqobil energiya manbalari ulushini 20 %ga yetkazish moʻljallanmoqda

2019-yilning 19-avgust kunidan beri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov boshchiligidagi delegatsiya Songdo shahrida (Koreya Respublikasi) Yashil iqlim fondini dasturlashtirish boʻyicha global konferensiyada ishtirok etmoqda.

16:10 22.08.2019
Magistrantlar Oltoyda malaka oshirishadi

Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan oliy oʻquv yurtlari safiga Rossiya Federatsiyasining Oltoy davlat pedagogika universiteti ham qoʻshildi.

15:45 22.08.2019
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari bilan uchrashdi

2019-yilning 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Devid Heylni qabul qildi.

15:41 22.08.2019
Orolboʻyida bir kuz-qish mavsumida 42 yillik ish bajarildi

Orol dengizi qurishining xavfli taʼsirini kamaytirish, hududda ekologik barqarorlikni taʼminlash uchun 2018-2019-yil qish bahor mavsumida 500 ming gektarlik oʻrmonzorlar vujudga keltirildi. 2021 va 2022-yillarda yana 700 ming gektar yerga 100 milliondan ortiq saksovul ekiladi. Bu haqda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi...

14:19 22.08.2019
Sirdaryo viloyatida I Xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini boshladi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida I Xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini boshladi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

12:13 22.08.2019
Qozogʻiston Oʻzbekistonga yirik shoxli chorva sotishni cheklamaydigan boʻldi. Faqat...

Avvaliga barcha turdagi chorva mollarini sotishga taqiq qoʻyish haqida oʻylangan edi, keyin bu fikr oʻzgardi.

11:57 22.08.2019
Bolalarni emlash pullikmi?!

Ushbu savol hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi oʻrtasida uchrab turadigan eng dolzarb savollardan biri hisoblanadi. Bolalarda faqat “Gepatit A” (xalq tilida “sariq kasalligi”) dan tashqari barcha kasalliklarga qarshi emlash mutlaqo bepul, xavfsiz va qulay, deb yozadi OʻzA.

11:16 22.08.2019
“Oks Iskandariyasi qayerda - Eski Termizdami, Oy-xonumdami yoki Kampirtepada?”

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-25-avgust kunlari Termiz shahrida “Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi doirasida “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ nomli xalqaro arxeologik forum oʻtkaziladi. 

10:31 22.08.2019
Senat raisi BMT Taraqqiyot dasturi Doimiy vakili bilan uchrashdi

2019-yil 21-avgust kuni Senatda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

10:16 22.08.2019
Yangi energiya quvvatlari sanoat rivojiga tayanch boʻladi

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida har biri 230-280 megavatt quvvatga ega boʻlgan ikkita bugʻ-gaz qurilmasi barpo etilmoqda.

10:14 22.08.2019
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari “Markaz-2019” strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlarida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16-21-sentyabr kunlari “Markaz-2019” yirik masshtabdagi strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlarida ishtirok etadi.

09:58 22.08.2019
Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza boʻlishi, taʼlim muhitini oʻzgartirishi kerak

Bu haqda davlatimiz rahbari Nukus shahrida qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishish chogʻida aytib oʻtdi. 

17:31 21.08.2019
Moskvada Toshkent kunlari boʻlib oʻtadi

Ayni kunlarda Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Moskva shahriga tashrifi amalga oshirilmoqda. Delegatsiya aʼzolari dastlab Moskva hukumati Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamentida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ishtirok etishdi. Oʻzaro muloqot davomida tomonlar Moskva shahrida “Toshkent kunlari”ni oʻtkazish masalasini muhokama etildi.

17:27 21.08.2019
Fransiya elchisi bilan uchrashuv

2019-yil 21-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim bilan uning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

16:23 21.08.2019
Maishiy hisoblagichlarning davriy qiyoslovdan oʻtkazish muddatlari 4 yildan 8 yilga uzaytirildi

“Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiya bilan hamkorlikda isteʼmolchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida maishiy hisoblagichlarning muddatlari 4 yildan 8 yilgacha uzaytirildi.

16:19 21.08.2019
Xitoyda Oʻzbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

2019-yilning 19-avgust kuni Pekin shahrida tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Davlat kengashi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan birgalikda Oʻzbekiston mustaqilligining 28 yilligi hamda mamlakatimizning Xitoy poytaxtidagi Elchixonasi yangi binosining ochilishiga bagʻishlangan tantanali...

14:50 21.08.2019
“Kannabis daraxti”ni parvarishlash qimmatga tushdi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda, “Qora-dori 2019” keng qamrovli tezkor tadbiri oʻtkazildi.

14:45 21.08.2019
SHHTga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kuzda Toshkentda uchrashishadi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari 31-oktyabr-1-noyabr kunlari Toshkentda uchrashadi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Igor Morgulov SHHT davlatlari milliy muvofiqlashtiruvchilari kengashi yigʻilishida maʼlum qildi, deb xabar berdi TASS.

13:33 21.08.2019
Harbiy hamkorlik: Oʻzbekiston va Hindiston harbiy xizmatchilari muhandislik tayyorgarligi yoʻnalishida oʻzaro tajriba almashmoqda

Markaziy harbiy okrug Forish togʻ poligonida Oʻzbekiston va Hindiston harbiy xizmatchilari oʻrtasida muhandislik tayyorgarligi boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

13:20 21.08.2019
Samarqand shahrida barcha mehmonxonalar hamda masjidlar raqamli kameralarga toʻliq oʻtkazildi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida shahrimiz yoʻllaridagi xavfli hududlarda videokameralar yetishmasligi kuzatilayotganligi, bu esa kimgadir foyda keltirayotganligi, bu borada YHXB rahbariyatining harakatsizligi haqida bildirilgan fikrlar boʻyicha Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.

11:35 21.08.2019