Tibbiy xizmat sohasida Buxoro tajribasidan keng foydalanish tavsiya etildi

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasidagi ishlarning taʼsirchan parlament nazoratiga olinishi, tizim qonunchilik bazasining mustahkamlanayotgani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini taʼminlamoqda.Buxoroda aholiga birinchi tibbiy sanitariya yordami koʻrsatishni namunali tashkil etish borasidagi ishlar tahliliga bagʻishlab oʻtkazilgan respublika seminarida ana shu alohida taʼkidlandi.

10:07 14.10.2019
Surxondaryo viloyati hokimi Afgʻoniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Afgʻoniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida yaqin qoʻshnichilik munosabatlari, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida soʻz yuritildi.

23:22 12.10.2019
Denovda nima boʻlgandi?

Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi joriy yilning 9-oktyabr kuni “Maddoh” telegramm kanalida “2-3 kun ichida, Denovdan bir nechta bir-biridan xunuk xabarlar keldi” mavzusida yoritilgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

16:03 12.10.2019
Oʻzbekistondagi saylovlar xalqaro hamjamiyat eʼtiborida

Namanganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlariga saylovlar oldidan saylovlarda xalqaro tashkilotlar va xalqaro kuzatuvchilar bilan hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.

16:01 12.10.2019
Qarshida YEXHTning ekspertlari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi 

Qarshida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori ishtirokida vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakolatli shaxslari uchun xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilar bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi.

15:35 12.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi ishi yakunlandi

Oliy Majlis Senati aʼzolari yigirma uchinchi yalpi majlis kun tartibi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalarini muhokama qildilar.

15:15 12.10.2019
Jerar Depardye Oʻzbekistonga kutilayotgan safarini intiqlik bilan kutmoqda

Parijda taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye ishtirokida film suratga olish masalalari muhokama qilindi.

14:37 12.10.2019
Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 14-15-oktyabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi.

11:55 12.10.2019
Oʻzbekiston 2020-yilda MDHga raislik qiladi

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi sammiti keng doiradagi muzokaralar bilan davom etdi.

21:10 11.10.2019
“Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy” temir yoʻli quriladi

Transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Islohotlar va rivojlanish boʻyicha davlat qoʻmitasining Chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori oʻrinbosari Chjen Chiping boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy” temir yoʻl loyihasini amalga...

17:11 11.10.2019
Rektorlar 16-Yevropa avtomobil kongrecsida ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda, Belorus davlatining Belorus milliy texnika universitetida XVI Yevropa avtomobil kongresci boʻlib oʻtmoqda.

16:47 11.10.2019
MDH davlatlari rahbarlari tor doirada uchrashdi

Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtmoqda.

16:35 11.10.2019
OʻZDJTSU va Strasburg universiteti oʻrtasidagi hamkorlik

Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Fransiya Strasburg universitetining professori, boshqarishni tashkil qilish sohasi boʻyicha fan doktori Gari Tribu “Sport menejmenti” fani boʻyicha“Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasiprofessor-oʻqituvchilari, magistrantlar va bakalavriat talabalari uchun 36 soatlik oʻquv dasturi asosida...

12:11 11.10.2019
Oʻzbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vazirini qabul qildi

MDHning Ashxobod sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qildi.

11:40 11.10.2019
Senat Raisi: Hukumat darajasida hal etiladigan masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotlar va takliflarni kiritdik

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Senat Raisi T. Noboyeva mamlakatimizning barqaror taraqqiyot yoʻlidagi odimlari, xalqaro maydondagi oʻrni va nufuzi yuksalib borayotgani, aholi farovonligining muttasil oshayotgani jahon jamoatchiligi tomonidan samimiy eʼtirof etilayotgani haqida fikrlarini bildirib oʻtdi.

11:03 11.10.2019
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi

11-oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashining Ashxoboddagi majlisi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

10:40 11.10.2019
Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasi vakillari Xorazmda

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi taklifi bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan Koreya jurnalistlari assotsiatsiyasi prezidenti Jung Kyu Sung boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatida boʻldi.

10:02 11.10.2019
Oʻzbekiston va Moldova Prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Shu kunning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodonni qabul qildi.

09:07 11.10.2019
Saylovda xalqaro kuzatuvchilarning oʻrni qanday?

Samarqandda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi aʼzolari uchun seminar trening oʻtkazildi.

14:57 10.10.2019