Ertadan Qozogʻistonda karantin choralari kuchaytiriladi

Goʻzallik salonlari, yopiq bozorlar, diniy muassasalar, maktabgacha taʼlim muassasalari, savdo markazlari va boshqa qator obyektlar faoliyati toʻxtatiladi.

19:24 04.07.2020
Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 46 ming nafarga yaqinlashdi

Soʻnggi bir kun ichida Qozogʻistonda 1644 kishi koronavirus yuqtirgan

11:22 04.07.2020
Qozogʻistonda 18 nafar tibbiyot xodimi koronavirusdan vafot etdi

Bugungi kunda Qozogʻistonda koronavirusga chalinganlarning 11,5 foizini tibbiyot xodimlari tashkil qiladi. Ularning 492 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda.

23:31 03.07.2020
Nur-Sultonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi

Bugun, 3-iyul kuni Qozogʻiston poytaxtida mamlakat Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga atab oʻrnatilgan haykalning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Kazinform” manbasiga asoslanib “Dunyo” AA xabar berdi.

19:36 03.07.2020
TIV Rossiya — Qozogʻiston chegarasida toʻplangan fuqarolar yuzasidan maʼlumot berdi

Mamlakatimizning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bergan maʼlumotga koʻra, Rossiya-Qozogʻiston chegarasi «Mashtakovo» va «Sagarchin» nazorat-oʻtkazish punktlari yaqinida Oʻzbekiston fuqarolari toʻplangani kuzatilmoqda. Bu haqda TIV maʼlum qildi.

18:21 02.07.2020
Rossiya koronavirusni davolovchi dori eksportini boshladi

Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi (RFPI) va “XimRar” kompaniyalar guruhi koronavirusni davolash uchun «Avifavir» preparati eksportini boshladi. Dori vositasi iyun oyida Belarusga joʻnatilgan, yaqin vaqt oraligʻida Qozogʻistonga yetkazilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlari qiziqish bildirgan.

13:32 02.07.2020
Futbol toza boʻlishi uchun hamma soha toza boʻlishi kerak — PFL direktori

Uchinchidan: hozirda bizda futbol sohasiga juda katta mablagʻlar sarflayotgandek tuyulsa-da, aslida bu pullar Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, BAA, Eron, Avstraliya sarflayotgan mablagʻlarga yetib bormaydi baribir. Aytmoqchimanki, koʻrpamizga qarab oyoq uzatishimiz kerak-da. Shu kungacha milliard-milliard pul sarfladik, shuncha futbolchilarga maosh, koʻtarma...

13:02 02.07.2020
Qozogʻistonning birinchi prezidenti, spiker va yana ikki rahbar koronavirusdan tuzaldi

Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, mamlakat parlamenti spikeri Nurlan Nigmatulin COVID-19dan tuzaldi. Ular davolanish kursini muvaffaqiyatli oʻtkazgani aytilmoqda. Sababi shundan soʻng topshirgan testlari manfiy natija bergan. Bu haqda Sputnik maʼlum qildi.

09:44 02.07.2020
Qozogʻistonda koronavirusga chalinganlar soni 41 ming nafardan oshdi

Soʻnggi bir kunda Qozogʻistonda 1604 kishi koronavirus yuqtirganligi aniqlandi

07:27 02.07.2020
Qozogʻiston — Oʻzbekiston: Doʻstlik va qardoshlik rishtalari mustahkamlanaversin

Qozogʻiston va Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy boyliklari koʻp, iqtisodiy quvvat zaxirasi katta, tarixi va madaniyati mushtarak mamlakatlardir. Bu tarixiy vaziyatda davlatlarimiz yana-da ahil, doʻstlik, qardoshlik rishtalari har qachongidan-da mustahkam boʻlishi darkor.

19:10 01.07.2020
Qozogʻistonda mingdan ortiq homilador ayol koronavirusni yuqtirib olgan

Qozogʻistonda pandemiya paytida koronavirusga chalingan ayollar soni 1085 nafarni tashkil etmoqda. Shu paytgacha shunday bemorlardan 167 ta sogʻlom bola tugʻilgan.

12:30 01.07.2020
“C5+1” shaklidagi yuqori darajadagi uchrashuv qanday oʻtdi?

2020-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – AQSH” (“C5+1”) videokonferensiyasida ishtirok etdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

10:00 01.07.2020
Qirgʻiziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maqsadbek Toktamushev: Hamjihatlik — eng katta boyligimizdir

Qadimdan bir daryodan suv ichib, bir havodan nafas olgan xalqlarimizning ildizi ham tutashdir. Biz ilohiy paygʻomlar orqali bir-birimizga bogʻlanganimizni dinu mazhabimizning yagona ekanligi ifoda etadi.

17:38 30.06.2020