Oʻzbekiston terma jamoasi Adidas bilan shartnoma imzoladi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

10:48 05.09.2018
Prokuratura sobiq “Bunyodkor” stadioni faoliyatidagi qator muammolarni aniqladi

Toshkent shahar prokuraturasi “Milliy” stadionini tekshirish chogʻida yongʻin xavfsizligi, kadastr va moliyaviy hujjatlarda qator muammolar borligini aniqladi.

17:38 29.08.2018
Oʻzbekiston terma jamoasi noyabrda Janubiy Koreyaga qarshi oʻynaydi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasida kelishuvga erishdi.

15:30 26.08.2018
Boks yulduzlari muhim oʻyin oldidan futbolchilarimiz bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, 27 avgust kuni futbolchilarimiz Osiyo oʻyinlarining chorak finali doirasida Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu oʻyinning ahamiyati nihoyatda yuqori.

11:01 25.08.2018
O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda 3ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

12:40 13.08.2018
Rasman: Ektor Kuper 6 avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat bosh jamoasini ishonib topshirish mumkin bo‘lgan mutaxassis bilan muzokaralarni yakunladi. O‘FA rasmiylari shartnoma imzolash mumkin bo‘lgan 10 dan ziyod nomzodlar orasidan argentinalik Ektor Kuper variantida to‘xtaldi. 6 avgust kuni mutaxassis jamoatchilikka rasman tanishtiriladi.

10:17 02.08.2018
O‘zbekiston terma jamoasini boshqarib boradigan murabbiy ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi.

10:09 23.07.2018
FIFA yer ostida qolayotgan tailandlik futbolchilarni JCH-2018 finaliga taklif etdi

Agar, barchamiz umid qilganimizdek, ular yaqin kunlarda o‘z oilalari bag‘riga qaytsa va ularning salomatligi sayohat qilishga imkon bersa, FIFA ularni Moskvaga, JCH-2018 finaliga mehmonimiz sifatida taklif qilishdan xursand bo‘ladi, — deyiladi Infantino nomidan yozilgan maktubda.

16:43 06.07.2018
O‘zbekistonlik mutaxassis JCH chorak final uchrashuvida komissarlik qiladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, FIFA va OFK komissari Olim Arifov shu kunga qadar JCH-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan 4ta o‘yinda, shuningdek, 1/8 finaldan o‘rin olgan Braziliya - Meksika jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda komissar sifatida ishlagan edi.

12:52 05.07.2018
O‘zbekistonlik FIFA rasmiysi JCH-2018ning yana bir uchrashuviga tayinlandi

O‘zbekistonlik FIFA va OFK komissari Olim Arifovga “N” guruhidan o‘rin olgan Senegal – Kolumbiya o‘yini ham ishonib topshirildi.

17:30 27.06.2018
Vadim Abramov ham kechirildi

O‘zbekiston terma jamoasi, “Neftchi” va “Lokomotiv” jamoalari sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramovga futbolga aloqador faoliyat bilan yana shug‘ullanish imkoniyati berildi.

16:58 25.06.2018
FIFA o‘zbekistonlik komissarni JCH-2018ning yana bir muhim o‘yiniga tayinladi

FIFA tashkiloti JCH-2018da ishlashga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan taklif qilgan Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov shu kunga qadar o‘tkazilgan 2 ta o‘yinda komissar sifatida ishlagani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.

17:29 22.06.2018
Muhammad Saloh Rossiyaga qarshi bahsda maydonga tushadi

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning holati yaxshi. U Rossiya terma jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushadi.

14:28 18.06.2018
Sobiq “Bunyodkor” stadioni buziladimi?

Shu yilning o‘zida “Milliy” stadion (sobiq “Bunyodkor”) hududida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchun yangi bino qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Binoga birinchi g‘ishtni aynan FIFA prezidenti Janni Infantino qo‘yib berishi kutilmoqda. Demak, shu yil yakuniga qadar FIFA rahbari Toshkentga tashrif buyuradi.

15:47 12.06.2018
Italiyaning “Inter” klubi O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochishi mumkin

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Italiyaning “Inter” klubi futbol akademiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

11:09 06.06.2018
Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan “Inter cup – 2018” musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda “Inter sport project” sport kompaniyasi tomonidan “1 iyun – Xalqaro bolalar kuni”ga bag‘ishlangan “Inter cup–2018” musobaqasi tashkil qilindi.

18:04 31.05.2018