II Global tadbirkorlik haftaligi boshlandi

Haftalik Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

18:19 12.11.2018
“Oʻzbekiston Osiyoning eng tez oʻsib borayotgan turizm yoʻnalishiga aylandi”

Xitoyning nufuzli “South China Morning Post” gazetasida yurtimizning turizm salohiyati haqida maqola chop etildi.

10:04 07.11.2018
Xitoylik turistlar dunyo iqtisodiyoti oʻsishiga qanday hissa qoʻshmoqda?

Xitoyning sayyor turizm bozori global iqtisodiy oʻsishning muhim harakatlantiruvchi omillaridan biridir. Kelayotgan besh yilda mamlakatda turistik xizmatlar importi 1,4 trln. AQSH dollaridan oshib ketadi. Mazkur prognozlar XXR savdo vazirligi tomonidan yaqinda eʼlon qilingan maʼruzadan joy olgan.

17:59 06.11.2018
Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

17:09 05.11.2018
National Geographic: Toshkent metropoliteni — har qanday kishini hayratda qoldirishga qodir sanʼat durdonalaridir

Jahonga mashhur “National Geographic” jurnali muxbiri Lutsio de Stefani oʻz maqolasida Toshkentdagi “yer osti saroyi” — metropolitenda boʻlib, uning betakror goʻzalligidan hayratga tushgani haqida bayon qilgan.

12:35 05.11.2018
Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

15:40 02.11.2018
Naser Busherit: “Jazoir va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalar doimo oʻzaro hurmat va doʻstlikka asoslanib kelgan”

Oʻzbekiston bugun dunyoning barcha davlati bilan doʻstona va yaqin hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat yuritmoqda. Bunday diplomatiya mamlakatimizning xalqaro maydonda obroʻ-eʼtibori yanada oshishi va ikki tomonlama munosabatlar rivojida muhim oʻrin tutyapti.

14:03 02.11.2018
Litsenziyalash faoliyati bilan shugʻullanuvchi organlar koʻpaydi

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq litsenziyalash faoliyati bilan shugʻullanuvchi organlar kengaytirildi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan bir qator faoliyat turlari boshqa organlarga oʻtkazildi.

13:30 31.10.2018
"Toyota”, “Nissan”, “Kavasaki”, “Xitachi” kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazildi

Tokioda iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Yaponiya va Yaponiya – Oʻzbekiston qoʻmitalarining 14-majlisi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir yurtimizning Yaponiyadagi elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etildi.

11:10 31.10.2018
Rossiyaning “Kultura” telekanali Oʻzbekiston haqida turkum filmlar suratga olishni boshladi

Filmlarda Buyuk Ipak yoʻli tarixi, Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan sivilizatsiyalar, 130 dan ortiq millatlar tinchlik va birodarlikda yashab kelayotgan qadimiy mamlakatning bagʻrikengligi, oʻzbek milliy sanʼati, ilm-fani, meʼmorchiligi, milliy taomlari va pazandachilik anʼanalari haqida soʻz yuritiladi.

19:33 26.10.2018
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida yagona viza joriy etiladimi?

Ostona shahrida Qozogʻiston va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi.

16:02 26.10.2018
Innovatsion yoʻnalishdagi milliy tanlovi gʻoliblariga 20 million soʻmgacha grant mablagʻlari taqdim etildi

Kecha Toshkent shahrida Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda hakamlar hayʼati tomonidan eng yuqori baholangan jami 15 nafar yakka va jamoaviy ishtirokchiga 20 million soʻmgacha grant mablagʻlari sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

15:17 26.10.2018
Bahodir Poʻlatov: Bugun quruq gaplarni bir chetga surib, amaliy ishlarga qatʼiy eʼtibor qaratilmoqda

Lekin hali bajariladigan vazifalar juda koʻp. Qabul qilingan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlari, hukumat qarorlarida qator chora-tadbirlar belgilab berilgan. Ularning ijrosi katta masʼuliyat talab qiladi.

16:42 25.10.2018
Shavkat Mirziyoyev: “Mehnat bozoridagi tarkibiy oʻzgarishlarga javob beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar oʻrgatadigan, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantiradigan tizim yoʻq”

Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni oliy taʼlim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

09:11 25.10.2018
Oʻzbekistonga kelayotgan amerikalik turistlar soni sezilarli darajada ortgan

Oʻzbekistonga tashrif buyurgan amerikalik turistlar soni joriy yilning dastlabki sakkiz oyida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 48 foiz oʻsdi.

18:19 24.10.2018
Uchqoʻrgʻondagi faoliyati toʻxtab qolgan korxona Xitoy investitsiyasi hisobiga yana ish boshlaydi

Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahri va Namangan viloyati oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Shu munosabat bilan Namanganga tashrif buyurgan Sindao shahri xalq xukumati vakili Van Sin-Chun rahbarligidagi ishbilarmon doiralar vakillari delegatsiyasi va Namangan viloyati hokimligi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

15:46 24.10.2018
Hindistonlik investorlar “Olmazor City”da mehmonxona quradi

Hindistonlik tadbirkorlar Olmazor tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy “Olmazor Business City” markazida mehmonxona qurishni rejalashtirimoqda.

13:43 24.10.2018
Oʻzbekistonda Avstriyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda turizm va iqtisod boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti (IMC University Krems) bilan hamkorlikda iqtisodiyot va turizm yoʻnalishida kadrlar tayyorlanadigan yangi fakultet ochildi.

13:42 24.10.2018