Qoʻqon — Butunjahon hunarmandlar festivali mezboni

Butunjahon hunarmandlar festivali har ikki yilda bir marta Qoʻqon shahrida oʻtkazilishi milliy hunarmandchilik va turizmni rivojlantirishda qutlugʻ qadam boʻldi. Keyingi yillarda anʼanaviy koʻrinish olishi kutilayotgan festival jahon miqyosida turistlarni eng koʻp jalb etadigan xalqaro anjumanlardan biriga aylanishini taʼminlaydi.

17:43 05.02.2019
Kvartirani oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirmang, aks holda...

Yaqinda poytaxtimizning Uchtepa tumani, 23-mavzesidagi 20-uyda roʻy bergan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Maʼlum qilinganidek, fuqaro S. Saidkarimov 20-uyning 25-xonadonini 2015 yil sotib olgach, tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan taʼmirlash ishlarini olib borib, xonadonning ichkarisida oʻzgartirishlar qilgan.

17:33 02.02.2019
Ulugʻvor maqsadlar, hayotbaxsh islohotlar jizzaxliklarni yangi marralar sari ruhlantirmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga amalga oshirgan tashrifi hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

16:56 02.02.2019
“Diqqat qiling! Shirin radiosidan gapiramiz”

Nurchilar shahri — Shirinda radiouzel faoliyat boshladi. Dastlabki eshittirishlar “Yoshlar xiyoboni”ga oʻrnatilgan ovozuzatgichlar orqali tinglovchilar eʼtiboriga havola qilindi.

17:40 01.02.2019
Sektor rahbaringizni taniysizmi?

Xalq qabulxonalariga fuqarolardan tushayotgan arznomalarning oxiri koʻrinmayotgani, muammolarning kamayish oʻrniga koʻpayib borayotganiga nima sabab boʻlmoqda?

10:18 01.02.2019
Mutasaddilarning aybi bilan tibbiyot sohasidagi kamchiliklar barham topmayapti

Soʻnggi ikki yil mobaynida sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha 70 dan ortiq Farmon va qarorlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi. Natijada birgina Andijon viloyatida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligi 10 barobar ortdi. Biroq tizimda kamchiliklar ham yoʻq...

14:17 31.01.2019
Jizzax viloyati tumanlariga Zarafshon daryosidan suv olib kelinadi

Jizzax shahrida viloyat faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

13:59 31.01.2019
Prezident Mirzachoʻlga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzachoʻl tumani Gʻalaba mahallasida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

19:00 30.01.2019
Qish chillasida boradigan joyi yoʻq oilaning uyi majburan buzib tashlandi

Qarshida yangi uylar qurilishi munosabati bilan “snos”ga tushgan eski uylar buzib tashlanmoqda. Unda yashayotgan oilalarga buziladigan uyining puli toʻlanib yoki xonadon sohiblari yangi uylarga koʻchirilib, keyin buzish amaliyoti bajarilishi kerak, aslida. Harqalay, oʻtda yonmas, suvda choʻkmas, nomi quloqqa vahima bilan...

09:12 30.01.2019
Surxondaryo viloyatida umumxalq ekologik xayriya hashari uyushqoqlik asosida davom etmoqda (Fotoreportaj)

Hashar hamisha xalqimizni ezgu maqsad atrofida birlashtirib, uning yordamida koʻlami va ahamiyati ulkan bunyodkorlik hamda yaratuvchanlik ishlari oʻzaro hamjihatlikda ado etilgan. Umumxalq ekologik xayriya hasharida xalqimizning ushbu qadriyatlari yana bir bor oʻz ifodasini topdi.

16:35 26.01.2019
Aholi muammolari bilan ishlash sohasida yangi tizimga oʻtilmoqda

2019 yil 17 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

11:41 21.01.2019
Shaharda 20 mingdan ortiq muammo aniqlandi

Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Suvoqova“ korxonasi tomonidan hududdagi 25 ta mahalla fuqarolar yigʻinida yuzaga kelgan barcha nosozliklar bartaraf etildi.

13:58 19.01.2019
“Bajaramiz”,“xoʻp boʻladi”dan qachon qutulamiz?

Ayni paytda Chirchiq shahrida 78 mingga yaqin iqtisodiy faol aholining 91,8 foizi ish bilan band. Bu yaxshi koʻrsatkich. Ammo masala sinchiklab oʻrganilsa, boshqa muammolar borligi oydinlashadi. Ish bilan band boʻlganlarning 50 foizdan ortigʻi norasmiy faoliyat yuritmoqda.

10:13 18.01.2019
Milliy armiyamiz — bizning iftixorimiz va gʻururimiz

Muxbirlarimiz sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning ahamiyati haqida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov bilan suhbatlashdi.

13:55 14.01.2019
Harbiy tibbiyot xodimlari uchun bayram tuhfasi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy gospitalida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy-tibbiyot fakulteti hamkorligida “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.

17:56 12.01.2019
Qoʻshinlarning zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan taʼminlanishi qanday boʻlmoqda?

2018 yilda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oshirish, qoʻshinlarning jangovar shayligini yuksaltirish, milliy armiyamizni zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan taʼminlash borasida keng qamrovli ishlar yoʻlga qoʻyildi.

17:19 11.01.2019