Olmazor tumanida yuz bergan hodisa haqida xabar: kelishmovchilik bartaraf etilgan boʻlsa-da, vaziyat toʻliq oʻrganib chiqiladi

Repost.uz saytida ichki ishlar organlari xodimi bilan aholi oʻrtasida roʻy bergan kelishmovchilik aks etgan video tasvir joylashtirilgan. Shu bilan birga, Olmazor tumani IIO FMB 3-sonli IIB boshligʻi, podpolkovnik Mirzakarimov Asror Abduqaharovich va aholi oʻrtasida yuz bergan hodisa ikki hafta oldin...

09:18 21.08.2019
Oʻzbekiston “ARMI – 2019” xalqaro armiya oʻyinlarida: shartlar, natijalar, rekordlar

Tinchlik va osoyishtalik. Buning ortida qanchalab insonlarning mashaqqatli mehnati, fidoyi xizmati bor. Qanchalab oʻgʻlonlarning kechani kecha, kunduzni kunduz demay chekkan zahmatlari bor. Ularni bir soʻz bilan Vatan himoyachilari deymiz.

18:28 20.08.2019
Shavkat Mirziyoyev: Kimdir bizning islohotlarimizga shubha qilsa, Moʻynoqqa kelib koʻrsin

Prezidentning oʻtgan yilgi tashrifi davomida berilgan koʻrsatmalar asosida hukumatning Moʻynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Unda 2019-2021-yillarda jami 1 trillion 485 milliard soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

18:11 20.08.2019
Sayyor qabul: Yechimi yoʻq muammo boʻlmaydi

Sergeli tumanida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari N.Tursunovning navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.

17:08 20.08.2019
Sudlanuvchi va uning onasi sudning chiqargan qaroridan rozi. Nega?

Oʻshanda 6-may kuni ertalab edi.”Gʻijduvon – Buxoro” yoʻnalishida qatnovchi davlat raqami 80 A 626 OA boʻlgan “Damas” rusumli avtomashina Gajdumak qishlogʻidagi piyodalar oʻtish yoʻlakchasiga yaqinlashib toʻxtadi.Negaki, piyodalar oʻtayotgandi.

15:14 20.08.2019
Videolavhadan soʻng asosiy tayanch devorlari zaxlagan, suvoqlari koʻchib tushayotgan yuqumli kasalliklar boʻlimi qayta taʼmirlanadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimining antisanitariya holati, binonining taʼmirtalab ahvolga kelib qolgani hamda bu yerda bemorlarning davolanishi uchun yetarli sharoitlar mavjud emasligi haqida videolavha tarqaldi.

17:26 19.08.2019
Sirdaryo viloyati hokimining navbatdagi sayyor qabuli odatdagidan boshqacha formatda oʻtkazildi

Sayxunobod tumani “Baxmalsoy” mahallasidagi Oydin yoʻl qishlogʻida Sirdaryo viloyati hokimining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligining rasmiy sayti xabar berdi.

16:16 19.08.2019
Aholini roʻyxatga olish nima uchun kerak?

Koʻp yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli oʻzgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq boʻlsagina, yuqori samara beradi.

14:38 19.08.2019
Markaziy Osiyodagi eng sersuv buloqlardan biri qayerda joylashgan?(fotojamlanma)

Nurota mamlakatimizning “Buyuk ipak yoʻli”dagi yirik manzillaridan biri hisoblanadi. Uning goʻzal Chashmasi dengiz sathidan besh yuz oʻttiz metr balandlikda shaharning janubiy qismidagi ikki buloq suvidan hosil boʻlib, deyarli butun shahar boʻylab tarqaladi.

11:26 19.08.2019
Ahmad Xolid ELMIY: “Oʻzbekiston bilan doʻstlik va hamkorlik Afgʻonistonning boshqa xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlari orasida oliy va yorqin darajadagisi boʻladi”

19-avgust kuni Afgʻoniston Islom Respublikasi oʻz mustaqilligining yuz yilligini nishonlaydi. Ushbu sana oldidan mazkur mamlakatning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdik.

11:01 19.08.2019
Oʻzbekistonda avtotransport vositalari ishlab chiqarish hajmi oʻsib, benzin va dizel yetkazib berish kamaydi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilning yanvar-iyul oylarida respublika korxonalari tomonidan 175,3 trln.soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,8 foizni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda 2018-yilning shu davriga...

10:53 19.08.2019
Poytaxtda maktablar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda jihozlash uchun 800 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi

Toshkent shahridagi maktablar faoliyatini yaxshilash hamda Prezident topshiriqlari ijrosini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi

09:11 19.08.2019
Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

​​​​​​​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

14:22 17.08.2019
Moliya vazirligi Oʻzbekistonda byudjet pullarini oʻmarganlarni fosh qildi

Oʻzbekiston Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari joriy yil I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet muassasalari tomonidan byudjet mablagʻlari sarflanishida tizimli ravishda qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganini aniqladi.

13:39 17.08.2019
Xalq taʼlimi vaziri oʻqituvchilarni umumxalq hashariga chorlab murojaat bilan chiqdi

Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov oʻzining feysbuk sahifasi orqali taʼlim tizimi xodimlariga murojaat qildi. U oʻz murojaatida 17-18-avgust kunlari soxa xodimlarini umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishni soʻragan.

13:32 17.08.2019
Maktab binosi qurilishi chala-yarim holda tashlab ketilgani boʻyicha fuqarolar shikoyatiga Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi qanday javob berdi?

“OAVdagi murojaat matni quyidagicha: “Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Xalqobod qishlogʻidan yozmoqdamiz. 2018-yilda 28-oʻrta taʼlim maktabining filiali qurila boshladi. Ammo qurilish ishlari chala holda qolib ketdi.

16:17 16.08.2019
Jondorda yana toʻrtta bogʻcha ish boshladi

Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi arafasida yurtimizning barcha goʻshalarida boʻlgani kabi viloyatimizda ham koʻplab madaniy-maishiy inshootlar, taʼlim va tibbiyot muassasalari, zamonaviy uy-joylar qurilib, mavjudlari zamon talablari asosida taʼmirlanib, foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, eng ulugʻ, eng aziz ayyom Jondor tumani aholisi va...

16:06 16.08.2019
Jomboydagi maktablar mavsumga tayyor emas. Yangi oʻquv yiliga sanoqli kunlar qoldi...

Yangi oʻquv yili boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Ayni kunlarda oʻqituvchilar jamoasi taʼtildan qaytib, mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrishyapti. Xoʻsh, taʼlim muassasalarichi, yangi oʻquv yiliga tayyormi? Shu kabi savollarga oydinlik kiritish maqsadida Jomboy tuman hokimi H.Toʻychiyev sohaga masʼul mutasaddilar bilan birgalikda umumtaʼlim...

11:07 16.08.2019
Toshkent koʻchalarida bir kunda qancha jamoatchilik avtobusi qatnaydi?

“Toshshaharxizmat” AJ Matbuot xizmati rahbari Ravshan Yoqubjonov poytaxt jamoatchilik transportining bugungi holati, rejalar, yangiliklar haqida gapirib berdi.

13:22 15.08.2019
Qamashi tumanida 297 ta, Shahrisabz shahrida esa 157 ta istiqbolli loyiha amalga oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yil 29-iyulda “2019-2020-yillarda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2-avgustda esa “2019-2020-yillarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” qarorlar qabul qildi.

10:20 15.08.2019