Zamini zar Surxon

Surxondaryo viloyati qulay agro iqlim sharoitiga ega hudud ekanligi bois yiliga 3-martagacha hosil olish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, ertapishar sabzavot, poliz va  subtropik mahsulotlar yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha katta tajriba orttirilgan. Shuning evaziga viloyatning eksport salohiyati ham ortib boryapti.

15:13 17.10.2019
Shavkat Mirziyoyev: Yerga mehr bergan inson boy boʻlishi kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev Angor tumanidagi “Angor Surxon gʻururi” paxta-toʻqimachilik klasteri dalasida paxta hosilini koʻzdan kechirdi. 

14:26 17.10.2019
“Zirabuloq” paxta tozalash zavodidan 3,5 milliard soʻmdan ziyod soliq qarzdorligi undirildi

Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Zirabuloq” paxta tozalash zavodidan undiruvchi Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 milliard 792 million 456 ming soʻm soliq qarzdorligini undirish belgilangan. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

14:24 17.10.2019
Dubay amirligi taxt vorisi Navoiyga nega keldi?

Bugungi kunda Navoiy viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan Navoiy viloyatida ov turizmini rivojlantirish hamda ov qilish uchun qulay boʻlgan hududlarga investorlarni jalb qilish yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

11:45 17.10.2019
Jizzaxda shpris korxonasi ishga tushdi

Jizzax shahridagi “Shifobaxsh suv chashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida tibbiyot sohasida ehtiyoj yuqori boʻlgan bir martalik shprislar ishab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

11:27 17.10.2019
“Matiz” bilan sigir yetaklab ketayotgan shaxs oʻgʻri boʻlib chiqdi

Buxoro viloyati IIB PPX va JTSB Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan xizmat olib borish jarayonida, 2019-yil 16-oktyabr kuniga oʻtar kechasi soat 00:30larda “Matiz” rusumli avtomashina orqasiga sigirni bogʻlab yetaklab ketayotgan shaxs ularning eʼtiborini tortadi. Shubha asosli boʻlib chiqdi.

11:16 17.10.2019
Yangi imorat foydalanishga topshirildi

Nukusda zamonaviy kino-konsert zali foydalanishga topshirildi.

10:46 17.10.2019
Xatirchida chempion qizning onasiga uy-joy topshirildi

Tumandagi 22- umumtaʼlim maktabining 6- sinf oʻquvchisi Shahrizoda Bashiddinova endigina 13 yoshga toʻlganiga qaramasdan sportning shaxmat turi boʻyicha toʻrt karra Oʻzbekiston, bir marta Osiyo(Singapur 2015yil) chempioni boʻlgan.

10:41 17.10.2019
Naqd pulsiz amaliyotlarida xavfsizlik nechogʻlik taʼminlanadi?

Keyingi paytda masofaviy, bank xodimisiz 24/7 rejimida ishlaydigan bank xizmatlariga ehtiyoj ortmoqda. Chunki ular mijozning vaqtini tejab, turli ovargarchiliklarning oldini oladi. Shu bois tijorat banklari tomonidan shu yoʻnalishdagi xizmatlar koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Masalan, “Qishloq qurilish bank” tomonidan kecha-yu...

10:20 17.10.2019
Qumqoʻrgʻon tumani joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini viloyatda birinchilardan boʻlib ortigʻi bilan bajardi

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani joriy yilgi 26 900 tona belgilangan paxta topshirish shartnomaviy rejani viloyatda birinchilardan boʻlib ortigʻi bilan bajardi. Qumqoʻrgʻonlik dehqonlar bahorda yerga qadagan urugʻlarni, bugun “oq oltin”ga aylantirib, barakali xirmon yaratdi.

14:39 16.10.2019
Markaziy bank dollar kursi va aholi omonatlaridagi soʻnggi oʻzgarishlarga izoh berdi

2019-yilning iyul-avgust oylarida ichki va tashqi omillar taʼsirida xorijiy valyutaga boʻlgan talabning oʻsishi kuzatildi va natijada milliy valyuta devalvatsiyasi tezlashdi. Xususan, 2019-yil yanvar-iyul oylarida AQSH dollarining almashinuv kursi 4 foizga (1 dollarga 8 336 soʻmdan 8 667 soʻmgacha) oshgan va...

14:15 16.10.2019
Namunali tibbiyot muassasasi qanday boʻlishi kerak?

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tashabbusi bilan tatbiq etilayotgan sogʻliqni saqlashning namunaviy tizimini yaratish borasidagi dastlabki saʼy-harakatlar natijasida Namanganda bir qator oʻzgarishlarga erishildi.

11:43 16.10.2019
“Oʻlasi qilib kaltaklangan” fermerning qarindoshlari militsiyani harakatsizlikda ayblamoqda maqolasi yuzasidan rasmiy munosabat.

2019-yilning 10-oktyabr kuni Sardoba tuman tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori B.Xasanovning telefon orqali bergan xabariga koʻra 1982-yilda tugʻilgan X.S. bosh tepa chap tomoni yorilishi, burun suyagi yopiq sinishi va boshqa tan jarohatlari bilan murojaat qilganligi aniqlangan.

11:39 16.10.2019
Noyob maymun bolasi bilan bogʻliq noodatiy bojxona qonunbuzilish holati fosh etildi.

Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari xodimlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

11:02 16.10.2019
Mahkumlarga ham pensiya tayinlanadi

2019-yilning 28-avgustida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinib, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunga 53-1 (prim) moddasi qoʻshildi.

10:17 16.10.2019
Samarqandda muddati oʻtgan biletlar oʻqituvchi va bogʻcha mudiralariga majburiy sotilyaptimi?

“Kanalimiz orqali “Samarqandda muddati oʻtgan biletlar oʻqituvchilarga majburiy sotilayotgan ekan” hamda “Yana majburiy bilet masalasi. Bu safar bogʻcha mudiralariga 15 ming soʻmdan sotilmoqda” deb nomlangan murojaat yuzasidan viloyat Madaniyat boshqarmasi munosabat bildirdi.

10:15 16.10.2019
Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi taʼsis etildi

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.

10:10 16.10.2019
Oʻrta Osiyodagi eng katta qadimiy hammom qayerdaligini bilasizmi?

Oʻrta Osiyodagi eng katta qadimiy hammom qayerdaligini bilasizmi?

10:02 16.10.2019
Tibbiy xizmat sohasida Buxoro tajribasidan keng foydalanish tavsiya etildi

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasidagi ishlarning taʼsirchan parlament nazoratiga olinishi, tizim qonunchilik bazasining mustahkamlanayotgani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini taʼminlamoqda.Buxoroda aholiga birinchi tibbiy sanitariya yordami koʻrsatishni namunali tashkil etish borasidagi ishlar tahliliga bagʻishlab oʻtkazilgan respublika seminarida ana shu alohida taʼkidlandi.

10:07 14.10.2019
Fargʻona viloyati mamlakatimizda birinchi boʻlib paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi.

Viloyatda fermer xoʻjaliklari tomonidan238 ming 600 tonnadan ortiq paxta moʻl hosili yetishtirildi.

23:11 12.10.2019