Samarqand shahridagi 13 sotix yer uchun 254 mln.soʻm narx tasdiqlandi

— Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi boshlangʻich narxi 3,3 mln.soʻm boʻlgan yer uchastkasi uchun savdolarda 254 mln.soʻm narx tasdiqlandi. Ushbu auksion savdosi 12 nafar ishtirokchi oʻrtasida oʻtdi. Gʻolib ishtirokchi 4 mlrd.soʻm investitsiya kiritish majburiyatini qabul qilib oldi.

10:00 10.10.2020
“UzAvtoMotors” Monopoliyaga qarshi kurashish agentligining ekspertlarini “salohiyatsiz”likda ayblamoqda

“UzAuto Motors” AJ Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchiga nisbatan koʻrib chiqqan ish yuzasidan chiqarilgan xulosalarini qatʼiy rad etadi. Amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan huquqidan foydalanib, kompaniya MQKQning ushbu holatga qoʻllab boʻlmaydigan hujjatlar va xato hisob-kitoblarga asoslangan qaroriga...

20:44 09.10.2020
Orqa yon oynani tonirovka qilish narxi arzonlashtirildi

Avtomobillarning orqa yon oynasini tonirovka qilish narxi arzonlashtirilib, BHMning 5 baravari etib belgilandi. Orqa va old yon oynalar boʻyicha tusini oʻzgartirish toʻlovi miqdori esa avvalgidek saqlanib qoldi

20:24 09.10.2020
«Isitish davrining har kuniga 1 kv.m. maydon hisobida toʻlash boʻyicha yangi tartib aholining takliflariga asosan joriy etilgan» — vazirlik

«Ushbu tartib ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Masalaga oydinlik kiritish yangi tartibning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka tushuntirish uchun quyidagilar maʼlum qilinadi.

17:32 09.10.2020
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday? Energetika vazirligi bu boʻyicha axborot berdi

2020-yil 9-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi Energetika vazirligining “Aholi va ishlab chiqarish quvvatlarini elektr energiyasi va gaz bilan taʼminlash borasida (ayniqsa kuz-qish oylarida foydalanishida) amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdi.

16:33 09.10.2020
Italiyadan Baxmalga 5 million bosh zaʼfaron keltirildi

Jizzax viloyati Baxmal tumanining purviqor togʻlari, qir-adirlari, Oyqor togʻining pastki etaklarida ayni kunlarda oltin kuzning soʻnggi kunlari hukm surmoqda. Bu hududlarda bir-necha kunlardan keyin yomgʻirlar mavsumi boshlanib, atrof qalin qorlar bilan qoplanadi. Shu sababli, “BMB-OPERA ZAFFERANO” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi...

16:11 09.10.2020
Muzrabot tumani sektorlar rahbarlari deputatlarga hisobot berdi

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 1-maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan tahlillar natijasida Muzrabot tumani “qoniqarsiz” hudud deya baholandi. Yetarlicha salohiyati boʻlishiga qaramay, 2019-yil yakunlari boʻyicha tumanda ishbilarmonlik muhiti qoniqarsiz boʻlishining asl sabablari...

16:03 09.10.2020
Katta karvon: Mingbuloq — zafar marrasida

Dehqonchilik maydonlari asosan qoʻriq yerlardan iborat boʻlgan Mingbuloq tumanida viloyat boʻyicha eng koʻp - 35 ming tonnadan ziyod paxta yetishtiriladi. Bugun qabul punktlariga belgilangan miqdordagi hosil toʻla yetkazib berilib, shartnomaviy reja viloyatda ikkinchi oʻrinda uddalandi.

12:24 09.10.2020
Farzand azizmi yoki avtomashina?

Kimlardir tirnoqqa zor boʻlib yurgan bir paytda farzandlarini xor qilib qoʻyayotgan ayrim yurtdoshlarimiz ham yoʻq emas. Oilaviy nizolar tufayli ajrashayotgan er-xotinlar oʻrtasidagi aziyat aksariyat hollarda farzandlar chekiga tushmoqda. Qolaversa, ularning taʼminoti oxir-oqibat ayolning zimmasida qolyapti. Bu esa, otalarning oʻz majburiyatini...

12:06 09.10.2020
Tuxum, shakar, oʻsimlik yogʻi hududlarda qanchadan sotilyapti?

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hududlar boʻyicha bozorlardagi eng xaridorgir hisoblangan oziq-ovqatlar yaʼni, shakar, oʻsimlik yogʻi va tuxumning narxini monitoring qildi. Natijalar bilan tanishing.

11:32 09.10.2020
Gʻoliblarga tanlov sovrinlar qatori Navoiyning “Xamsa”si ham sovgʻa qilindi

Tanlovda respublikamizning barcha hududlarida yashayotgan bolalar 6-9 va 10-14 yosh toifalarida ishtirok etishdi. Tanlov gʻoliblari orasida sirdaryolik oʻquvchilar, kuchli yigirmatalikka kirgan Sitora Sultonova “Amazfit” aqlli soatini, 10-14 yosh toifasida 3-oʻrinni egallagan Mubina Axrorova Samsung Galaxy A31 telefonini qoʻlga kiritdi.

09:32 09.10.2020
Pastdargʻomda 3 ta yangi bolalar bogʻchasi qurildi

Joriy yil Pastdargʻom tumanida belgilangan dastur asosida 15 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari qurilishi hamda taʼmirlash ishlari uchun 9,5 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

09:28 09.10.2020
UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining daʼvolariga javob berdi

– Avvalambor, tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha asosiy pozitsiyasi oʻzgardi: kompaniyaning yangi rahbariyati ikki yildan buyon shaffoflik strategiyasiga amal qilmoqda. Boshqa tarafdan, yaqin vaqtgacha UzAuto Motors agressiv hujumlar nishoniga aylanmaganligi sababli, uyushtirilgan axborot xurujlariga javob berishimiz shart emas edi. Afsuski,...

09:26 09.10.2020
Kechiktirilgan Damas mojarosi

Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida yashovchi fuqaro Boboyev Zokir ancha vaqtdan buyon yigʻib yurgan puliga “Damas” rusumli avtomashinasini sotib olishni maqsad qiladi va Jizzax shahridagi «Jizzax – Motors» avtosaloniga boradi. Zafar Boboyev 64 696 586 (oltmish toʻrt million olti yuz toʻqson...

09:09 09.10.2020
«Hududgaz Samarqand» gaz taʼminoti filiali faoliyati muhokama qilindi

Qayd etilishicha, «Oʻzneftgazinspeksiya» Samarqand viloyat hududiy boʻlimi tomonidan tuzilgan ishchi guruh 29-sentyabrdan 6-oktyabrgacha viloyatda tabiiy gaz isteʼmolida mavjud qarzdorlikni qisqartirish va noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida oʻrganish ishlarini amalga oshirdi. Tadbir davomida birgina Samarqand shahrida 509 ta ulgurji isteʼmolchining 3...

09:01 09.10.2020
Eng asosiy maqsad – iqtisodiy barqarorlikdan natijadorlikka oʻtish – Prezident

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-oktabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

19:41 08.10.2020
95 million soʻmlik tilla taqinchoqlarni sotib beraman deya, pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan fuqaroga jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Joriy yilning mart oyida Sergeli tumanida 44 yoshli Fargʻona viloyatilik Maʼmuraxon X. tanishi 32 yoshli Sarvar A.ga umumiy vazni 330 gr. boʻlgan 95.000.000 soʻmlik tilla taqinchoqlarni sotib berishini vaʼda qilgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

17:40 08.10.2020
Avia va temir yoʻl chiptalari xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha turoperatorlarga subsidiyalar ajratiladi

Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga oid Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

13:11 08.10.2020
Sirdaryo: hokimlarning uzri sessiyalarda eshitildi

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting koʻrsatkichlari natijasiga koʻra Sardoba tumani ham “qoniqarsiz” baho olgan edi. Tuman hokimi va sektor rahbarlarining hudud aholisi oldida kechirim soʻrash tadbiri xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi sessiyasi darajasida boʻlib oʻtdi.

11:33 08.10.2020