Jizzax viloyati hokimining hisoboti eshitildi

2020-yil yanvar-iyun oylarida 42 ta mahalliylashtirish loyihasi doirasida 235,6 mlrd. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz koʻrsatkichi 2,1 barobarga bajarilgan va 2 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan.

15:37 21.10.2020
16 million soʻmlik aviachipta puli isteʼmolchilarga qaytarildi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Denov qishlogʻida yashovchi fuqarolar Zokirshoh Kamolov, Sayfiddin Nazmiddinov, Abduvali Rizoyev, Mirzamon Mirzosultonov va Afzalshoh Mirzosultonovlar Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga tumandagi aviachiptaxona xizmatlaridan norozi boʻlib murojaat etishgan.

14:23 21.10.2020
Namanganda «Damas» kanalga tushib ketdi

“Quvonarlisi, haydovchi choʻkayotgan avtomashinadan xavfsiz ravishda chiqib ketishga muvaffaq boʻlgan va Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xodimlarini chaqirgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar maxsus texnika yordamida avtomobilni qirgʻoqqa olib chiqishdi” deyiladi xabarda.

12:32 21.10.2020
Aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi talab darajasida emas. Hukumatga parlament soʻrovi yuborildi

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashdagi muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

12:26 21.10.2020
Ishsizlik nafaqasi miqdorlari oshiriladi

Aholining bandligini taʼminlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilandi. Jumladan:

11:56 21.10.2020
Samarqandda 6 oylik oziq-ovqat uchun 235 milliard soʻm sarflanadi

Unga koʻra, 6 oyga 82,6 ming tonna goʻsht, 100 ming tonna kartoshka, 19 ming tonna guruch, 149,8 ming tonna un mahsuloti, 21,3 ming tonna shakar, 418,8 million dona tuxum, 17,6 ming tonna yogʻ zarur.

11:15 21.10.2020
Romitanlik 133 fuqaroning ommaviy sayyor qabuldan koʻngli toʻldimi?

Tumanimizning Mugʻoncha mahalla fuqarolar yigʻini Alamdor qishlogʻida yashovchi Guliruxsor Jumayeva oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish izlab ancha ovora boʻldi. Nihoyat, yaqinda uning tashvishi yengillashdi. 11-son umumtaʼlim maktabiga boshlangʻich sinf oʻqituvchisi vazifasiga ishga joylashtirildi. Endi uning buguni va ertasidan koʻngli toʻq. Faqat...

11:05 21.10.2020
Noqonuniy koʻmir savdosining oldi olindi

Kuz-qish mavsumi yaqinlashishi bilan koʻmir savdosiga “jon kiradi”. Bu yaxshi, albatta! Boisi, tadbirkorlarning saʼy-harakati bilan qahraton qishdan ham eson-omon chiqib olamiz. Biroq, mana shunday vaziyatdan unumli foydalanib qolishga harakat qiladigan ayrim yurtdoshlarimiz ham borki, ular oʻzlarining noqonuniy savdo faoliyati bilan...

08:17 21.10.2020
Andijon viloyatida aholini oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlash mexanizmi ishlab chiqildi

Sessiyada taʼkidlanganidek, viloyatda qariyb 3 mln. 140 ming nafar aholini tibbiy meʼyorlarda belgilangan, xavfsiz va yetarli oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlash uchun barcha choralar koʻrilmoqda. Xususan, aholining sabzavotlarga boʻlgan yillik ehtiyoji 364 ming tonnani tashkil etgani holda, yilning 9 oyida davomida...

21:57 20.10.2020
Toshkentda dolzarb mavzuga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi

Binobarin, soʻnggi yillarda tarmoqda olib borilayotgan davlat siyosati sifat jihatdan ham, istiqbol nuqtayi nazaridan ham mutlaqo yangilandi. Bunda sinovdan oʻtgan xorij tajribasi hamda zamonaviy tendensiyalar uzluksiz eʼtiborga olib kelinayotgani muhim ahamiyat kasb etyapti. Bularning barchasi respublikaning iqtisodiy oʻsishiga qaratilgan.

21:42 20.10.2020
Muzlatmaydigan muzlatgich mojarosi...

Deyarli xar kuni OAV yoki ijtimoiy tarmoqlarda «Isteʼmolchi huquqi» haqida soʻz boradi. Isteʼmolchilarga yaratilgan qulayliklar, demokratik jamiyatimizda isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlari nechogʻliq himoyalanganligi va himoya qiluvchi tashkilotlar borligidan koʻpchilik xabardor. Shunday boʻlsa-da, oramizda isteʼmolchilarning huquqlarini poymol etayotgan, tadbirkorlik majburiyatlarini toʻla unutib...

21:27 20.10.2020
FHDYOda plastikni rad etib, kassa orti, tushunarsiz toʻlov talab qilishdimi? 1148 – DXA Ishonch telefoniga xabar qiling

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda FHDYO idoralari xodimlari tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni rasmiylashtirishda ortiqcha mablagʻ undirilayotgani toʻgʻrisida izohlar koʻpaydi.

20:53 20.10.2020
Qoraqalpogʻistondan Fransiya va Italiya bozorlariga quritilgan pomidorlar  joʻnatildi

— Fransiya davlatidan keltirilgan maxsus urugʻdan alohida parvarish yoʻli bilan oʻstiriladigan pomidorni tuzlab, tabiiy sharoitda quyosh nuri ostida quritish koʻp xarj talab qilmaydi – deydi “Biogumus” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi Sherzod Niyazimbetov. –Tabiiy sharoitda quritilgan pomidor mahsulotiga Fransiya, Italiya bozorlarida...

19:23 20.10.2020
Gʻijduvon shahrida umumiy qiymati 4,4 milliard soʻmga teng zamonaviy radarlar va kuzatuv kameralari oʻrnatiladi

Gʻijduvon shahri aholi gavjum, avtomashinalar serqatnov hududlardan sanaladi. Shundan kelib chiqib, shahar hududidagi toʻrtta serqatnov chorrahada hamda tumanga kirish va chiqish joylarida tezlikni oʻlchaydigan qoʻzgʻalmas radarlar, dehqon va buyum bozorlari oldida kameralar oʻrnatish hamda ushbu bozorlarda mavjud kuzatuv kameralarini Gʻijduvon...

18:51 20.10.2020
Xalqqa xizmat – oliy himmat!

Oddiy insonlar bilan yuzma-yuz turib ularning  turmushida uchrayotgan  chigal masalalarini  hal  etib berish,  koʻmak koʻrsatish, ayniqsa,  bugungidek  koronavirus xavfi yuqori boʻlgan bir kezda insonlarning  dardu tashvishlariga  yelkadosh boʻlib, muammolariga yechim qidirish – oliy himmat, albatta!

14:25 20.10.2020
«Mikrokreditbank»: tadbirkorlarning ishonchli hamkori

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyot tayanchi, aholi daromadini taʼminlovchi muhim vosita hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda ushbu tarmoqqa jiddiy eʼtibor qaratilib, ularning erkin ishlashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu boradagi ishlar, ayniqsa, keyingi yillarda yana-da jadallashdi. Binobarin,...

14:13 20.10.2020
Fargʻonada narx-navo barqarorligi taʼminlanadimi? — viloyat hokimining hisoboti eshitildi

Ayni kunlarda Fargʻona viloyatida kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish, narx-navo barqarorligini taʼminlash borasida alohida chora-tadbirlar rejasi belgilangan.

12:14 20.10.2020
Namanganlik paxtakorlar shartnomaviy rejani bajardilar

Agrar soha, xususan, paxtachilikka boʻlgan eʼtibor natijasida koʻzda tutilgan xirmonga yarasha hosil toʻplandi. 7 ta klasterga birlashgan 1849 ta fermer xoʻjaligi bilan yerlarni ekishga tayyorlashdan tortib hosilni yigʻishtirib olishgacha boʻlgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, ish haqi, texnika, mineral oʻgʻit va yonilgʻi...

12:12 20.10.2020
2 ta "Spark"ni 500 AQSH dollariga sotib olgan firibgarga qonuniy chora koʻrildi

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020-yil yanvar oyida Namangan shahrida yashovchi tanishi uning ishonchiga kirib, 2 dona Spark rusumli avtomashinalarni 26.200 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, 500 AQSH dollarini berib, qolgan pullarini har...

12:03 20.10.2020
Zoyir Mirzayev 3 ta tuman hokimligiga rahmat aytdi. Ular goʻsht narxi oshmasligida koʻmak bermoqda

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashing navbatdagi sessiyasi boshlandi.

11:50 20.10.2020