Hokim oʻrinbosarini yoqib yuborgan yakkabogʻlik tadbirkor – ozodlikda!

Bahriddin Isomovning “jinoiy qilmishni sodir etish chogʻida affekt holatida boʻlganini” tasdiqlash uchun ikki marta psixologik ekspertiza oʻtkazishga toʻgʻri keldi. Jinoyat ishi qayta malakalanib sudga oshirilgan, tadbirkor sudga oʻz uyidan qatnaydi.

10:30 31.08.2019
Sogʻliqni saqlash sohasida qanday oʻzgarishlar yuz berdi?

Mustaqilligimizning 28 yilligi bayrami arafasida ortga nazar tashlar ekanmiz, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilganiga va oshirilayotganini guvoh boʻlamiz.

09:50 31.08.2019
Kardioxirurgiyaning noyob yutuqlari hududlardagi davolash muassasalari faoliyatida ham oʻz ifodasini topmoqda

Bugungi kunda mamlakatimiz kardiologiyasi jahon ilm-fani bilan hamqadam odimlamoqda. Quvonarlisi, jahon ilm-fani yangiliklari boʻlgan noyob operatsiyalar nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlardagi kardiologiya muassasalarida ham amalga oshirilayotgani eʼtiborga molik.

21:10 29.08.2019
“Yer yuzining sayqali”dan yangrayotgan sehrli navolar(Foto)

Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali doirasida “Sharq xalqlari anʼanaviy musiqa sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

18:05 29.08.2019
“Oltin ildiz” umrni uzaytiradimi?

Maxtab Jafariy boshchiligidagi kaliforniyalik olimlar Oltoy togʻlarida oʻsuvchi “Sibir dorivor oʻsimligi”ga qiziqib qoldi.

17:35 28.08.2019
Butunjahon jamiyati aʼzolari Oʻzbekiston Prezidentiga murojaat qildi

Avval xabar qilinganidek, 22-27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar va madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi oʻtkazildi. Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizimni rivojlantirish davlat qoʻmitasi...

10:55 28.08.2019
ONLAYN: Jurnalistlar media-tur doirasida Qoʻqon shahridagi “Buyuk allomalar” muzeyida boʻlishdi

Xalqaro Hunarmandchilik festivali dasturi doirasida Qoʻqon shahriga tashrif buyuruvchi mehmonlarni Buyuk allomalar muzeyida yurtimiz madaniyati va tarixi, adabiy muhiti bilan yaqindan tanishtirish koʻzda tutilgan.

18:17 27.08.2019
Muhtasham jamlanma

Xalq ogʻzaki ijodi nafaqat bir millatning, balki jahon adabiyotining ajralmas qismini tashkil etadi. Unda insonlar taqdiri, elning oʻziga xos ichki dunyosi oʻz aksini topadi. Bu haqida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida boʻlib oʻtgan “Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari” nomli 100 jildlik majmuaning dastlabki...

17:08 27.08.2019
Kompyuter qarshisida oʻtirib, tanaffussiz ishlash saratonni keltirib chiqarishi mumkin

Kanadalik olimlar inson salomatligi uchun zararli va keng tarqalgan odatlarni maʼlum qilishdi.

12:14 27.08.2019
Uchquduqda Oʻzbekiston konchiligi tarixida yangi sahifa ochildi

Uchquduqda Sorbsiyalash jarayoni chiqindilarini yuqori samarali kuydirish majmuasi ishga tushirildi.

11:10 27.08.2019
“Sharq taronalari” – turli sivilizatsiyalar, xalqlar va millatlar oʻrtasida oʻziga xos madaniy hamkorlik hamda muloqot maydoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-avgust kuni “Sharq taronalari” oʻn ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

09:55 27.08.2019
“Istiqlol mevalari — bu yoshlar”

Mustaqillik taqdim etgan imkoniyatlar tufayli koʻplab yosh isteʼdodlar kashf etildi. Bugun ular ijodning turli yoʻnalishlarida koʻplab muvafaqqiyatlarga erishib, yurtimizni tarannum etib kelmoqdalar. Ularning har bir ijodida, yutuqlarida istiqlolning oʻrni aloihda ahamiyatlidir. Bu haqida Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida...

16:09 26.08.2019
Besh hududning turistik logotipi tanlovi nega takroran oʻtkazilmoqda?

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy hamda Fargʻona viloyatlari logotiplarini yaratishga doir tanlov haqida eʼlon qiladi. Taʼkidlash joizki, yuqorida nomlari qayd etilgan hududlar logotiplari tanlovi takroriy oʻtkazilmoqda, zero bundan avvalgi tanlovda mazkur nominatsiyalarda 20 foizdan...

14:18 26.08.2019
Samarqandda madaniy va maʼnaviy merosni muhofaza qilishning dolzarb masalalari muhokama qilinyapti(Foto)

Shoyim Boʻtayev, Umid Soriyev-Xalq soʻzi-onlayn. Samarqand shahrida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusidagi xalqaro anjuman boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.

11:30 26.08.2019
Surxondaryo diyorimizdagi muhim arxeologiya va sayyohlik markazi

“Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi doirasida Termiz shahrida “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ xalqaro arxeologiya sayyohlik forumi boʻlib oʻtdi.

10:06 26.08.2019
OʻzNNTMA va Ekopartiya oʻrtasida memorandum imzolandi

Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy ascotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tomonidan mustaqilligimizning 28 yilligiga bagʻishlab tadbir oʻtkazildi.

16:01 24.08.2019
“Era med” xususiy klinikasida operatsiya qilingan surxondaryolik Shahrizodaning davolanishi nazoratda

Ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik uch yoshli Shahrizoda Mingqobilovaning onasi Gulnoza Nurmanova farzandini Toshkentdagi “Era med” xususiy klinikasida operatsiya qildirgach, ahvoli ogʻirlashib qolgani xususidagi murojaati keng muhokamaga sabab boʻldi.

17:59 23.08.2019
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Yurtimiz travmatologiya yoʻnalishida yana bir yangi endoprotezlash amaliyoti qoʻllanilmoqda

Suyak, boʻgʻim kasalliklari va jarohatlarning oldini olish, bunday xastaliklarni erta tashxislash hamda davolash jahon tibbiyotining dolzarb muammosidir. Bu yoʻnalishda mamlakatimiz olimlari ham oʻziga xos ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Natijada yurtimiz travmatologiyasida yangi usul — bipolyar endoprotezlash amaliyoti joriy etildi.

15:19 23.08.2019
“Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” haftaligi tantanali ochildi

22-avgust kuni Toshkent shahrida “Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat mavzusidagi meros haftaligi”ga start berildi.

21:05 22.08.2019