Bitta institutga kirib, ikkita institutni bitirish mumkin

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti va Peterburg davlat temir yoʻl universiteti oʻrtasida ikki tomonlama diplom berish boʻyicha kelishuv imzolandi

14:52 22.09.2018
“Sogʻlom ayol oyligi” doirasida 8 million nafardan ziyod xotin- qizlar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda 20 sentyabrdan 20 oktyabrgacha “Sogʻlom ayol oyligi” oʻtkazilmoqda.

15:34 21.09.2018
Toshkentda “Innovatsion pedagogika” Oʻzbek-belorus qoʻshma fakulteti ochildi

Mazkur fakultetda logoped ixtisosligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Tadbir davomida qoʻshma fakultet talabalari uchun ikki davlat professor-oʻqituvchilari hammuallifligida yangi oʻquv-ilmiy adabiyotlar yaratilishi kelishib olindi.

18:50 19.09.2018
Ekspert oilalarda kelib chiqayotgan ziddiyatlarning asl sababini maʼlum qildi

Oila masalasi juda nozik. Oʻrni kelganda bir ogʻiz oʻylamay aytilgan gap, ortiqcha aralashuv ham bu muqaddas qoʻrgʻonning darz ketishi, oiladagi nizolarning chuqurlashuviga sabab boʻlishi mumkin.

18:08 18.09.2018
Afgʻonistonda Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan xalqaro seminar oʻtkazildi

Yaqinda Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrida Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan xalqaro seminar oʻtkazildi. Ushbu ilmiy anjumanda Oʻzbekiston va Hindistondan beruniyshunos olimlar ishtirok etdi.

18:20 14.09.2018
Olimlar uzoq galaktikadan kelgan 72 ta gʻalati signalni “tutib olish”di

AQSHning Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari Yerdan 3 mlrd. yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan mitti galaktikadan kelgan 400 terabayt radiomaʼlumotni shifrdan chiqarish orqali 72 ta gʻalati signalni tutib qolishdi.

12:05 13.09.2018
Toshkentda jahonning taniqli yozuvchilari taqdirlandi

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida shu yilning 7-8 avgust kunlari poytaxtimizda oʻtkazilgan “Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda oʻrganish va targʻib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning tashkil etilishida faol qatnashgan hamkor tashkilotlarning bir guruh vakillarini taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi, deb...

10:03 13.09.2018
Oʻzbekistonda diabet kasalligini erta aniqlash va profilaktikasi boʻyicha tadbirlarga start berildi

Mazkur loyiha joriy yilning oktyabr oyidan boshlanadi. Dastlab Namangan shahri va Toʻraqoʻrgʻon tumani, Buxoro shahri hamda Gʻijduvon tumanlaridagi tibbiyot muassasalarida tajriba loyihasi amalga oshiriladi.

14:52 11.09.2018
“Yoshlarni yuksak gumanistik ideallar ruhida tarbiyalashda musiqa sanʼatining oʻrni va ahamiyatini hech narsa bilan oʻlchab, baholab boʻlmaydi”

Shahrisabzda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 6-10 sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan Xalqaro maqom sanʼati anjumani nafaqat yurtimiz ahli, balki 73 davlatdan kelgan xorijlik sanʼat ixlosmandlari, diplomatik korpuslar vakillari, xonandayu sozandalarni ham birdek maftun etdi.

16:58 10.09.2018
Shahrisabzda maqomning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni mavzusida xalqaro konferensiya ish boshladi

Maqsud JONIXONOV, “Xalq soʻzi” muxbiri, Shahrisabz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizning goʻzal va maftunkor goʻshalaridan biri Shahrisabzda Xalqaro maqom sanʼati anjumani boʻlib oʻtmoqda. 7 sentyabr kuni mazkur nufuzli tadbir doirasida “Maqom musiqa sanʼati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni”...

18:37 07.09.2018
Mamlakatimizda Salomatlikni targʻib qilish kunlari boshlandi (Foto)

Aholining tibbiy bilim va tafakkurini yuksaltirish, oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, har bir insonning oʻzi va yaqinlari salomatligi uchun masʼulligini oshirish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Salomatlikni targʻib qilish kunlari” oʻtkazilmoqda.

16:59 07.09.2018
Dillarni dillarga, ellarni ellarga payvand etadigan sanʼat

Shahrisabz shahrida 6 sentyabr kuni Xalqaro maqom sanʼati anjumanining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

21:55 06.09.2018