“Bitta qiz bolani oʻqitsangiz, butun oilani oʻqitgan boʻlasiz”

Buyuk davlat arbobi Indira Gandining shunday gapi bor: “Bitta qiz bolani oʻqitsangiz, butun oilani oʻqitgan boʻlasiz”. Bu soʻzlar bejiz aytilmagan. Buning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi bilamiz.

18:15 10.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqi

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining barcha ishtirokchilarini chin dildan qutlayman.

18:06 10.11.2020
Toʻraqoʻrgʻonda ham “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksi foydalanishga topshirildi 

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan “Isteʼmolchilar uyi” hamda “Isteʼmolchi kutubxonasi” loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

16:28 10.11.2020
Yoshlarni yodlashga emas, fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish kerak

Davlatimiz rahbari oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiya ekanligini alohida taʼkidladi. Zero, bugun qaysi sohani olmaylik, zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan...

12:54 10.11.2020
Ozodbek Nazarbekov 7 yil ozodlikdan mahrum etilgan shaxs vazirlikka qanday ishga olinganiga izoh berdi

Muqaddam oʻgʻirlik va talon-torojlik jinoyatlari uchun 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilgan shaxsni vazirlik bosh hisobchisi lavozimiga siz ishga olganmisiz? Rahbar sifatida uning ish faoliyati haqida fikrlaringiz? Ushbu savolga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov javob berdi.

22:10 09.11.2020
Sugʻurtaga odamlar ishonchi nega yuqori emas?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining videokonferensiya tarzida oʻtkazilgan yigʻilishida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan yangi tahrirdagi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

21:38 09.11.2020
Ozodbek Nazarbekov oʻzini mashhurlik darajasiga olib chiqqan shoirning holidan xabar oldimi?

Sizning qator mashhur qoʻshiqlaringiz muallifi Shamsiddin Sadoiy Zangiotadagi shifoxonaning reanimatsiya boʻlimida ogʻir ahvolda yotgan chogʻida shoirning turmush oʻrtogʻi Iqbol Ergasheva siz va boshqa sanʼatkorlarga yordam soʻrab murojaat qilgan edi. Bilishimizcha, hozir ham shoirning sogʻligʻida jiddiy muammolar bor. Qolaversa, uy-joyi yoʻqligi...

21:35 09.11.2020
Bu hol vazirlik uchun uyatli — Ozodbek Nazarbekov Oʻrikzor bozoridan sotib olingan sifatsiz kosmetikalar haqida

Bosh prokuror tomonidan vazirlik bosh hisobchisi 2.6 milliard soʻmga 56 barobar qimmat narxda tizimdagi teatr, madaniyat uylari va boshqa tashkilotlar uchun grim sotib olganligi haqida maʼlum qildi. Aytingchi, ushbu holatda tuzilgan shartnoma va hujjatlarga siz imzo qoʻyganmisiz yoki..

21:09 09.11.2020
Namangan viloyati: sayyor qabul natijalari qanday boʻldi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi hamda Xalq qabulxonasi boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idora rahbarlari ishtirokida Namangan viloyati aholi uchun sayyor qabullar tashkil etildi.

20:33 09.11.2020
“Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasi tashkil etiladi

“Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (692-son, 06.11.2020-y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

10:42 09.11.2020
Maktab toʻla muammo, ammo...

Joriy yilning 2-15-noyabr kunlari Oʻzbekiston isteʼmolchi huquqlari jamiyatlari federatsiyasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha kuzatuv monitoring ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Bunda ishchi guruh tomonidan isteʼmolchilarga yonilgʻi-energetika resurslari va koʻmir mahsulotlarining oʻz vaqtida yetkazib berilishi, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, xususan, taʼlim muassasalari,...

10:33 09.11.2020
Taniqli iqtisodchilar tomonidan amaliy iqtisodiyot boʻyicha ochiq virtual seminarlar boʻlib oʻtmoqda

Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti tashabbusiga koʻra Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqotlari instituti IFPRI (Vashington, AQSH) va Vestminster rivojlanish strategiyasi tarmogʻi WDPN (Vestminster universiteti, London, Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda 7-oktyabrda boshlangan va 2020-yil noyabr oyining oxirigacha davom etadigan amaliy iqtisodiyot boʻyicha bir...

09:43 09.11.2020
Prezident O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik yo'lladi

Avvalo, oʻz hayotini el-yurt salomatligini asrashdek gʻoyat masʼuliyatli va sharafli ishga bagʻishlagan siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga oʻzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.

19:28 07.11.2020
«Davlat tili haqida»gi Qonunni buzganga qanday choralar qoʻllanilmoqda?

Til insoniyatga berilgan eng buyuk neʼmatlardan biri. Millat, jamiyat taraqqiyoti, tarix jarayonlari, eng avval, tilda aks etadi. Unda xalq hayoti, milliy mafkura ifodalanadi, roʻyobga chiqadi. Til — inson faoliyatini boshqarib turuvchi muhim vosita, demak, u xalqning maʼnaviy mulkidir.

16:01 07.11.2020
Hokimning maorif boʻyicha maslahatchisi taʼlimga nima bera oladi?

Soʻnggi kunlarda taʼlim tizimida yaqin yillarda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar keng jamoatchilik, ota-onalar, pedagoglar va farzandlari kelajagiga befarq boʻlmagan barcha insonlarning diqqat markazida turibdi. Prezidentning tegishli farmoni loyihasiga taklif berib, natijasini kutayotganlar ham oz emas. Mana, bitta hujjat loyihasi muhokamasi...

15:40 05.11.2020
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining faoliyati tahlil qilindi

Yaqinda Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining videokonferensaloqa tarzida majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Qoʻmitaning joriy yilning oʻtgan davri mobaynidagi faoliyati tahlil qilindi.

12:41 05.11.2020
Elni birlashtirishdan koʻra savobliroq ish yoʻq

Rostini aytsam, deputat boʻlib, saylovchilardan bunday qattiq gap eshitaman, deb oʻylamagandim. Uchrashuvda bir saylovchi Alining alamini Validan olgani kabi, ilgari hal boʻlmay kelgan muammo uchun menga keskin gapirdi. “Bu muammoning hal boʻlishiga ishonmay qoʻyganman, sizdan oldingilarga ham aytganman, vazirlikka ham...

11:37 05.11.2020
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga nega parlament soʻrovi yuborildi?

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish qonun ustuvorligi hamda qonuniylikni kafolatlashning muhim shartlaridan sanaladi. Shu bois soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.

16:57 04.11.2020
Raqamlashtirish nafaqat odamlar turmush tarzi, balki tafakkurini ham oʻzgartiradi

Oʻzbekiston oʻz oldiga kuchli demokratik, ilgʻor rivojlangan davlatlar safidan mustahkam oʻrin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirish — bosh vazifa. Bu boradagi islohotlar esa xalqimizga munosib sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilyapti.

16:38 04.11.2020