Nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborildi

Oliy Majlis yuqori palatasining toʻqqizinchi yalpi majlisi kun tartibidagi navbatdagi masala – nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovini yuborish haqidagi masala koʻrib chiqildi.

17:45 20.11.2020
Abdulaziz Komilov vatandoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi

AQSHda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha vatandoshimiz Saidahmad Arislanovga “Shuhrat” medali va elchixonaning birinchi kotibi Faxriddin Moʻminovga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonini tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi xabar berdi.

22:48 19.11.2020
Bola huquqlari — respublikamiz davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri

1989-yilning 20-noyabr sanasi BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasi qabul qilingan kun hisoblanadi. Ushbu Konvensiya inson huquqlari tarixidagi eng muhim hujjatlardan biridir. Zero, mazkur sanadan eʼtiboran, bola huquqlari dunyoning qaysi mintaqasida buzilmasin, uni himoya qilish borasida xalqaro imkoniyat vujudga keldi. Konvensiya...

22:15 19.11.2020
OʼzLiDeP Xorazmda press-tur tashkil qildi

Xorazm viloyatida tashkil qilingan press-turda OʼzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi vakillari, partiya viloyat Kengashi xodimlari, mahalliy kengash deputatlari, hamkor tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

21:58 19.11.2020
Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni qurilish sohasiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

21:49 19.11.2020
“Madaniyat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining nomi nega oʻzgardi?

Madaniyat bu — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi sanaladi. “Madaniyat” soʻzining lugʻaviy maʼnosi “shaharlik”, “shaharga oid” boʻlsa, uning maʼnoviy izohi “odob-axloq”ni anglatadi. Demak, bugun yangi Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratishda milliy madaniyatni yana-da rivojlantirish gʻoyat muhimdir.

18:03 19.11.2020
Tezkor, sifatli va xolis xizmat — pirovard maqsad

Eng katta isrofgarchilik bu - vaqtning uvoli. Shuning uchun xalqimiz “Vaqting ketdi - naqding ketdi”,deb bejiz aytmagan. Inglizlar esa “Time is money”(Vaqt bu — pul) deb bilishadi.

12:33 19.11.2020
Qonun loyihasi qayta nomlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida xalq vakillari kun tartibiga yangi nom bilan kirgan — “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda muhokama qildilar.

12:20 19.11.2020
“Mualliflar va ijrochilar” palatasi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash hamda ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish, intellektual mulk huquqlarini himoyalash maqsadida, Madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining, sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik...

17:56 18.11.2020
Davlat boshqaruvi organlari va yana 6 ta muhim sohada 260 milliard soʻmdan ortiq byudjet mablagʻlari talon-toroj etilgan

— Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament organlari tomonidan joriy yilning 10 oyida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida davlat boshqaruvi organlari, taʼlim, sogʻliqni saqlash, bank, moliya, yoqilgʻi energetikasi, qurilish sohalarida jami 436 holatda 260 milliard soʻmdan ortiq byudjet mablagʻlari talon-toroj etilgani fosh...

16:32 18.11.2020
2021-yil AQSHda boburiylar tarixi va madaniy merosiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etiladi

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Smitson Osiyo sanʼati milliy muzeyi Frir va Sakler sanʼat galereyalari direktorining katta oʻrinbosari Masume Farhod bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

14:14 18.11.2020
«INFOLIB-2020” IX Milliy axborot-kutubxona haftaligi davom etmoqda 

Joriy yilning 16 — 20-noyabr kunlari oʻtkazilayotgan “INFOLIB-2020” IX Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mahmud az-Zamaxshariy nomli Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazida ham qator tadbirlar tashkil etildi. 

11:19 18.11.2020
Chirchiqda fuqaroning uyidan salkam 20 kilogramm giyohvandlik vositasi topilgandi. Tergov nima boʻldi?

2020-yilning 29-sentyabr kuni Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qora-dori” maxsus tezkor tadbir davomida, Chirchiq shahar Madaniyat koʻchasida xonadonlarning biri tekshirilganida, 39 yoshli fuqaro Xafiz A., xonadonning balkonida joylashgan stol tagida, 1 dona uch litr hajmli, 2 dona 1 litr...

11:16 18.11.2020
1991-yil 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun: Gʻurur va iftixorimiz ramzi

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. Oʻzbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi.

10:40 18.11.2020
Aziz Abduhakimov: «Pandemiyaga qaramay, Samarqand xayriya yarimmarafoni ajoyib natijalarni qayd etdi»

Jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-tur «Samarkand Half Marathon — 2020" doirasida shahar va klublar oʻrtasidagi oʻtkazilgan musobaqalarning yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumani bilan nihoyasiga yetdi.

17:21 17.11.2020
Oʻzbekiston birinchi marotaba Venetsiya arxitektura biyennalesida “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” loyihasi bilan ishtirok etadi

Oʻzbekiston birinchi marotaba Venetsiya arxitektura biyennalesida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

12:05 17.11.2020
Samarqandda Soʻfi Olloyor hazratlari yashagan uy rekonstruksiya qilinadi

Kattaqoʻrgʻon shahri, Payariq va Tayloq tumanlaridagi sayyor qabullar ham oʻttizga yaqin soha boʻyicha muammolarni bir platformada oʻrganish, masalalarni hamjihatlikda hal qilish imkonini berdi. Prezident Administratsiyasi masʼullari, Xalq qabulxonalari, vazirliklar, qoʻmitalar, idoralar, sektorlar rahbarlari har bir murojaatni sinchiklab oʻrgandi, ularning yechimi...

21:58 16.11.2020
Boysunda “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksi foydalanishga topshirildi

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan “Isteʼmolchilar uyi” hamda “Isteʼmolchi kutubxonasi” loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

16:30 16.11.2020
Prezident Qarshi davlat universiteti talabasiga 2 xonali uy sovgʻa qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Qarshi shahridagi Yoshlar markazida boʻlib oʻtgan qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuvda QarDU talabasi Shohida Joʻrayevaga ikki xonali uy sovgʻa qildi.

11:51 16.11.2020
Toshkentda Yaponiya qoʻgʻirchoqlari koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi

2020-yilning 20-noyabr kuni soat 15:00da Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida Yapon qoʻgʻirchoqlari koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Xalqaro madaniyat karvon saroyining manbasiga tayanib.

11:38 16.11.2020