“Nomer aniqlovchi” nomli android ilovasidan ogoh boʻling! Telefon apparati bloklanib, xaker tuzogʻiga tushib qolishingiz mumkin

Shu yil 13-iyun kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro M.A. Ichki ishlar vazirligi portaliga ariza bilan murojaat qilib, 12-iyun kuni soat 19:00larda «Telegram» messenjeridan “Uydagi_Yulduzlar” @Fan club Miz #Uyda QOLING” (@fan_club_miz) deb nomlangan kanalga kirgani va ushbu kanalga joylangan...

12:07 06.07.2020
“Izohli lugʻat”ning yangi tahriri nashr etildi va u yangi soʻzlar bilan boyitildi

Maʼlum qilinishicha, lugʻatning yangi tahririda jamiyatda yuz bergan oʻzgarishlar natijasida isteʼmolga kirib kelgan yuzlab yangi soʻz va atamalar kiritilgan.

13:44 05.07.2020
Poytaxtimiz koʻchalarida turistik yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatish ishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi turizm tomosha obyektlariga olib boruvchi yoʻllar boʻyida belgilangan standartlar asosida 2 xil tildagi (oʻzbek va ingliz tillarida) turistik yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilishining 2-bosqichi yakunlandi. Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi...

09:40 04.07.2020
Huquq va gʻururning erkak-ayoli boʻlmaydi

Bugungi kunda har qanday jamiyatning asosiy “koʻzgusi” – xotin-qizlar ekanligi shubhasizdir. Chunki jamiyatning ijtimoiy tuzumi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻsha jamiyat aholisi turmushining farovonlik darajasi, oilalar barqarorligi, kelajak avlod – farzandlar tarbiyasi, iqtidori, jamiyatdagi intellektual salohiyat, maʼnaviyat va madaniyat, maʼrifat,...

13:07 03.07.2020
Tamaddun daryosi hamon oqmoqda ravon. Oʻzbekistonda ilm-fanning yangi Renessans davri boshlanmoqda

— Xalqimizda “Oqqan daryo oqaveradi”, degan nihoyatda hikmatli gap bor, — deydi R. Xolmurodov. — Darhaqiqat, ezgu tutumlar qadriyatga aylanadi, yaxshi fazilatlar qondan-qonga oʻtadi. Jumladan, ilmu ziyo ham suyak suradi. Shu maʼnoda, tamadduniy taraqqiyot ham uzluksizdir. Koʻzga koʻrinmas minglab iplar...

12:46 03.07.2020
“Buxorcha” ashula va raqs ansambli “World Folk Vision 2020” xalqaro festivalida eʼtirof etildi

Xalqaro tanlovning dastlabki bosqichida jahoning 115 mamlakatidan 1 ming 100 ta badiiy jamoa qatnashdi. Shundan 20 davlatdan 29 jamoa festivalning final bosqichiga yoʻllanma oldi. Yakunda “Buxorcha” ashula va raqs ansambli festivalning “Raqs” nominatsiyasi boʻyicha 4-oʻringa munosib koʻrildi.

11:29 03.07.2020
Hayvonot bogʻiga kirish chiptalari 1,6 baravarga qimmatlashgan

2020-yilning iyun oyida aholi uchun pullik xizmatlar orasida madaniyat muassasalari xizmatlari 2,7 % ga qimmatlashgani kuzatildi.

10:38 03.07.2020
4 nafar sportchimiz “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Mazkur koʻkrak nishoniga Javohir Sindarov (shaxmat), Klara Darmenbayeva (gimnastika) va Asila Mirzayorova (Paralimpiya) sazovor boʻldi. Shuningdek, boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov ham mudofaa va huquqni muhofaza qilish yoʻnalishida ushbu sovrin bilan mukofotlandi.

09:51 03.07.2020
Jizzax shahriga kirish-chiqishda nazorat kuchaytirildi

Eslatib oʻtamiz, iyun oyi oxirida viloyatning Sharof Rashidov tumanida yashagan ikki kishi koronavirus tufayli vafot etgandi.

17:21 02.07.2020
Gerbim — bagʻrikenglik timsoli

1992-yil 2-iyul. Eslayman, chaqaloqning “inga-inga”si oilamizdagi barchani quvontirdi. Men u paytda toʻrt yashar qizaloq edim va chaqaloq singilchamning yuzlariga boqib toʻymasdim. “Ismini nima qoʻyamiz?” deya menga yuzlanishganda oʻylanmay turib “Mahliyo” degan ekanman. Mening bu qarorimni eshitgan buvijonim “oʻz ota-onasi va...

12:41 02.07.2020
Ozodbek Nazarbekov: Istibdod davrida elimiz musiqaning noyob kuchidan, sehridan imkon qadar uzoq tutildi

Haqiqatan ham, istibdod davrida elimiz musiqaning noyob kuchidan, sehridan imkon qadar uzoq tutildi. Natijada musiqiy taʼlimga eʼtibor susaydi, bu borada kadrlar tayyorlash tizimining moddiy-texnika bazasi gʻariblashib, nochor ahvolga tushib qoldi, soha pedagog va mutaxassislari mehnati yetarli ragʻbatlantirilmadi.

08:43 02.07.2020
Qozogʻiston — Oʻzbekiston: Doʻstlik va qardoshlik rishtalari mustahkamlanaversin

Qozogʻiston va Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy boyliklari koʻp, iqtisodiy quvvat zaxirasi katta, tarixi va madaniyati mushtarak mamlakatlardir. Bu tarixiy vaziyatda davlatlarimiz yana-da ahil, doʻstlik, qardoshlik rishtalari har qachongidan-da mustahkam boʻlishi darkor.

19:10 01.07.2020
Ozoda Nursaidova Sardoba falokatidan jabrlangan oilalarga uy topshirdi

Sardoba fojeasidan aziyat chekkan xonadon egalariga Ozoda Nursaidova yangi uylarni topshirdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

17:58 01.07.2020
“Yoshlar media xoldingi” tashkil etiladi

Agentlik tomonidan bir qator ommaviy axborot vositalari va nashriyotlari negizida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Yoshlar media xoldingi” tashkil etiladi.

09:25 01.07.2020
Madaniyat vazirligi yangi tanlov eʼlon qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Umrboqiy navolar” qadimiy cholgʻu asboblari ijrochilari uchun onlayn respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

17:32 30.06.2020
Ozodbekni koʻp yillar davomida oʻzim tarbiyalaganman. U xalqparvar, millatparvar vazir boʻlib yetishdi – Shavkat Mirziyoyev

Ozodbekni koʻp yillar davomida oʻzim tarbiyalaganman. U xalqparvar, millatparvar vazir boʻlib yetishdi – Shavkat Mirziyoyev

17:14 30.06.2020