Xalqqa yaqin xizmatlar

“Biz bu xizmatni nima uchun tashkil qildik? Adolat buzilmasligi, korrupsiya boʻlmasligi, odamlar qiynalmasligi uchun. Eng katta yutugʻimiz – bunday idoralarda endi fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”.

17:07 07.10.2019
Qopqoq ostidagi qopqon yoxud yana "Omad shou”, “Oltin kalit”, “Millioner shou”, “Sitro shou” ...lar haqida

Sarlavhani oʻqib, hayron qolgan boʻlishingiz mumkin. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib, shunga amin boʻldikki, “qopqoqmaniya” kasalligiga chalinmagan odam kamdan-kam uchrasa kerak.

16:10 19.09.2019
Xotin-qizlar qoʻmitasi aralashgach, onasi vafotidan keyin tazyiq ostida voyaga yetayotgan Shukronaning hayotida yorugʻ kunlar boshlandi

“Ota-ona (ulardan biri)... ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa... ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin”. Oila kodeksining 79-moddasidan.

15:24 18.09.2019
Urgutdagi 27-maktabda mojaro keltirib chiqargan oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham chora koʻriladi

Urgut tumanidagi 27-umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi J.M hamda shu maktabningmatematika fani oʻqituvchisi Z.A. oʻrtasidagi hodisa boʻyicha Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

16:45 17.09.2019
Yosh oilalar ajrimi — bir kunlik masala emas...

Oila har bir mamlakatning asosiy negizi ekanligini inobatga olsak, tabiiyki, uning mustahkamligi jamiyatning taraqqiyoti bilan bogʻliq. Butun dunyoda davom etayotgan oilaviy inqiroz Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmayotgani bugun hech kimga sir emas. Afsuski, bu masalada ota-onalari qatori yoshlarning ham ulushi koʻproq.

17:04 28.08.2019
Xalq davlatdan, avvalo, nimani istaydi? Ijtimoiy adolatni! Bu — har bir davrga, har bir jamiyatga xos

Oʻzimiz oʻzimizga xiyonat qilmasak, oʻzimiz oʻzimizni aldamasak, halol-pok boʻlib mehnat qilsak, men aminman, koʻzlagan barcha marralarimizga albatta yetamiz. Bu borada men avvalo koʻp sinovlardan yorugʻ yuz bilan oʻtgan olijanob xalqimizning mustahkam irodasi va bunyodkorlik salohiyatiga ishonaman.

14:20 19.08.2019
Vatanparvarlik — Hayotimizning maʼnaviy asosi

Marralar qanchalik baland olinmasin, loyihalar nechogʻli istiqbolli boʻlmasin, Vatanni sevadigan, chin yurakdan mehnat qiladigan fidoyi insonlarsiz ularni amalga oshirish imkonsiz.

12:09 16.08.2019
Toshkent viloyatidagi tarbiya koloniyasida bepul toʻgaraklar tashkil etildi

Hozirgi kunda yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular oʻrtasida jinoyatchilik sodir etilishining oldini olish dolzarb masalaga aylangan. Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklar avvalgi yillarga nisbatan kamaygan boʻlishiga qaramay, aynan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi Toshkent viloyatida oʻtgan yilgi koʻrsatkichlarni takrorlayotganligi bu hududda mazkur...

17:45 12.08.2019
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nomusga tegish, bosqinchilik va giyohvandlik jinoyatlari koʻpaygan

Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklar avvalgi yillarga nisbatan kamaygan boʻlishiga qaramay aynan tartibsizlik, oʻgʻirlik kabi turli huquqbuzarliklarning koʻpayib borishi keng jamoatchilik vakillarini sergaklikka chaqirmoqda.

17:29 25.07.2019
Tariximizni qaytarib bering! Abdullaxon II kim boʻlgan?

Yaqinda hamma narsaga qiziqaveradigan oʻgʻlim Bunyodbek, “Oqchopsoy suv inshootini nega “Abdullaxon bandi” deyishadi? Abdullaxon oʻzi kim boʻlgan?“ deb soʻrab qoldi.

12:11 24.07.2019
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Chaqaloqning oʻlimiga emlash sabab boʻlmagan

Sogʻliqni saqlash vazirligi 2019-yil 5-aprelda tugʻilgan M.N.ning oʻlimi yuzasidan dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, quyidagilarni maʼlum qiladi.

10:04 18.07.2019
Bizni qanday kelajak kutmoqda?.

Mamlakatimiz jadal olib borilayotgan islohotlar tufayli dunyo siyosiy xaritasidan munosib oʻrin egallab bormoqda.

12:48 16.07.2019
Koʻz koʻrgan muammolardan koʻz yumib yashash davri oʻtdi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti — kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz, qurilish materiallari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga malakali kadrlar yetkazib beruvchi yirik tayanch oliy oʻquv yurtlaridan biri.

17:40 09.07.2019
Bolalar endi jurnal oʻqimaydimi?

Ota-onalar bundan yarim yil avval farzandlari uchun bolalar nashrlariga obuna boʻlishgan edi. Ammo hanuzgacha ularning birorta sonini olishgani yoʻq.

11:51 04.07.2019
Hayotini oʻt oʻchirishga bagʻishlagan jasoratli inson

U kerak boʻlsa jonivorni qutqarish uchun ham yongʻin ichiga kirib boradi va eng hayratlanarlisi, olovdan umuman qoʻrqmaydi.

22:47 13.05.2019
“Zarafshan”mi yoki “Zarafshon”

Keksa avlod vakillari, oʻtgan asrning yetmishinchi, saksoninchi yillaridagi sobiq shoʻrolar davrida shov-shuvlarga sabab boʻlgan ikki voqeani yaxshi eslashadi.

13:35 10.05.2019
“Illatlardan ertaga emas, bugun voz kechish kerak!”

Til amaliyotidan uzoq boʻlgan “sof nazariyotchi”lar emas, balki ijodkorlar — shoir-yozuvchi, muharrir, tarjimonlar chinakam til fidoyilari ekanligini tarix isbotlagan. Shunday ekan, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi yuzasidan nazorat olib boruvchi maxsus inspeksiya mana shunday kishilardan tuzilmogʻi lozim.

07:35 16.02.2019
Jingʻilzorning ohi-nolasi

Hozir qishning ayni qirchillama vaqti. Bundan foydalangan ayrim “uddaburro”lar boʻsh vaqtni bekor oʻtkazmaslik maqsadida jingʻilzorlarga qiron keltirishni, shu orqali, oz boʻlsa-da, choʻntagini qappaytirib olishni niyat qilishgan.

09:24 09.02.2019
Prezident topshirigʻiga loqaydlik: Qorabayir otchilik majmuasi xoʻjakoʻrsinga qurilganmi?

Xabaringiz boʻlsa kerak, davlatimiz rahbarining 2017 yil fevralda Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirigʻiga binoan, Yakkabogʻ tumanida “Qorabayir otchilik majmuasi” davlat unitar korxonasi bunyod etildi. Ushbu zamonaviy ot zavodi oʻtgan yili foydalanishga topshirildi.

10:24 08.02.2019
Mutasaddilarning aybi bilan tibbiyot sohasidagi kamchiliklar barham topmayapti

Soʻnggi ikki yil mobaynida sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha 70 dan ortiq Farmon va qarorlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi. Natijada birgina Andijon viloyatida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligi 10 barobar ortdi. Biroq tizimda kamchiliklar ham yoʻq...

14:17 31.01.2019