Yapon kompaniyalari Oʻzbekiston gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha tenderda ishtirok etadi

Joriy yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi natijasiga koʻra mamlakatning “Itochu Corporation” va “Marubeni Corporation” kabi yetakchi kompaniyalari “Dispetcherlik markazi, monitoring va gaz infratuzilmasi obyektlarini boshqarishni (SCADA) joriy etish bilan Oʻzbekiston Respublikasida gaz uzatish tizimini modernizatsiyalash”...

15:14 17.10.2019
Zamini zar Surxon

Surxondaryo viloyati qulay agro iqlim sharoitiga ega hudud ekanligi bois yiliga 3-martagacha hosil olish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, ertapishar sabzavot, poliz va  subtropik mahsulotlar yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha katta tajriba orttirilgan. Shuning evaziga viloyatning eksport salohiyati ham ortib boryapti.

15:13 17.10.2019
“Metsenatlik toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 23-yalpi majlisida maʼqullangan “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi va kuchga kirdi.

15:03 17.10.2019
Namanganlik internet jurnalisti “Yuksalish” tanlovining gʻolibi

Bugun “Yuksalish” umummilliy harakati Namangan viloyati boʻlinmasi tomonidan “Yoshlar ovozi - muhim” muloqot tadbiri oʻtkazildi. Unda harakat faoliyatida kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarning ishtiroki kengayib borayotganiga alohida eʼtibor qaratildi. Masalan, harakat tashabbusi bilan “Oʻzbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlarini ilgari surish”...

13:58 17.10.2019
Eng yaxshi volontyorlar Moskvada oʻtkaziladigan Xalqaro volontyorlar forumiga yoʻl oladi

Bugungi kunda volontyorlik harakati dunyo boʻylab keng tarqalayotgan mashhur sohalardan biridir. Bunda volontyorlar jamiyat, insonlarning turli muammolari yechimiga, ularning hayoti har tomonlama yaxshilanishiga xizmat qiluvchi turli loyihalar ustida ish olib boradi. Volontyorlik harakati yoshlarning mustaqil fikrlashini va ijtimoiy masʼuliyatini oshiradi....

13:45 17.10.2019
Ishga joylashishda ingliz tilining ahamiyati qanday?

Britaniya Kengashi tomonidan “Oliy taʼlimda ingliz tilining oʻrni va bitiruvchilarni ish bilan taʼminlashga taʼsiri” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazildi. Tadbirda turli mamlakat oliygohlari vakillari, respublikamizda mavjud turli universitetlar rahbarlari, talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

11:33 17.10.2019
Shohimardon va Yordon eng gavjum turistik markazga aylanadi

Tabiat oʻz moʻjizalari bilan doimo insoniyatni hayratga solgan. Buni Shohimardon va Yordon qishloqlari misolida ham koʻrish mumkin. Ayni paytda bu joylarda oltin kuz hukmronlik qilmoqda. Togʻu toshlarda turfa ranglar jilolanib turibdi. Koʻz quvnab, koʻngil yayraydi... Shuning uchun ham goʻzallikka oshufta...

11:32 17.10.2019
Yangi imorat foydalanishga topshirildi

Nukusda zamonaviy kino-konsert zali foydalanishga topshirildi.

10:46 17.10.2019
XTV: maktab bitiruvchilari kamida uchta tilni bilishlari kerak

Xalq taʼlimi vazirligi fikriga koʻra, maktab bitiruvchilari kamida uchta tilni - davlat, rus va ingliz tillarini (yoki boshqa xorij tilini) puxta bilishi lozim.

14:19 16.10.2019
Kristofer Fort “Shum bola”ni ingliz tiliga tarjima qilmoqchi

1989-yil Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi mamlakat hayotida chinakam tarixiy ahamiyatga ega voqea boʻlgan edi. Mana shu qutlugʻ sanaga ham oʻttiz yil toʻlmoqda. Oʻtgan vaqt davomida oʻzbek tilining maqomini oshirish boʻyicha ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi.

12:01 16.10.2019
Integratsiya va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar

​​​​​​​Turkiy kengashning 7-sammiti ishtirokchilari, turkiy dunyo hamjamiyatini muhim sana – Turkiy davlatlar hamkorligi kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan bitimi qabul qilinganining 10 yilligi bilan tabriklash menga katta mamnuniyat bagʻishlaydi.

11:35 16.10.2019
Oʻzbekistonda Turizmni rivojlantirish instituti oʻz ishini boshladi

2019-yilning 10-oktyabr kuni Prezident Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Turizm oʻquv-konsalting markazi” davlat unitar korxonasi (DUK) bazasida tuzilgan Turizmni rivojlantirish instituti oʻz faoliyatini boshladi. Institut turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, ilm-fan va...

10:53 16.10.2019
Oʻzbekistonning Turkiy kengashga aʼzo boʻlishi – tabiiy va tarixiy jarayon

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 15-oktyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammiti boʻlib oʻtdi.

19:10 15.10.2019
Tibbiy xizmat sohasida Buxoro tajribasidan keng foydalanish tavsiya etildi

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasidagi ishlarning taʼsirchan parlament nazoratiga olinishi, tizim qonunchilik bazasining mustahkamlanayotgani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini taʼminlamoqda.Buxoroda aholiga birinchi tibbiy sanitariya yordami koʻrsatishni namunali tashkil etish borasidagi ishlar tahliliga bagʻishlab oʻtkazilgan respublika seminarida ana shu alohida taʼkidlandi.

10:07 14.10.2019
Fargʻona viloyati mamlakatimizda birinchi boʻlib paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi.

Viloyatda fermer xoʻjaliklari tomonidan238 ming 600 tonnadan ortiq paxta moʻl hosili yetishtirildi.

23:11 12.10.2019
“Adliya xodimi qanday ishlaydi?”

Davlat idoralari va tashkilotlarining ochiqligi hamda shaffofligini taʼminlash, shuningdek, Prezidentning besh tashabbusini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Adliya vazirligi anʼanaviy ochiq eshiklar kuni doirasida “Family day” loyihasini amalga oshirdi.

16:15 12.10.2019
Qarshida YEXHTning ekspertlari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi 

Qarshida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori ishtirokida vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakolatli shaxslari uchun xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilar bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi.

15:35 12.10.2019
Jerar Depardye Oʻzbekistonga kutilayotgan safarini intiqlik bilan kutmoqda

Parijda taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye ishtirokida film suratga olish masalalari muhokama qilindi.

14:37 12.10.2019
Poytaxtimizda ilk bor “Magic Tashkent” shou festivali tashkil etildi (Foto)

“Navroʻz” etnografik bogʻida Toshkent shahar hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Magic Tashkent” shou festivali boʻlib oʻtdi.

11:36 12.10.2019
“Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy” temir yoʻli quriladi

Transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Islohotlar va rivojlanish boʻyicha davlat qoʻmitasining Chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori oʻrinbosari Chjen Chiping boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy” temir yoʻl loyihasini amalga...

17:11 11.10.2019