Sholi hosili klasterning oʻzida qayta ishlanadi

“TCT Rice” masʼuliyati cheklangan jamiyatida yetishtirilgan bu yilgi sholi hosili klasterning oʻzida toʻliq qayta ishlanadi. Buning uchun Quyi Chirchiq tumanidagi “Surum” MFY hududida qiymati 14 milliard soʻmlik loyiha — “Sholini qayta ishlash va saqlash majmuasi” bunyod etildi.

17:52 06.10.2020
Qoʻshrabot tumanini “Qizil” hududdan chiqarish uchun qanday choralar belgilangan?

6-oktyabr kuni xalq deputatlari Qoʻshrabot tumani Kengashining navbatdagi, oʻn birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibiga “Qoʻshrabot tumanini 2020-2021-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish orqali “qizil” hududdan chiqarish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi masala deputatlar va jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

15:11 06.10.2020
Paxtachi tumani nega “qoniqarsiz” hududga tushib qoldi?

Birinchidan, 2019-yilda virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan takroriy murojaatlar soni 397 taga yetgan. Bu hududda istiqomat qiluvchi har ming kishidan 3 nafari murojaat qildi degani. Viloyatda eng oxirgi 16-oʻrinda.

11:41 06.10.2020
Samarqand tumanida yil yakuniga qadar qariyb 500 milliard soʻmlik investitsiya oʻzlashtirilib, 600 ga yaqin ish oʻrni yaratiladi

Tumanda joriy yilda qiymati 494,4 milliard soʻmlik 65 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida 600 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

09:24 06.10.2020
Namangan viloyatida tijorat banklari xodimlarining paxta yigʻim-terim mavsumida majburiy mehnatga jalb etilishi holati yuzasidan oʻrganish olib borildi

Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi tomonidan 2020-yil 30-sentyabr kuni Markaziy bankning Namangan viloyat boshqarmasida viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan majburiy mehnatning qatʼiy nazoratini taʼminlash boʻyicha Respublika ishchi guruhi tomonidan Markaziy bank Namangan viloyat bosh boshqarmasi hamda viloyat hududidagi tijorat banklari majburiy...

19:20 05.10.2020
Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi Yangiyoʻl tumaniga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi Yangiyoʻl tumanida paxta yigʻim-terimi mavsumida aholini majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini oʻrgandi. Bu haqida Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmat xabar qilmoqda.

19:03 03.10.2020
Toʻraqoʻrgʻon tumani Respublikada birinchi boʻlishi kerak — Senat Raisi

Avval xabar berilganidek, 2020-yil 2-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Namangan viloyati Toʻraqurgʻon tumaniga tashrif buyurib, 2020-2022-yillarda Toʻraqoʻrgʻon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

10:12 03.10.2020
Senat Raisi Toʻraqoʻrgʻon tumanida bir qator obyektlar faoliyati bilan tanishdi

2020-yil 2-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva 2020-2022-yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida Namangan viloyati Toʻraqurgʻon tumaniga tashrif buyurdi.

09:49 03.10.2020
Konimex tumanida boʻrdoqichilik kompleksi ish boshladi

Konimex tumani chorvachilikning qorakoʻlchilik yoʻnalishiga ixtisoslashgan hududlaridan biri. Soʻnggi yillar bozor konyukturasi hududda qorakoʻlchilik bilan birga boʻrdoqichilikka ham alohida eʼtibor qaratish, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari, komplekslar faoliyatini yoʻlga qoʻyishni ham taqozo etmoqda.

15:10 01.10.2020
Oʻqituvchi va murabbiylar – yangi Oʻzbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi 

22:04 30.09.2020
Terimchilar yaratilgan sharoitdan mamnunmi?

Ayni kunlarda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi Fargʻona viloyatida boʻlib, paxta yigʻim-terimi davomida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik hamda terimchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish yuzasidan mutasaddi...

21:35 30.09.2020
Tabiatga zarar yetkazganlik haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti beriladi

“Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

12:14 30.09.2020
Tadbirkorlik — iqtisodiy taraqqiyot mezoni, aholi turmush farovonligining kafolati. Aslida-chi?

Videoselektorda davlatimiz rahbari achchiq haqiqatni oʻrtaga tashladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimi joriy etilgan edi. Shunga muvofiq, birinchi marta tuman va shaharlardagi iqtisodiy koʻrsatkichlar, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish...

10:50 25.09.2020
Xorijga ishlash uchun ketgan 1242 nafar romitanlik uyiga qaytib keldi. Ularning bandligi taʼminlanyaptimi?

Romitan tumani «Qumrabod» mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Jasur Boboyev xorijga ishlagani ketgandi. Butun dunyoni tahlikaga solib turgan pandemiya davri boshlandi–yu koʻplar qatori bu yigit ham uyiga qaytishni lozim topdi. Oqibatda oilasi daromad manbaidan mahrum boʻlib qoldi.Tuzukroq ish topmasa, qora...

10:20 25.09.2020
Navoiyda qariyb 25 yillik tanaffusdan soʻng paxta terimida mashinalar ishlatilmoqda

Kecha tumandagi “Farhod” va “Ahmad Oʻroqov” fermer xoʻjaliklari dalalariga “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJda ishlab chiqarilgan “KEYS-220” rusumdagi terim mashinalari tushirilib, yigirma besh yillik tanaffusdan soʻng ilk bor bunkerlardan paxta toʻkildi.

08:50 25.09.2020
Senatorlar paxta terimi jarayonlarini oʻrganmoqdalar

2020-yilgi paxta yigʻim-terimi davomida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik hamda terimchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlash maqsadida har bir hudud boʻyicha senatorlar, Qonunchilik palatasi deputatlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, jurnalist...

17:20 24.09.2020
«Mikrokreditbank»: kichik biznesning doimiy hamkori

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish haqida gap ketganda, «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik tijorat banki faoliyati alohida tilga olinadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki aynan ushbu moliya muassasasining mikromoliyaviy xizmatlari tufayli joylarda koʻplab tadbirkorlik subyektlari paydo boʻlmoqda. Yangi ish oʻrinlari...

09:53 24.09.2020
Italiyadan Oʻzbekistonga ilk bora zaʼfaron piyozboshilari  joʻnatildi

Mamlakatimizning Italiyadagi elchixonasining xabariga koʻra, 64,5 tonna yuk ortilgan bir necha yuk mashinalaridan iborat avtokarvon Yevroosiyoning 7 davlati: Sloveniya, Vengriya, Polsha, Belarus, Rossiya va Qozogʻiston hududlari orqali 6 ming 800 kilometr masofani bosib oʻtib Oʻzbekistonga yetib keladi.

09:13 23.09.2020
Xorazmda qovundan tuzlama tayyorlanyapti

— Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun ajratilgan 7 gektar maydonda 125 xildagi qovun navlari boʻyicha tajribalar olib boryapmiz, – deydi Urganch davlat universiteti qovunchilik boʻlimi boshligʻi Sanjar Saʼdullayev. – Maqsadimiz Xorazm qovunlari dovrugʻini qayta tiklash, yoʻqolib borayotgan navlarni asrab, voha...

10:00 22.09.2020
Spiker oʻrinbosari Xorazm viloyatiga bordi. Natijalar qanday boʻldi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga bordi.

19:55 20.09.2020