Kusherboyev yuristlarga hokimlar qanday qaror chiqarsa “qonunga toʻgʻri keladi”, demasdan qonunga rioya etilishini taʼminlashi kerakligini eslatdi

Soʻnggi vaqtlarda hokimliklar yoki Xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari asosida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulklarni davlat va jamiyat ehtiyoji sifatida buzib tashlanishi holatlaridan norozi boʻlib murojaat qiluvchilar soni koʻpayib bormoqda, deya oʻz munosabatini bildirdi deputat Rasul Kusherboyev.

22:48 21.10.2020
Tadbir maʼnaviy barkamollik bayramiga bagʻishlandi

Yuqori Chirchiq tumanida Toshkent viloyati hokimligi mutasaddilari, tashkilot va muassasalar vakillari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, ziyolilar, taniqli yozuvchi va shoirlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

19:32 21.10.2020
Davlat byudjeti xalq manfaatiga xizmat qilishi kerak

Davlat amalga oshirayotgan islohotlarda eng katta sifat oʻzgarishlari byudjet tizimini zamon talablariga moslashtirishda koʻrinyapti, desak mubolagʻa boʻlmaydi. 2020-yil uchun Davlat byudjeti qonun sifatida qabul qilinishi, pandemiya sharoitiga qaramasdan, odamlar hayotida oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatdi.

17:20 21.10.2020
Ona tilimizning hayotbaxsh qudrati

Yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda mustahkam tayanchdir

16:46 21.10.2020
Jizzax viloyati hokimining hisoboti eshitildi

2020-yil yanvar-iyun oylarida 42 ta mahalliylashtirish loyihasi doirasida 235,6 mlrd. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz koʻrsatkichi 2,1 barobarga bajarilgan va 2 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan.

15:37 21.10.2020
Millatning oʻz tili bor ekan, demak, uning dunyoga aytar soʻzi ham bordir!

Har bir millatning mavjudligini, yashayotganini namoyon etadigan omillar boʻladi. Til ana shunday mavjudlik hodisasidir. Til shunchaki soʻzlashish vositasi emas, millat maʼnaviyati va madaniyatining toshoynasidir. Millatning oʻz tili bor ekan, demak, uning dunyoga aytar soʻzi ham bordir.

15:19 21.10.2020
Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi

Oliy Majlis yuqori palatasining oltinchi yalpi majlisida qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturasiga parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisida...

12:56 21.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari saylandi

Yalpi majlis kun tartibidan oʻrin olgan bir qator tashkiliy masalalar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosarini saylash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

10:33 21.10.2020
Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi

​​​​​​​Shavkat Mirziyoyev 20-oktyabr kuni Alixanov Boriy Batirovich va Umarov Nariman Madjitovichlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

10:11 21.10.2020
Andijon viloyatida aholini oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlash mexanizmi ishlab chiqildi

Sessiyada taʼkidlanganidek, viloyatda qariyb 3 mln. 140 ming nafar aholini tibbiy meʼyorlarda belgilangan, xavfsiz va yetarli oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlash uchun barcha choralar koʻrilmoqda. Xususan, aholining sabzavotlarga boʻlgan yillik ehtiyoji 364 ming tonnani tashkil etgani holda, yilning 9 oyida davomida...

21:57 20.10.2020
Parlament nazorati: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi

Bugun, 20-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Germaniyaning xalqaro huquqiy hamkorlik fondi hamkorligida “Parlament nazorati: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusiga bagʻishlangan onlayn seminar oʻtkazildi.

21:49 20.10.2020
Gʻijduvon shahrida umumiy qiymati 4,4 milliard soʻmga teng zamonaviy radarlar va kuzatuv kameralari oʻrnatiladi

Gʻijduvon shahri aholi gavjum, avtomashinalar serqatnov hududlardan sanaladi. Shundan kelib chiqib, shahar hududidagi toʻrtta serqatnov chorrahada hamda tumanga kirish va chiqish joylarida tezlikni oʻlchaydigan qoʻzgʻalmas radarlar, dehqon va buyum bozorlari oldida kameralar oʻrnatish hamda ushbu bozorlarda mavjud kuzatuv kameralarini Gʻijduvon...

18:51 20.10.2020
“Qatʼiy choralar qoʻllanayotgan bir vaqtda bir qator masʼullarning oʻzlari koronavirusni tarqatishga atayin yoʻl qoʻyib berishmoqda”

Koronavirus bilan qarshi kurashda aholini hushyorlikka chaqirib, karantin qoidalarini buzganlik uchun qatʼiy choralar qoʻllanayotgan bir vaqtda bir qator masʼullarning oʻzlari koronavirusni tarqatishga atayin yoʻl qoʻyib berishmoqda.

18:43 20.10.2020
“Mahalla” fondi “Darxon”lik oʻquvchi-yoshlarga badiiy kitoblar tarqatdi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan poytaxtimizning Darxon mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda fond respublika boshqaruvi masʼul xodimlari, mahalla faollari, xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatlari, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 64 maktab oʻquvchi-yoshlari hamda...

16:34 20.10.2020
Jamoat transportlarida qoʻlqop taqishni targʻib qilish — mantiqsizlik — B.Bekmurodov

— Transport vazirligi tomonidan joriy etilgan Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, marshrutka) xizmatidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy qoʻlqopda boʻlish tartibi jamoatchilik orasida bahslarga sabab boʻlmoqda.

16:22 20.10.2020
Tilning ofati — nutqning nomaʼqulligida

Til insoniyatning muloqot vositasi. U asosan odamlarning nutqida va yozuvlarda yashaydi. Demak, ommaviy chiqishlarda albatta nutqning adabiy normalar darajasida boʻlishiga erishish maqsadga muvofiq. Shevaga xos boʻlgan til vositalarini nutqqa oʻrinsiz olib kirish uni buzadi, albatta. Rosti, tilimizga beparvolik bor holat....

14:36 20.10.2020
“Til nomusi”ni qachon his qilamiz?

Tarix titaman: oʻtgan asr 30 yillarida arab tili va yozuvi goʻyo eskilik, madaniyatsizlik belgisi deb Oʻzbekistondan siqib chiqarilgan va oʻrniga lotin yozuvi kiritilgan. 40 yillarga kelib esa kirill alifbosi oʻrnatilgan. Millat alifbosi (yozuvi) qonun bilan oʻzgartirilganida qancha adabiyot va yozma...

14:32 20.10.2020
Fargʻonada narx-navo barqarorligi taʼminlanadimi? — viloyat hokimining hisoboti eshitildi

Ayni kunlarda Fargʻona viloyatida kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish, narx-navo barqarorligini taʼminlash borasida alohida chora-tadbirlar rejasi belgilangan.

12:14 20.10.2020
Zoyir Mirzayev 3 ta tuman hokimligiga rahmat aytdi. Ular goʻsht narxi oshmasligida koʻmak bermoqda

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashing navbatdagi sessiyasi boshlandi.

11:50 20.10.2020
Deputat koʻmagi bilan fargʻonalik ayol oʻz uyiga toʻliq egalik huquqini oldi

Manzuraxon Ergasheva Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi Yangiqoʻrgʻon mahallasida istiqomat qiladi. Ayol oʻzi yashayotgan xonadonni 1995-yilda Manzuraxon Nasriddinova ism-sharifli fuqarodan qonuniy yoʻl bilan sotib olgan. Oradan oʻtgan yillar davomida fuqaro M.Ergasheva mazkur uyda xotirjam yashab kelgan. Ammo xonadon sobiq egasining turmush...

11:31 20.10.2020