Cotton Campaign Oʻzbek paxtasiga “boykot”ni bekor qilishi mumkin

4 fevral kuni Bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligida Vashingtonga ishchi tashrifi bilan borgan delegatsiya Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlariga qarshi “boykot” tashabbuschisi Cotton Campaign xalqaro koalitsiyaning yigʻilishida ishtirok etdi.

16:42 18.02.2019
Toshkent davlat agrar universiteti Missisipi universiteti bilan hamkorlik qiladi

Oʻzbekiston delegatsiyasining Missisipi shtatiga qilgan tashrifi chogʻida Toshkent davlat agrar universiteti rektori AQSHdagi bir qator oliq oʻquv yurtlari rahbarlari, shuningdek, universitetlar faoliyatini boshqarish boʻyicha kengash vakillari bilan uchrashdi.

14:54 18.02.2019
Xitoyliklar Oʻzbekistonni yaqindan bilmoqda

Chop etilgan maqolada, soddalashtirilgan viza olish tartibining joriy etilishi va xavfsiz mamlakat sifatida eʼtirof etilgani turistlar oqimini oshishiga sabab sifatida taʼkidlab oʻtilgan.

16:31 16.02.2019
Mamlakatimiz delegatsiyasi Missisipida

Yaqinda Oʻzbekiston ishchi delegatsiyasi AQSHning Missisipi shtatida boʻldi. Uning tarkibidan parlament, Innovatsion rivojlanish, Qishloq xoʻjaligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirliklari, sanoat birlashmalari, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari joy oldi.

08:34 16.02.2019
Ombudsmanning 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitdilar.

06:28 16.02.2019
Toshkentda oʻzbek-turk tibbiyot forumi oʻtkaziladi

Turkiyaning Istanbul shahrida 12-14 fevral kunlari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bagʻishlangan oliy darajadagi vazirlar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

17:45 15.02.2019
Mashhur xolding “Oʻzbekiston” mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirmoqda

“Alshaya Group” xalqaro kompaniyalar guruhi mamlakatimizdagi bir qator obyektlar, jumladan, “Oʻzbekiston” mehmonxonasini xususiylashtirishga qiziqish bildirmoqda.

15:33 15.02.2019
Oʻzbekistonlik mutaxassislar klaster boʻyicha Rossiya tajribasini oʻrganishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining xodimlari klasterlar, texnoparklar va maxsus iqtisodiy zonalarni yaratish va faoliyatini boshqarish tajribasini oʻrganish maqsadida Rossiya Klasterlar va texnoparklar uyushmasida bir haftalik stajirovka oʻtab keldilar.

10:51 15.02.2019
JSST Yevropa mintaqaviy byurosining oliy darajadagi sessiyalarining biriga Oʻzbekiston rahbarlik qilmoqda

Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bagʻishlangan oliy darajadagi vazirlar yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

11:17 14.02.2019
Oʻzbekistonda Shvetsiya bilan nechta qoʻshma korxona ochilgan?

Bugun poytaxtimizda Oʻzbekiston va Shvetsiya ishbilarmonlari doiralari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi. Mazkur tadbir Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Business Sweden savdo hamda investitsiya kengashi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.

16:30 13.02.2019
Milliy gvardiya delegatsiyasi Ostankinoni qoʻriqlash tizimi bilan yaqindan tanishdi

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga toʻrt kunlik rasmiy safarini boshladi. Bu haqda “Parlamentskaya gazeta” manbasi Rosgvardiya rasmiy vakili general-mayor Valeriy Gribakinga asoslanib xabar berdi.

16:20 13.02.2019
Oʻzbekiston delegatsiyasi Myunxenda muhim konferensiyada ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kоmilov boshchiligidagi delegatsiyasi 2019-yil 13-16-fevral kunlari amaliy tashrif bilan Germaniyada boʻladi.

09:28 13.02.2019
Nyuton Oʻzbekistonda soʻnggi ikki yilda majburiy mehnatni yoʻq qilish boʻyicha sezilarli oʻsishga erishilganini eʼtirof etdi

Amerikalik ekspert Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga doimiy maslahatchi sifatida jalb etilishi mumkin. Bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining AQSH mehnat vaziri oʻrinbosari Marta Nyuton bilan yaqinda Vashingtonda boʻlib oʻtgan uchrashuvi chogʻida mazkur masala muhokama qilindi.

18:29 11.02.2019
Sentyabr oyidan MGIMOning Toshkent filiali oʻz faoliyatini boshlaydi

Yaqinda Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvaxitovning mamlakatimizga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan mazkur oliy taʼlim muassasasining prorektori Artyom Malgin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

17:08 11.02.2019
Oʻzbekiston delegatsiyasi Cotton Campaign majlisida ilk bor ishtirok etish uchun AQSHga tashrif buyurdi

Yaqinda Bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi har yili oʻtkaziladigan Cotton Campaign koalitsiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun AQSHga tashrif buyurdi.

10:40 09.02.2019
Joriy yildan Namanganda golland lolalari yetishtiriladi

Maʼlumki, golland lolalari beqiyos sifati va ajoyib goʻzalligi bilan dunyoda tan olingan. Oʻtgan asrlarda ushbu gulni sotib olishga har kimning ham qurbi yetavermagan. Uning bir bosh piyozchasiga pivo zavodini almashib yuborganlar ham boʻlgan.

09:35 09.02.2019
Oʻzbekiston ilk bor Berlin xalqaro kinofestivalida oʻz milliy paviloni bilan qatnashadi

Oʻzbekiston delegatsiyasi 7-15 fevral kunlari boʻlib oʻtadigan butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri boʻlgan Yevropa kinobozorida birinchi marta oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etadi.

15:31 06.02.2019
Xitoylik yoshlar Oʻzbekiston tarixi bilan tanishadi

“Ipak yoʻli” ­turizm xalqaro universitetida Xitoyning UNMCSR-SNC tashkiloti bosh kotibi Szyanbo Vu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv ­oʻtkazildi.

11:33 06.02.2019
Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikka oid “yoʻl xarita”lari ijrosi koʻrib chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Germaniya, Fransiya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qabul qilingan “yoʻl xarita”larini soʻzsiz ijro etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati...

19:45 04.02.2019
Xalqaro atom energiyasi agentligi AES qurilishida texnik va ekspert yordamini koʻrsatishga tayyor

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Vena shahrida Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Yukiya Amano bilan uchrashdi.

17:29 02.02.2019