Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi asosiy tadbirlari 19-dekabr kuni Tokioda boʻlib oʻtdi.

10:10 20.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Dubaydagi “Future Foresight” seminar-treningida ishtirok etdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va kelajak vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Future Foresight” trening-seminarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev boshchiligidagi 15 kishidan iborat delegatsiya BAAga tashrif buyurdi.

12:05 18.12.2019
Xalq taʼlimi mutasaddilarining Xitoyga tashrifidan qanday maqsadlar koʻzlangan?

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, vazirlik huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda nodavlat umumtaʼlim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi.

12:04 18.12.2019
YEXHT Parlament Assambleyasi Oʻzbekistonga ilk bor oʻz kuzatuvchilarini yuboradi

YEXHT Parlament Assambleyasi mamlakatimizda shu yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarni kuzatish uchun ilk bor kuzatuvchilarini yuborishga qaror qildi. 

11:35 18.12.2019
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish va boshqa innovatsion loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi

2020-yilga moʻljallangan qoʻshma tadbirlar “yoʻl xaritasi“ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

10:34 18.12.2019
Oʻzbekistonda Rossiyaning yana bir nufuzli universiteti filiali tashkil etilishi kutilmoqda

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori Nadejda Kaminina boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

18:23 17.12.2019
Senat Raisi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining yalpi majlisida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisining taklifiga binoan joriy yil 17-19-dekabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining toʻqqizinchi yalpi majlisida ishtirok etadi.

15:05 17.12.2019
Jahongir Ortiqxoʻjayev Nagoya shahri meri bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Toshkent shahrining hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Nagoya shahrida shahar meri Takashi Kavamura bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

11:10 17.12.2019
Oʻzbekiston Prezidentining Yaponiyaga tashrifi chogʻida qiymati 6,5 mlrd dollarlik 48 ta kelishuv va shartnomalar imzolanadi

16-dekabr kuni Tokio shahrida Oʻzbekiston-Yaponiya biznes-forumi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston tomonidan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari, Yaponiyadan esa ishbilarmon doiralar vakillari – yirik xoldinglar, moliyaviy tashkilotlar va koʻp tarmoqli sanoat korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda Investitsiyalar va...

16:06 16.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Malayziyaga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov va Bosh vazir oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 19-21-dekabr kunlari Malayziyaga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV xabar berdi.

15:19 16.12.2019
Rossiyaning Tomsk tumani 2020-yil Namanganda kartoshka urugʻchiligi boʻyicha yirik markazni ishga tushirmoqchi

Namangan viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Ayubxon Kamolov Rossiya Federatsiyasi Tomsk tumani rahbari Aleksandr Tereshenko bilan uchrashuv oʻtkazdi.

17:55 13.12.2019
“Lazgi” Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritildi

“Xorazm Lazgi raqsi” Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ roʻyxatiga Oʻzbekiston madaniy merosining elementi sifatida kiritildi.

10:09 13.12.2019
Sayyohlar va yurtdoshlarimiz qaysi transport turini maʼqul koʻradi?

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turizm va transport obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

16:16 12.12.2019
AQSH Davlat Departamenti delegatsiyasi Sirdaryoda boʻldi

AQSH Davlat Departamenti delegatsiyasi Sirdaryoda boʻldi

11:35 12.12.2019
Oʻzbekiston delegatsiyasi “Fukusima-1” AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni oʻrgandi

Oʻzbekiston delegatsiyasi yaqinda Yaponida safarda boʻlib, ushbu mamlakatning atom elektrostansiyalaridan foydalanish boʻyicha tajribasi, shuningdek “Fukusima-1” AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni oʻrgandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

15:12 09.12.2019
“Rotobo” kompaniyasi Namanganga yapon investitsiyalarini jalb etishda koʻmaklashadi

Yaponiyaning Rossiya hamda MDH davlatlari bilan savdo aloqalari uchun masʼul “Rotobo” kompaniyasi Namanganga yapon investitsiyasini jalb etishda faol ishtirok etadigan boʻldi. Bu haqda ayni paytda Tokioda boʻlib turgan Namangan viloyati delegatsiyasi rahbari – hokim oʻrinbosari Okibjon Inamov va kompaniya rahbari...

14:38 09.12.2019
Oʻzbekiston va Xitoy: Harbiy matbuot hamkorligi istiqbollari oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi podpolkovnik Bahrom Zulfiqorov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga (XXR) xizmat safarida boʻlib qaytdi.

12:21 09.12.2019
YETTB tomonidan bugungi kungacha Oʻzbekiston iqtisodiyot sektorlariga 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritildi

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori, Qonunchilik palatasi deputati Eldor Tulyakov shu kunlarda rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyada boʻlib turibdi.

17:04 06.12.2019
Dushanbe shahri raisi Rustami Emomali birgalikda futbolni rivojlantirishni taklif qildi. Unga 7-raqamli futbolka sovgʻa qilindi

Dushanbe shahri raisi Rustami Emomali tashrifning ikkinchi kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan “Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik” MCHJga qarashli boʻlgan Issiqxona majmuasi bilan tanishdi.

14:17 04.12.2019
YEXHT DIIHB kuzatuvchilari missiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-yil 3-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Kayetana De Zuluyeta Outram boshchiligidagi YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi kuzatuvchilari missiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

10:15 04.12.2019