Turkmaniston prezidenti bilan uchrashuv

2019-yilning 16-avgust kuni vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuahamedov tomonidan qabul qilindi.

13:49 17.08.2019
Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri Fargʻonaga investitsiya kiritmoqchi

16-avgust kuni Fargʻona viloyati hokimi, Oliy Majlis senati azosi Shuhrat Gʻaniyev Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan Hebei Weigeng International Import&Export company bosh direktori Vang Ziyao Lin honim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Delegatsiya tarkibida logistika kompaniyasi direktori Vang Yang hamda halqaro aloqalar...

17:01 16.08.2019
Qibray tumanida Oʻzbekiston-Koreya farmatsevtika klasteri tashkil etilishi mumkin

Oʻzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasida boʻlib turibdi. Tashrif doirasida hayurtlarimiz Seul shahri mezbonlik qilgan Farmatsevtika sohasi boʻyicha Koreya-Oʻzbekiston biznes forumida ishtirok etdi. Shuningdek, qator rasmiy uchrashuvlar va muzokaralar tashkil etildi.

12:17 16.08.2019
Oʻzbekistonlik yoshlar “Eurasia Global” xalqaro yoshlar forumida oʻz loyihalari bilan ishtirok etyapti

Rossiya Federatsiyasining Yoshlar masalalari boʻyicha Federal agentligi tomonidan 12-18-avgust kunlari Orenburg shahrida “Eurasia Global” xalqaro yoshlar forumi oʻtkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan 800 nafar yoshlarning 500 nafarini Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Latviya, Hindiston, Pokiston, Yaponiya, Eron Turkiya, Avstraliya, Ispaniya, Xitoy, Armaniston, Ozarbayjon...

10:24 16.08.2019
Oliy Majlis delegatsiyasi Bundestag faoliyati bilan tanishmoqda

Senatorlar va Qonunchilik palatasi deputatlari, parlament palatalari devonlari xodimlaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi Germaniyaning parlament nazorati tajribasini va parlament qonun ijodkorligi faoliyatini oʻrganish maqsadida Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.

11:03 15.08.2019
Oʻzbekiston va Germaniya kompaniyalari ishtirokida V2V formatidagi kooperatsion birja oʻtkazildi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan birgalikda 2019-yil 13-16-avgust kunlari Germaniya Federal Respublikasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etdi.

18:15 14.08.2019
Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Lisyun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

09:42 14.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

Turkmanboshi shahrida oʻtayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

09:45 13.08.2019
Oʻzbekiston Hindistonga yalpiz va yana 28 xil qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qiladi

Yaqinda Hindiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va fermerlar farovonligi vazirligida uchrashuv tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi I.Ergashev rahbarligidagi delegatsiya hamda Hindiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi davlat vaziri P.Rupala oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

01:08 13.08.2019
AQSHdagi Xalqaro respublika instituti parlament saylovlariga kuzatuvchilar yuboradi

Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida Xalqaro respublika instituti(IRI)ning Yevroosiyo mamlakatlari boʻyicha boʻlimi direktori Stefan Niks va ushbu muassasa vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

14:01 09.08.2019
AQSH-Xitoy savdo urushi kuchaymoqdami?

5-avgust kuni AQSH qimmatbaho qogʻozlar bozorlarida narxlar dekabr oyidan beri ilk bor keskin tushib ketganidan soʻng bir kun oʻtib vaziyat biroz barqarorlashdi, deb xabar berdi “Amerika ovozi”.

10:51 09.08.2019
“JASLIQ” koloniyasining yopilishi sezilarli oʻzgarishlardan darak beruvchi muhim hodisadir»

Maʼlumki, shu yil 2-avgust kuni davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpogʻiston IIVga qarashli 19-sonli ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining (“Jasliq” koloniyasi) tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 1999-yilda Qoʻngʻirot tumanining Jasliq qoʻrgʻonida qurilgan muassasaning yopilishi nafaqat mamlakatimiz siyosiy hayoti, balki jahon hamjamiyati oldida...

16:26 08.08.2019
“Tolibon” delegatsiyasi Oʻzbekistonga nega keldi?

Bugun, 8-avgust kuni mulla Abdulgʻani Bardar boshchiligidagi “Tolibon” delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda “Tolibon”ning Dohadagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Suhayl Shaxin maʼlum qildi, deb yozadi kun.uz.

15:56 08.08.2019
Hamkorlikning yangi odimlari...

Xabaringiz bor Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida hamkorlik masalalariga bugun federatsiya alohida eʼtibor qaratmoqda.

15:42 08.08.2019
Oliy Majlis Senati Raisi Janubiy Koreyada BMTning sobiq Bosh kotibi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Koreya Milliy Assambleyasi Spikerining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Koreya Respublikasida boʻlib turibdi, deb xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.

11:20 07.08.2019
Qarshida Misr bilan hamkorlikda gepatit S kasalligiga qarshi dori vositalari ishlab chiqariladi

Shu kunlarda Misr davlatining bir qator nufuzli kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Qarshi shahrida mehmon boʻlib turibdi, deb xabar berdi viloyat muxbirimiz Ahad Ahad Muhamadiyev.

09:27 07.08.2019
Termiz shahriga Xitoydan zamonaviy avtobuslar olib kelinadi

Aholiga transport xizmati koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun Termiz shahriga Xitoydan zamonaviy avtobuslar olib kelinadi. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Alisher Amirov, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev va boshqa masʼullar Xitoy Xalq Respublikasining Szyansu provinsiyasiga tashrif buyurishdi.

16:27 06.08.2019
Minsk shahrida I Belarus – Oʻzbekiston yoshlar IT forumi ish boshladi

Joriy yilning 5-9-avgust kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida I Belarus – Oʻzbekiston yoshlar IT forumi boʻlib oʻtmoqda. Loyiha dasturi toʻrtta sessiyadan iborat boʻlib, unda sohadagi yetakchi mutaxassislar ishtirokidagi oʻquv mashgʻulotlari, yangi texnologiyalar namoyishi, muloqot bahslari oʻtkaziladi.

15:19 06.08.2019
Rossiya sifat nazorati (Roskachestvo) bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Avval xabar berganimizdek, Rossiya sifat nazorati (Roskachestvo)ning taklifiga asosan, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda “Oʻzstandart” agentligi rahbar va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida boʻlib turibdi.

11:44 06.08.2019
Oliy darajadagi Oʻzbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashi ilk yigʻilishi Anqarada boʻlib oʻtadi. Unga har ikki davlat rahbarlari raislik qiladi

2019-yilning 5-avgust Anqara shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻlu raisligida Qoʻshma strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

11:40 06.08.2019