Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Malayziyaga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov va Bosh vazir oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 19-21-dekabr kunlari Malayziyaga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV xabar berdi.

15:19 16.12.2019
AQSH va Kanadada nima gaplar? Yoxud hamyurtlarimiz muddatidan oldin ovoz berish uchun qariyb 4 ming kilometrdan yetib kelishdi

Kuni kecha AQSHning Atlanta shahri(Jorjiya shtati)da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlarida muddatidan oldin ovoz berildi. Bu haqda mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi xabar berdi.

14:55 16.12.2019
AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi AnDUda taʼlim dasturlari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi

Andijon davlat universitetida AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda “Education USA” maslahat markazi vakillari hamkorligida talabalar bilan AQSHda tahsil olish boʻyicha taʼlim dasturlari boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.

11:56 16.12.2019
Oʻzbekistonliklar parranda zavodida ommaviy ish tashlashgani tasdiqlandi

Mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik boʻlimi 2019-yil 11-dekabr kuni Yaroslav viloyati Ribinsk tumanida joylashgan “Yaroslavskiy broyler” AJda ishlaydigan 75 nafar Oʻzbekiston fuqarolari ish beruvchi bilan oʻrtalarida kelib chiqqan mojaro sabab mazkur korxonadan chiqib ketgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

12:37 15.12.2019
Oʻzbekiston-Yaponiya: strategik sheriklikning yangi bosqichi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi mamlakatlarimiz oʻrtasida soʻnggi yillarda izchil rivoj topayotgan munosabatlarni yangi bosqichga koʻtaradi.

16:15 14.12.2019
Urush yillarida 50 ming rubl miqdoridagi mukofot pulini davlat Mudofaa fondiga bergan mashhur oʻzbek bastakori haqida bilasizmi?

1912-yil yozining dastlabkida koʻhna Buxoroda istiqomat qiluvchi Ashrafjon Hofiz xonadonida chaqaloq yigʻisi eshitildi.Tabiatan musiqaga, adabiyotga oshno xonadon sohibi “Ilohim, bolam ulgʻayib, izimdan borsin. Yoqqan chirogʻim oʻchmasin. Sanʼatkor boʻlib yetishsin.El koʻnglidan joy olsin”, deya niyat qiladi.

16:03 13.12.2019
Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan koʻra samarali vosita yoʻq

Shu bois Konstitutsiyamizni ardoqlaymiz, ulugʻlaymiz, oʻrganamiz.

16:16 07.12.2019
Amerika ertak va afsonalari oʻzbek tilida chop etildi

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi oʻzbekistonlik hamkorlari bilan “Amerika ertak va afsonalari” kitobini oʻzbek tilida chop ettirdi. Rangli rasmlar bilan bezatilgan ushbu kitobga hayvonlar, qushlar va koʻplab boshqa qiziqarli personajlar haqidagi 60 dan ortiq kichik hikoyalar kiritilgan boʻlib, ular www.americanfolklore.net saytidan olingan....

16:06 04.12.2019
Xorijda ochilgan saylov uchastkalari faoliyati qoniqarlimi?

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chet davlatlarda ochilgan saylov uchastkalari faoliyatini qonunchilik talabiga binoan tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bu xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning saylovga oid konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqarishda muhimdir.

10:14 04.12.2019
Oʻzbekistonda “Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi 16 kun” tadbiri tashkil etildi

Bugun USAIDning Oʻzbekistonda sud-huquq sohasini isloh qilish dasturi tomonidan xalqaro maydonda nishonlab kelinayotgan “Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi 16 kun” tadbiri mamlakatimizda ham tashkil etildi.

18:09 02.12.2019
TIV Kanadada aviahalokatga uchragan asli oʻzbekistonlik boʻlgan fuqarolar haqida maʼlumot berdi

Oʻzbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, 2019-yil 27-noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida asli oʻzbekistonliklarni tashiyotgan samolyot halokati sodir boʻlgan joy tegishli tuzilmalar tomonidan toʻliq oʻrganib chiqilgan, samolyotning barcha parchalari puxta tahlil qilish uchun Toronto shahridagi maxsus tekshiruv markaziga yetkazilgan.

17:47 02.12.2019
TIV Kanadadagi samolyot halokatida oʻzbekistonliklar vafot etganini tasdiqladi

Elchixona tomonidan koʻrilgan shoshilinch choralar, jumladan, Kinston shahri politsiyasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan.

11:16 29.11.2019
“Ekspress-salomatlik”: Oʻzbekiston va Xitoy mutaxassislari ishtirokida 120 dan ortiq jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtdi

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik nafaqat iqtisodiy sohalarda, balki ijtimoiy loyihalarda ham oʻz aksini topmoqda. Yaqinda Samarqandda hozirga qadar 120 nafar kam taʼminlangan oila aʼzolarining koʻzlariga qayta nur bagʻishlagan loyihaning hayotga tatbiq etilishi ham aynan ana shu hamkorlik natijasidir.

09:26 29.11.2019
Rossiyada Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir boʻlgani tasdiqlandi

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir boʻlgani tasdiqlandi

13:25 26.11.2019
Richard Viz: “Koʻplab amerikaliklar Oʻzbekistonni borib koʻrishlarini va bu goʻzal diyorning boy tarixiy-madaniy merosi haqidagi bilimlarini boyitishlarini istayman hamda buni qoʻllab-quvvatlayman”

Yaqinda Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Xalqaro tadqiqotchilar klubiga aʼzo 160 nafar yetakchi tadqiqotchi hamda olim ishtirokida brifing oʻtkazildi.

12:38 25.11.2019
Samarqanddagi investitsiya forumida 1,7 milliard AQSH dollarilik 234 ta kelishuv imzolandi

Yaqinda Samarqandda oʻtkazilgan “Invest in Samarkand” I xalqaro investitsiya forumi va viloyat ishlab chiqaruvchilarining “Made in Samarkand” milliy koʻrgazmasida dunyoning 31 mamlakatidan 310 dan ortiq investorlar, hukumat aʼzolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari, savdo-sanoat palatalari, bank, turistik tashkilotlar,...

11:35 25.11.2019
Salonida 55 nafar hamyurtimiz boʻlgan avtobus qahraton tufayli yoʻlda buzilib qoldi

Mamlakatimizning Aqtau shahridagi (Qozogʻiston) Bosh konsulxonasi 2019-yil 20-noyabr kuni Samara-Chimkent yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan va ichida 57 nafar odam, jumladan, 55 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan avtobus Aqtobe viloyati Xromtau tumani hududida texnik nosozlik tufayli toʻxtab qolgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan maʼlumotni tasdiqladi....

12:20 22.11.2019
Garvardda Oʻzbekistonning investitsiyaviy va sayyohlik salohiyati taqdim qilindi

Tadbirda “Garvard klubi”ning yuzdan ortiq aʼzolari, xususan, yetakchi davlat arboblari, xalqaro tashkilotlar va Amerikaning yirik kompaniyalari vakillari va AQSH tadqiqot institutlari professorlari qatnashdi.

19:10 19.11.2019
AQSH kompaniyalari Oʻzbekistonda biznes faoliyatini yoʻlga qoʻyishga qiziqish bilan qarayapti

Tashrif davomida Missisipi shtatining qishloq xoʻjaligi va savdo masalalari boʻyicha komissari Endi Gibson, Klinton shahri meri Fil Fisher, “Continental Tires”, “Msneely”, “Taylor Power Systems” kabi kompaniyalar, shuningdek, Missisipi kolleji va boshqa taʼlim muassasalarida uchrashuvlar oʻtkazildi.

17:27 19.11.2019
Yaponiya elchixonasi Isʼhoqxon ibrat maktabida yapon tilini oʻrgatish markazi tashkil etish taklifini bildirdi

Oʻtgan shanba kuni Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Kun chiqar mamlakat elchisining maslahatchisi Suda Asushi boshchiligidagi delegatsiya tashrif chogʻida Turaqoʻrgʻon tumanidagi Isxoqxon Ibrat nomli tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib,ilm maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

09:53 11.11.2019