Berlin davlat kutubxonasida 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Anjumanda mamlakatimizda oʻzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatida mavqeini yana-da mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot taqdim etildi. Shuningdek, oʻzbek tili bugungi kunda nafaqat Oʻzbekiston, balki koʻplab xorijiy davlatlar oliy oʻquv yurtlarida, jumladan Berlindagi Gumbold nomli universitetda ham...

16:20 17.10.2020
Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari tayyorlanadi

Joriy yilning 16-oktyabr kuni Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi shafeligida Toshkent davlat transport universiteti va Yevropa aviatsiya sohasidagi eng yirik oʻquv yurti hisoblangan Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de lʼaviation civile) oʻrtasida Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi uchun mutaxassislarni tayyorlash...

13:38 17.10.2020
Koreya Oʻzbekistondan kirib keluvchi fuqarolarga nisbatan karantin choralarini kuchaytirdi

Janubiy Koreya Hukumati Oʻzbekistondan mamlakatga kirib borayotganlar uchun karantin choralarini kuchaytirdi. Shuningdek, ushbu choralarga rioya qilishda faol hamkorlikka chaqirdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi maʼlum qildi.

10:28 16.10.2020
BAA koronavirusga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami taqdim etdi

Birlashgan Arab Amirliklari Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadlari uchun 7 tonna insonparvarlik yordami koʻrsatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

16:38 15.10.2020
Parij shahrida milliy taomlar restoranlarini ochgan yurtdoshimiz ona-shahri Buxoroda turistik axborot markazi barpo etdi

Buxoroda tugʻilib oʻsgan va taqdir taqozasi bilan Fransiyada oʻqib, biznes sohasida oliy taʼlim olgan Saidjon Maqsudov koʻhna shaharda turistik axborot markazi ochish tashabbuskori boʻldi. Uning bundan bir yil muqaddam tayyorlagan biznes loyihasi nihoyat toʻla-toʻkis amalga oshdi. Buxoroning eski shahar qismida...

17:47 14.10.2020
Buyuk Britaniya bozoriga Oʻzbekistonda yetishtirilgan 20 tonna “Torpedo” navli qovun yetkazib berildi

Nafaqat Buyuk Britaniya, balki Yevropadagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotuviga ixtisoslashgan, umumiy maydoni 13 gektarni egallagan “New Spitalfields Market” ulgurji bozoriga Oʻzbekistonda yetishtirilgan 20 tonna «Torpedo» navli qovun yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

17:56 13.10.2020
XIII asrga oid oʻgʻirlangan koshinlar Britaniya muzeyi koʻmagida Oʻzbekistonga qaytariladi

Bugungi kunga qadar Oʻzbekiston hududida 8208 ta arxeologik joy, meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolar aniqlangan. Ushbu obyektlar diqqat bilan oʻrganishni, ommalashtirishni va ularning haqiqiyligini saqlab qolinishini talab qiladi. Yana bir muhim vazifa - eksponatlarni mamlakat hududidan noqonuniy olib oʻtilishining...

14:10 12.10.2020
Buyuk Britaniyada Mirzo Ulugʻbek nomidagi universitet tashkil etish rejalashtirilmoqda

2017-yilda Manchester shahrida tashkil etilgan Ibn Sino va Moturidiy nomidagi kollejlar hadisshunoslik, islom huquqshunosligi va anʼanaviy tibbiyot sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan notijorat tashkilotlardir. Shuningdek, kollej mutaxassislari din tarixi, qadimgi qoʻlyozmalarni oʻrganish, muqaddas yozuvlarni tahlil qilish, fiqh va islom moliyasi yoʻnalishlarida tadqiqotlar...

18:17 09.10.2020
Janubiy Koreyaga 14 nafar fuqaro joʻnab ketdi

Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat taʼtili olib Oʻzbekistonga kelgan koʻplab fuqarolar pandemiya sababli mamlakatlar oʻrtasida aviaqatnovlarning vaqtincha toʻxtatilishi oqibatida ish joyiga qaytib keta olmayotgan edi.

16:35 09.10.2020
Jerar Depardye ishtirokidagi «Mening oʻzbekcha orzuim» hujjatli filmining premyerasi boʻlib oʻtdi

Filmni tayyorlash jarayonida elchixona tomonidan Turizm davlat qoʻmitasi koʻmagida 2019-yil fransuz ijodiy guruhining Oʻzbekistonga ikki marotaba safari uyushtirildi. “B-Tween” kompaniyasi, “Paris Première” telekanali, shuningdek, oʻz oldiga “fransuz teletomoshabinlari uchun Oʻzbekistonning oʻrganilmagan yangi qirralarini ochib berish” vazifasini qoʻygan Jerar Depardye bilan...

09:47 09.10.2020
"Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi xabga aylantirish uchun imkoniyatlar yetarli"

Respublika oliy taʼlim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy taʼlim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish doirasida mamlakatimizning Hindistondagi Elchixonasi va “People Hive LLC” kompaniyasi raisi Pavan Abraxam oʻrtasida videomuloqot oʻtkazildi.

09:31 08.10.2020
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi investitsion hamkorlik va oʻzaro savdo munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida mamlakatimizning Dehli shahridagi Elchixonasi tomonidan Hindistonning Kalkutta shahrida joylashgan “MLD Group” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Manish Dalmiya bilan videokonferensiya formatida muloqot oʻtkazildi.

09:29 07.10.2020
Prezident Farmoni bilan Qohira universiteti dekani “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlanishi Misr matbuotida keng yoritildi

Xususan, Misrning rasmiy “MENA” axborot agentligi chop etgan maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bilan har tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalarni roʻyobga chiqarishdagi amaliy koʻmagi, xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro bir-birini anglash va qoʻllab-quvvatlash tamoyillarini mustahkamlash,...

13:06 05.10.2020
Xitoy kompaniyalarining Oʻzbekiston quritilgan mevalariga qiziqishi ortmoqda

Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida “Beijing GOKO Investment Management Co., LTD” kompaniyasi bosh menejeri Xu Ning bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

17:58 30.09.2020
Abxaziyada boʻlib turgan 400 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolaridan Vatanga qaytishda koʻmak berish toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi axborotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi va Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasiga Abxaziya hududida boʻlib turgan 400 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolarining Vatanga qaytishda koʻmak berish toʻgʻrisidagi murojaatlari kelib tushdi.

17:39 30.09.2020
Germaniya savdo rastalarida oʻzbek pomidorlari sotilmoqda, navbat esa — anor va xurmoga

Pomidor Germaniyada sevib, isteʼmol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi. Maʼlumotlarga koʻra, 2019-yil mamlakatda 2,2 million tonnadan ortiq pomidor sotilgan. Ushbu mahsulotning importi 710 ming tonnani tashkil etgan va, asosan, Niderlandiya, Ispaniya, Belgiya, Marokash kabi mamlakatlardan keltirilgan.

18:28 29.09.2020
“Yuksalish” koronavirus tarqalishining oʻchoqlari, uyda davolanayotganlar, vafot etganlar aniq soni koʻrsatilgan kunlik hisobot eʼlon qilishni talab qildi

Oʻzbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlanganiga olti oydan koʻproq vaqt oʻtdi. Bu davr mobaynida Hukumat tomonidan sogʻliqni saqlash tizimi tayyorgarlik koʻrishi uchun ikki marta qatʼiy karantin cheklovlari joriy etildi, tibbiyot muassasalari tezkorlik bilan ishga tushirildi, jarayonga tibbiyot...

15:23 29.09.2020
Oʻzbekiston delegatsiyasi MAGATE bosh konferensiyasida ishtirok etdi

MAGATE Bosh konferensiyasining 64-sessiyasi Avstriya poytaxtida oʻz ishini yakunladi. Bu galgi tadbir gibrid formatda – delegatlarning bevosita ishtiroki va videomurojaatlar shaklida oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

09:45 29.09.2020
Rossiyadan yana 17 nafar murakkab vaziyatda qolgan fuqaro olib kelindi

Taʼkidlash joiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi koʻmagida olib kelingan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar toifasiga kiradi.

09:28 25.09.2020