Sogʻliqni saqlash vazirligi: Tibbiy madaniyat shifokorga nisbatan munosabatdan boshlanadi

Dunyoda Yaratgan tomonidan ato etilgan ikkita kasb bor: birinchisi — oʻqituvchilik, ikkinchisi — shifokorlikdir. Oʻzining olijanob kasbiga sodiq shifokor har kuni barchamizga oliy insonparvarlik maqsadlariga xolis xizmat qilishning yorqin namunasini koʻrsatadi.

17:54 10.06.2019
Shu yilning 5 oyida tez tibbiy yordamga 4 milliondan ortiq murojaat boʻlgan

Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus sanitar avtotransport parki qariyb 1500 ta yangi avtomashinalarni xarid qilish evaziga batamom yangilanib, ularning umumiy soni 2400 ga yetkazildi.

17:44 10.06.2019
Sogʻliqni saqlash vazirligi aholini jaziramadan saqlanishi uchun tavsiyalar berdi

Oʻlkamizga jazirama yoz fasli kirib kelmoqda. Maʼlumki, bu faslda havo harorati keskin koʻtarilib, inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shunday vaziyatlarda insonlar salqin joyda hordiq chiqarishadi, oftob urmasligi uchun turli usullarni qoʻllay boshlashadi.

18:03 29.05.2019
Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi hamshiralari aniqlandi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Hamshira – 2019” respublika koʻrik-tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi. Anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan mazkur tanlov Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Respublika Hamshiralar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

15:33 15.05.2019
Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻrta Chirchiqdagi yoʻl transport hodisasi boʻyicha bayonot berdi

Joriy yil 29 aprel kuni soat 01:44da Oʻrta Chirchiq tumani hududidan oʻtuvchi 4R20 avtomobil yoʻlining 6-kilometrida “Mersedes-bens” rusumli avtobus yoʻldan chiqib ketib, avtohalokatga uchragan.

17:29 29.04.2019
Aviatsiya yordamida bir inson hayoti saqlab qolindi

Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan xabar qilishlaricha Dehqonobod tumani Oqqishloq qishlogʻida yuz bergan avariya oqibatida jabrlangan fuqaroning hayoti aviatsiya yordamida qutqarib qolindi.

18:55 26.04.2019
Prezident “Huawei” kompaniyasining Innovatsiyalar markazida boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida 25 aprel kuni “Huawei” kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi.

12:34 25.04.2019
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Qozogʻistonda halokatga uchragan har bir bemor sogʻligʻi alohida nazoratga olindi

20 aprel kuni tonggi soat 05:09da Qozogʻistonning Jambil viloyati Korday tumanidagi “Chimkent- Olma-ota” trassasining 181 kilometrida avtobus ishtirokida yoʻl – transport hodisasi roʻy bergan edi.

13:19 21.04.2019
Koreya Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot vaziriga faxriy professor unvoni berildi

Alisher Shadmanov va Koreya Respublikasi Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot vaziri Pak Ning Xu oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

15:59 20.04.2019
AQSH kompaniyasi Oʻzbekistonda shoshilinch tibbiy yordam markazlarini ochadi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Alisher Abdualiyev AQSHning US Inc kompaniyasi moliyaviy direktori hamda hammuassisi Mark Uinter bilan muzokaralar olib bordi.

18:00 27.03.2019
Fargʻonada rentgen apparatlari ishlab chiqarilmoqda

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ish boshlagan “LISTEM-FERGANA” masʼuliyati cheklangan jamiyati bugun tibbiyot uchun zarur boʻlgan 8 turdagi rentgen asbob-uskunalari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

13:12 16.03.2019
“Adolatning eshigi qayerda?” deydi termizlik fuqaro Xalil ota Eshquvvatov

Ana xolos... Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgunga qadar sogʻligʻidan aslo shikoyat qilmagan Xoshboqov Togʻaymurod avariya oqibatida olgan jarohati tufayli viloyat hamda respublika shifoxonalarida muntazam davolangan. Buni tasdiqlovchi hujjatlar ham mavjud.

20:06 27.02.2019
Andijondagi poliklinikada yuz bergan portlashda jabrlangan oʻquvchilarning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda

Jamoatchi muxbirimiz Umidjon Mamarasulov voqea joyiga borib, vaziyatni yaqindan oʻrgandi, jabrlanganlar, guvohlar hamda mutasaddilar bilan suhbatlashdi.

19:46 26.02.2019
Andijondagi poliklinikada isitish qozoni portladi. Vazirlik bayonot berdi

Bugun, 26 fevral kuni soat 10:26da Andijon shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi “Issiqlik manbai” AJga qarashli isitish qozonining portlashi yuz berdi.

15:02 26.02.2019
Germaniyada Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazildi

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “Oʻzbekistonda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash uchun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish” loyihasida ishtirok etmoqda.

16:44 19.02.2019
Sogʻliqni saqlash vaziri: Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish maqsadida 1450 ta yangi avtotransport xarid qilindi

Tez tibbiy yordam xizmatini dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash uch barobarga oshdi. Yaʼni, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 soʻm miqdorida belgilandi. Bu koʻrsatkich 2016 yilda 748 soʻmni, 2017 yilda 1627 soʻmni tashkil etardi.

12:04 31.12.2018
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Tez tibbiy yordam xizmatiga aviatsiya texnikasi joriy etiladi

Bugun yoʻllarimizda tez-tez koʻzga tashlanayotgan “Hyundai”, “Nissan” va “Toyota” rusumli zamonaviy reanimobillarni koʻrgan har bir inson oʻzi va yaqinlari sogʻligʻi davlatimizning mustahkam himoyasida ekaniga ishonchi ortadi.

16:32 23.11.2018