XTV maktab formasi boʻyicha ota-onalarga murojaat bilan chiqdi

Unda, jumladan, shunday deyiladi: "Soʻnggi kunlarda turli xil ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin munozaralarga sabab boʻlayotgan davlat umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun yangi oʻquv yilida kiyishi lozim boʻlgan maktab formasi xususida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

14:59 30.08.2019
Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ilk sertifikatlarni topshirdi

27-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida boshlangʻich taʼlim oldidan majburiy yillik maktabgacha tayyorlovdan oʻtgan bolalarga ilk guvohnomalarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Maktabgacha taʼlim vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi Shahnoza Mirziyoyeva va Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev ishtrok etdi, deb xabar...

17:36 28.08.2019
2019-2020 oʻquv yilida umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida intellektual oʻyinlarni oʻtkazish tizimi takomillashtiriladi

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2019-2020 oʻquv yilidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida (har bir hududda bittadan) jami 14 ta umumtaʼlim maktabi “Munozara” klublari faoliyati takomillashtiriladi.

15:20 27.08.2019
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida imtihon topshirgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21-26-avgust kunlari atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablarida (shuningdek, ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari va maktab-internatlarida) Davlat test markazi tomonidan 2019-2020 oʻquv yili uchun saralash test sinovlari oʻtkazildi.

12:39 27.08.2019
Prezident maktablariga kira olmagan nomzodlar qaysi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olishi mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qoʻshma qarori bilan Prezident maktablarining asosiy imtihonlarida ishtirok etgan, yuqori ball yigʻib, oʻqishga qabul qilinmagan nomzodlarni imtihonsiz, qoʻshimcha kvota asosida qabul qiluvchi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqladi.

10:48 26.08.2019
Toshkentda 100 million dollar investitsiya hisobiga “Singapur taʼlim shahri” quriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Singapurning Kinder World International Group kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi uchta memorandum imzolandi.

09:50 25.08.2019
Prezident: “Oʻzingiz ayting, oʻz xalqining tarixini, maʼnaviy va diniy qadriyatlarini hurmat qilmaydigan, ularni himoya qilishga qodir boʻlmagan odam vatanparvar va elparvar boʻlishi mumkinmi?”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kuni taʼlim tizimiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

17:07 24.08.2019
Maktablarga yangi oʻquv yili uchun sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazish jarayoni boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yangi 2019-2020 oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablariga sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazib berish ishlari boshlandi.

14:05 21.08.2019
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Elektron taʼlim jahon musobaqasi final bosqichida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 18-24-avgust kunlari Pusan shahri (Koreya Respublikasi) mezbonlik qiladigan IX e-ICON Elektron taʼlim jahon musobaqasi final bosqichida ikki nafar oʻquvchi va bir nafar oʻqituvchidan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

16:20 20.08.2019
Prezident maktablari: yakuniy imtihon natijalari eʼlon qilindi

Joriy yilning 21-iyulidan 24-iyuliga qadar oʻtkazilgan yakuniy imtihon test sinovlarining natijalari Cambridge tashkiloti veb-saytida eʼlon qilindi:

16:10 20.08.2019
SHHTning Oʻzbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi qanday faoliyat yuritmoqda?

2019-yil 20-avgust kuni Milliy matbuot markazida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun SHHTning Oʻzbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

14:15 20.08.2019
Poytaxtda maktablar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda jihozlash uchun 800 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi

Toshkent shahridagi maktablar faoliyatini yaxshilash hamda Prezident topshiriqlari ijrosini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi

09:11 19.08.2019
Boysun tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosiga boshqa tashkilotlar noqonuniy joylashtirilganmi? XTV ushbu holatni oʻrganib chiqadi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi “Tuzbozor” mahallasida yashovchi nafaqadagi oʻqituvchi Hakim Poʻlatov murojaatnomasini oʻz vakolati doirasida oʻrganib chiqadi va tegishli davlat organlariga masalani hal etish uchun yuboradi.

13:29 16.08.2019
Samarqand va Namangan viloyatlarida oʻqituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganmi?

Xalq taʼlimi vazirligi Samarqand va Namangan viloyatlarida umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni oʻrganmoqda.

09:16 15.08.2019
Oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi takomillashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq taʼlimi...

17:24 14.08.2019
Xalq taʼlimi vazirligi nega maqolaga rasmiy munosabat bildirmadi?

Bir mavzuni hadeb “chaynayverish”dan umuman yiroqmiz! Lekin koʻtarib chiqilgan masala jiddiy edi. Vazirlik va viloyat, tuman xalq taʼlimi boshqarma va boʻlimlarida muhokama boʻlganidan, ularni biroz “bezovta” qilganimizdan xabarimiz bor. Butun boshli jamoaning dardu tashvishlarini qalamga olib, ularning ogʻirini yengil qilishga...

13:17 14.08.2019
Boshlangʻich tashkilot yetakchiligidan hokim oʻrinbosari lavozimiga koʻtarilgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlaridagi Boshlangʻich tashkilot yetakchilari faoliyatini muvofiqlashitirish boʻlimi mudirlari uchun 2 kunlik oʻquv-seminar tashkil etildi.

12:25 13.08.2019
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Xalq taʼlimi vazirligining qoʻshma bayonoti

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25 — 35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida roʻyxati yuritilishiga oid maʼlumot paydo boʻlgandi.

01:17 13.08.2019
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro matematika musobaqasida 14 ta medallarni qoʻlga kiritdi

1-6-avgust kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida (IMC 2019) yurtimiz terma jamoasi aʼzolari 14 ta medal va 2 ta faxriy yorliqni qoʻlga kiritdi.

09:56 07.08.2019
Toshkent shahridagi 81 ta maktabga qoʻshimcha kvota boʻyicha pullik qabul amalga oshirilmaydi

“Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” keng jamoatchilikni eʼtirozlari va muhokamasiga sabab boʻlgan edi.

16:04 06.08.2019