“Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi ijrosi doirasida Andijonda 867 ta, Samarqandda 790 ta, Toshkentda 708 ta va Fargʻonada 700 ta futbol maydonchasi qurilmagan

Parlament yuqori palatasining oltinchi yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasiga aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida parlament soʻrovi yuborish masalasi ham koʻrib chiqildi.

19:12 07.08.2020
Narbayeva masofaviy taʼlimning texnologiyalarini taʼlimning barcha bosqichlarida rivojlantirish lozimligini taʼkidladi

Xabar berilganidek, bugun boʻlib oʻtayotgan Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan maʼqullandi.

12:39 07.08.2020
Oʻzbekistonda Fan olimpiadalari gʻoliblari qanday ragʻbatlantiriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq fan olimpiadalari gʻoliblarini ragʻbatlantirishning yangi tizimi joriy etildi.

11:47 03.08.2020
Al-Xorazmiy Xalqaro olimpiada maktabi tashkil etildi

Xalq taʼlimi vazirligining saytida maʼlum qilinishicha, yurtimizda fan olimpiadalarini yana-da ommalashtirish maqsadida soʻnggi yillarda turli fanlardan Xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyat qozongan koʻngilli yoshlar tomonidan Oʻzbekistonda Al-Xorazmiy Xalqaro olimpiada (onlayn) maktabi tashkil etildi.

10:22 03.08.2020
Yarim yillik faoliyat natijalari: Nimalarga erishildi, nimalar qilishimiz kerak?

Oʻtgan davrda — joriy yil yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilar ekanmiz, faoliyatimiz davomida muayyan natijalarga erishganimizni qayd etish joiz. Ayni paytda bulardan havolanmagan holda, bajarilishi ortga surilgan vazifalarning sababini tahlil qilish va kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishga...

11:35 30.07.2020
Jahon banki bilan hamkorlikda pandemiyaning taʼlim sifatiga koʻrsatgan taʼsiri oʻrganiladi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati bilan Jahon banki vakillarining videokonferensiya formatida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuvida pandemiya sharoitining taʼlim sifati oʻtkazayotgan salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama qilindi. Bu haqda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi...

10:27 29.07.2020
Vazirlar Mahkamasi qaroridagi banddan pedagoglar norozimi?

Bugun “maqolamni chiqarib bering, pulini beraman”, “maqola yozib bering, rozi qilaman” deb turli tahririyat eshigini taqillatguvchi oʻqituvchilar haqidagi xabarlarning qulogʻimizga chalinishi odatiy holga aylanib qoldi. Ammo bu holning soʻnggi paytlarda avj olishi vaziyatga jiddiy eʼtibor qaratishga undaydi.

13:31 27.07.2020
Yosh avlod kamolotida aslo beparvolikka yoʻl qoʻyib boʻlmaydi

“Maktab — bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning oʻzi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak”, deya taʼkidlagan edi Prezidentimiz oʻz maʼruzalarining birida.

10:41 25.07.2020
Pandemiya davrida NTTlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi

Taʼlimning yuqori sifatini taʼminlashda davlat va nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish muhim oʻrin tutadi. Soʻngi ikki yilda nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar yaratilgani hamda litsenziya olish jarayonining soddalashtirilgani sababli yurtimizdagi nodavlat...

13:29 24.07.2020
Bugunning shiori: Xotirjamlik — birinchi dushman! — Bugun matbuotda

“Xalq soʻzi”gazetasida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali rahbari oʻrinbosari, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent A.Mamanazarovning “Smart iqtisodiyot” va taʼlim. Oʻzbekistonda uni qanday uygʻunlashtirish mumkin?” sarlavhali maqolasi eʼlon qilingan. Unda yozilishicha, yaqinda “Ookla” kompaniyasining Speedtest.net cervisi koronavirusning...

14:22 17.07.2020
Oʻzbekiston xalqaro TIMSS tadqiqotida rasman qatnashishga kirishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab qoʻyilgan boʻlib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat...

11:35 16.07.2020
Kelajak taqdiri bahonalar qurboni boʻlmasligi lozim

Kollejni deyarli oʻqishga bormay bitirganlar ham yoʻq emas. Mana sizga ishsizlikning va oliygohlarga kira olmaslikning muhim sabablaridan biri. Na bilim olmagan, na hunar oʻrganmagan odam qanday bir ishning etagidan tuta olar edi? Xayriyatki, soʻngi yillarda mana shunday koʻngilsizliklarga barham berilmoqda.

19:11 15.07.2020
Obuna boʻlingan nashrlar boshqa, olib kelinayotgani boshqa. Qamashilik oʻqituvchilar bundan norozi

Mahalliy byudjet hisobidan “Maʼrifat”, “Xalq soʻzi”, “Xalq taʼlimi”, “Xalq taʼlimi axborotnomasi” nashrlariga obuna qilingani aytilgan maktabga umuman boshqa nashrlar yetkazilmoqda.

16:48 15.07.2020
Agar 20-iyulgacha diplomni olmasa, nima boʻladi? — abituriyentlarni qiziqtirgan eng muhim savollarga javob berildi

Savol: Abituriyentlar hozir bitirganlik haqida diplomni qoʻlga olgani yoʻq, bu esa OTMga hujjat topshirish uchun toʻsqinlik qilyapti. Agar 20-iyulgacha diplomni olmasa, nima boʻladi?

14:41 15.07.2020
“Haqqingizni talab qiling, muallim!” — Bugun matbuotda

Olti oyda oltita qonun: bu koʻpmi yoki kam? Bu savol javobini “Xalq soʻzi” gazetasida Dilshod Ulugʻmurodovning shu sarlavha ostida chop etilgan materialidan topasiz. Shuningdek, nashr sahifalaridan bu yil Shahrisabzda ikkinchi bor oʻtkazilishi kutilayotgan xalqaro maqom sanʼati festivali oldidan “Dillarni dillarga,...

12:18 15.07.2020
XTV mutasaddisining antiqa “yechimi”ga tilchi qizlar nima deydi?

Chekka hududlarda ingliz tili oʻqituvchilari yetishmovchiligi boʻyicha xalq taʼlimi vaziri birinchi oʻrinbosari Dilshod Kenjayevning televideniyeda bildirgan fikri bugun ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin bahs-munozaralarga sabab boʻlmoqda. Vazir oʻrinbosarining fikricha, universitetda ingliz tili yoʻnalishini tamomlagan qizlarni chekka hududlardagi yigitlarga turmushga uzatish orqali qishloqlardagi...

19:17 14.07.2020
Akademik litseylariga saralash imtihonlari nomaʼlum muddatlarga qoldirildi

Akademik litseylariga saralash imtihonlari nomaʼlum muddatlarga qoldirildi. Bu haqda Toshkent shahar Xalq taʼlimi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

10:22 13.07.2020