Termizda Oʻrta Osiyo yoshlarining “Xalqaro doʻstlik” forumi ish boshladi (Foto)

Termiz shahridagi xalqaro yoshlar oromgohida Oʻrta Osiyo yoshlarining “Xalqaro doʻstlik” forumi oʻz ishini boshladi. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur forumda Afgʻoniston, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan kelgan yoshlar ishtirok etmoqda.

19:06 09.10.2018
Xitoyning Sichuan provinsiyasi ishbilarmonlari Surxondaryoda

Xitoylik delegatsiya aʼzolari 5 kunlik tashrif davomida Surxondaryo viloyatidagi yirik sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalari, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida boʻlishi rejalashtirilgan.

13:31 09.10.2018
Oʻzbekiston va Germaniya tomoni Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi

2018 yilning 8 oktyabr kuni TIVda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining Afgʻoniston va Pokiston boʻyicha maxsus vakili Markus Potsel bilan uchrashdi.

11:27 09.10.2018
Oʻzbekiston Prezidenti YUNЕSKO Bosh direktori bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 oktyabr kuni Parij shahridagi YUNЕSKO bosh qarorgohida ushbu tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

23:05 08.10.2018
Yangi ilmiy tadqiqot markaz, 2500 oʻrinli masjid, imomlar uchun 5 ta koʻp qavatli turarjoy

Majmua hududidagi masjid binosi sharq meʼmorchiligining noyob anʼanalarini oʻzida mujassam etgan. Inshootdagi bitta yirik gumbaz hamda unga yondosh 2 ta 42 metr balandlikdagi minora masjidga koʻrkamlik va oʻziga xos salobat baxsh etadi.

09:53 04.10.2018
Goʻsht 28 mingdan 43 minggacha. Oʻzbekistonda qolgan mahsulotlar narxi qancha?

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjalik) mahsulotlarning oʻtgan haftadagi narxlarini eʼlon qildi.

16:15 03.10.2018
Fotosayohat: Oʻzbekiston yoʻllari boʻyida nimalar sotilmoqda?

Toshkentdan Samarqand tomon joʻnagan oila roʻzgʻor yoki sovgʻa uchun ana shunday yoʻl-yoʻlakay bozor qilish rejasini tuzib olishi mumkin. Binobarin, masofa qancha uzoq boʻlsa, mahsulotlar assortimenti ham shunchalik kengayib boraveradi.

14:58 03.10.2018
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

18:43 28.09.2018
Sirdaryoda “Oʻtovlar shaharchasi” barpo etildi

“M-39” (Toshkent — Termiz) xalqaro avtoyoʻlining Mirzaobod tumani hududidan oʻtadigan qismi yoqasida oʻtovlar tikilgan manzil bunyod etildi. Eʼtiborlisi, uning bekat-doʻkoni uchun ham ana shu qadimiy turar-joy imorati koʻrinishi tanlandi.

18:29 27.09.2018
Oʻzbekistonda yana bitta erkin iqtisodiy zona tashkil etildi

Uch ming gektar yer maydoniga ega “Termiz” iqtisodiy zonasida mahalliy xom ashyo va materiallar asosida raqobatdosh tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqariladi.

18:47 26.09.2018
Sirdaryoda piyodani urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Sirdaryo tumanida shu yil 25 sentyabr kuni nomaʼlum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Tadbirkor” MFYdan oʻtuvchi “Termiz-Toshkent” yoʻlida haydab ketayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda R.X.ni urib yuborib, unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatmay, voqea joyidan ketib qolgan.

18:04 26.09.2018