“Navoiy” EIZda lift ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Lift ishlab chiqaruvchi loyiha xususida toʻxtalsak, uni amalga oshirish uchun 2 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritiladi. Korxona ishga tushirilishi natijasida besh nafar xorijlik va 30 nafar mahalliy mutaxassisning bandligi taʼminlanadi.

14:57 02.11.2018
Naser Busherit: “Jazoir va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalar doimo oʻzaro hurmat va doʻstlikka asoslanib kelgan”

Oʻzbekiston bugun dunyoning barcha davlati bilan doʻstona va yaqin hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat yuritmoqda. Bunday diplomatiya mamlakatimizning xalqaro maydonda obroʻ-eʼtibori yanada oshishi va ikki tomonlama munosabatlar rivojida muhim oʻrin tutyapti.

14:03 02.11.2018
Noqonuniy qassobxona faoliyatiga chek qoʻyildi

Toshkent viloyatida yashovchi shaxs Olmazor tumanidagi xususiy uyda chorva mollarini soʻyish boʻyicha noqonuniy ish olib borgan.

12:58 02.11.2018
“Aeroflot” samolyoti Buxoroga ilk parvozni amalga oshirdi

Rossiya Federatsiyasining “Aeroflot” aviakompaniyasi Moskva — Buxoro yoʻnalishida ilk parvozini amalga oshirdi. Bortida 157 nafar yoʻlovchi boʻlgan havo layneri 1 noyabr tongida “Buxoro” xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.

09:29 02.11.2018
Andijonda 168 mlrd. soʻmdan ortiq soliq qarzlari mol-mulk hisobidan undirildi

Andijon viloyatining Boʻz tumanida faoliyat yurituvchi “Bunyodkor madad hamkor” masʼuliyati cheklangan jamiyatining byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalardan boʻlgan 204 mln. 966 ming soʻmlik soliq qarzini undirish maqsadida xatlangan “HOWO” rusumli yuk avtotransport vositasi auksion orqali 379 mln. 714 ming...

19:05 01.11.2018
Oliy taʼlim vazirligi xodimi oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib pora olayotganda ushlandi

Shu yilning 13 oktyabr kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro Ch.N. ariza bilan murojaat qilib, unda 2018 yilning oktyabr oyi boshlarida X.A. Oliy taʼlim vazirligida ishlovchi U.A. orqali uning ikki nafar tanishlarini Toshkent huquqshunoslik litseyiga oʻqishga kiritib qoʻyishga vaʼda...

17:50 31.10.2018
Soliq tizimidagi oʻzgarishlar soliq toʻlovchilarga qanday yengilliklar beradi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 oktyabr kuni joriy yilda davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi, 2019 yilga moʻljallangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, byudjet-soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

17:30 31.10.2018
Andijonda davlat byudjetiga 62 mlrd. soʻmdan ortiq qoʻshimcha mablagʻ undirildi

Andijon viloyatida joriy yilning 9 oyi davomida soliq toʻlovchilar faoliyatida oʻtkazilgan kameral nazorat natijasida davlat byudjetiga qoʻshimcha 62 mlrd. 314 mln. soʻm soliq hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga 21 mlrd. 699 mln. soʻmlik boshqa majburiy toʻlovlar undirildi.

14:50 31.10.2018
1295 kishi maʼmuriy javobgarlikdan ozod etildi

Fuqarolar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga oʻzining va jamoatchilikning haq-huquqlarini himoya qilish yuzasidan yoʻllayotgan murojaatlari joylarda yoʻl qoʻyilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

12:02 30.10.2018
Surxondaryoda tadbirkorlarning 811,8 mln. soʻmlik soliq qarzlaridan kechildi

Surxondaryo viloyatida 169 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklagani hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishi natijasida ular zimmasidagi 811,1 mln. soʻm miqdoridagi soliq qarzi hisobdan chiqarildi.

14:54 29.10.2018
Kanalizatsiyani taʼmirlash vaqtida koʻchki sodir boʻldi. Qurbonlar bor

Italiyaning Kalabriya shahrida kanalizatsiyani taʼmirlash vaqtida sodir boʻlgan yer koʻchkisi oqibatida toʻrt kishi hayotdan koʻz yumgan.

12:58 29.10.2018
Endi tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi

Hukumat qarori bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

10:54 29.10.2018
Tadbirkorlarga beriladigan mikrokreditlar miqdori keskin oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

10:48 29.10.2018
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimining 2017-2018 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar hisoboti

Oʻzbekiston tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari haqida MAʼLUMOT

17:51 26.10.2018
Yer maydonlarini noqonuniy yoʻl bilan oʻzlashtirish bilan bogʻliq 156 ta jinoyat fosh etildi

Mamlakatimizda shu yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish faqatgina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshirish tartibi joriy etildi.

17:32 26.10.2018
Innovatsion yoʻnalishdagi milliy tanlovi gʻoliblariga 20 million soʻmgacha grant mablagʻlari taqdim etildi

Kecha Toshkent shahrida Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda hakamlar hayʼati tomonidan eng yuqori baholangan jami 15 nafar yakka va jamoaviy ishtirokchiga 20 million soʻmgacha grant mablagʻlari sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

15:17 26.10.2018