Masʼuliyatsiz xodim sud tomonidan jazolandi

Jamiyatimizda xodimlarning ishga masʼuliyatsizligi oqibatida tashkilot hisobiga zarar yetkazilib, qarzdorlik botqogʻiga botirayotgan beparvo kimsalar ham uchrab turibdi. Bunday xoʻjakoʻrsinga mehnat qilayotgan intizomsiz xodimlar sababli tashkilot oldiga qoʻygan vazifalari orqaga surilib ketaveradi. Xuddi shunday holatlardan biri Uchquduq tuman iqtisodiy sudi ish...

15:36 27.11.2020
Xususiy bandlik agentliklari 9338 nafar fuqarodan qariyb 79,1 mlrd soʻmni firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirib olgan — Agentlik

— Vazirlikning reyestridan 104 ta yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan, ulardan 75 tasiga xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha litsenziya berilgan.

15:27 27.11.2020
XDP fraksiyasi mahalliy deputatlar bilan birga ikkita vazirlik axborotini eshitdi

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining parlament quyi palatasidagi fraksiyasining videoselektor yigʻilishi yangicha formatda oʻtkazildi. Unda partiya Saylovoldi dasturida belgilangan dolzarb ijtimoiy masalalar boʻyicha Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirliklarining partiya elektoratini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan axborotlari eshitildi,...

12:54 26.11.2020
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻiga oʻrinbosarlar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrugʻi bilan Fayzullaxoʻjayev Xoʻjaakbar Fayzullayevich va Yunusov Azizbek Ulugʻbek oʻgʻli Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi oʻrinbosarlari etib tayinlandi

16:10 25.11.2020
Karantin davrida xodimning roziligisiz mehnat shartnomasiga oʻzgartirish kiritiladimi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yaqinda boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi. Xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining muhokamasi nihoyatda qizgʻin kechdi.

11:56 23.11.2020
Parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisida Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini vaqtincha amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlari himoyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi.

18:01 20.11.2020
"Rahbarlar oʻz zimmalaridagi vazifalar va ularning ijrosi toʻgʻrisida jamoatchilik, ayniqsa, OAV bilan doimiy, ochiq muloqotda boʻlishlari shart"

Senatning toʻqqizinchi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Norboyeva “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishi toʻgʻrisidagi masalaning dolzarbligini taʼkidlab, soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning...

16:18 20.11.2020
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosi qanday?

Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

13:52 20.11.2020
“Hokimiyat organlari axborot xizmatlari aholini qiynab kelayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda oʻrganmaydi”

— Hokimiyat organlarining axborot xizmatlari tuman yoki shahar aholisini qiynab kelayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda oʻrganmaydi, tahlil etmaydi va oʻz vaqtida yoritmaydi, — dedi u. — Ayrim vazirlik, idoralar, hokimliklar ommaviy axborot vositalari orqali murojaatlarga oʻz vaqtida munosabat bildirmay kelmoqda.

12:28 20.11.2020
Mehnat kodeksi loyihasida qanday yangi normalar aks etmoqda?

Taʼkidlab oʻtilganidek, 1995-yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksida koʻplab havolaki normalar mavjudligi, barcha zarur masalalar aniq tartibga solinmagani, uni amaliyotda qoʻllashda bir qator muammolar yuzaga kelayotganini koʻrsatmoqda. Shu bilan birga, unda fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi turli xil shakllarining...

15:06 19.11.2020
Korrupsiya: 647 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi

2020-yilning 9 oyi davomida esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami 838 ta korrupsiya holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan boʻlib, shundan sudlarga yuborilgan 454ta jinoyat ishlari boʻyicha 647 ta mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

09:52 19.11.2020
“GTL mashmashasi”: Vazirlikka deputatlik soʻrovi yuborildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Uzbekistan GTL” tomonidan amalga oshirilayotgan Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining metan tozalash bazasida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish loyihasi uchun xorijdan (Bangladesh) 900 nafar xorijiy mutaxassislar jalb qilinayotganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga deputat Doniyor...

20:03 13.11.2020
Gender tenglik: Ayol qachon hayotdan rozi boʻladi?

Namangandagi “Yoshlar markazi”da gender tenglikni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda viloyatdagi Bandlik va mehnat munosabatlari, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, ichki ishlar boshqarmalari, OAV vakillari ishtirok etdilar. Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Musaxon Oppoqov mamlakatimizda, shuningdek,...

15:03 13.11.2020
Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlashda qanday oʻzgarishlar roʻy bermoqda?

2020-yilning 12-noyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasida olib borilayotgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

16:40 12.11.2020
Uygʻonish davrining dasturilamali

“Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni yurtimizda taʼlim-tarbiya va ilm-fan taraqqiyotiga birlamchi eʼtibor qaratilayotganining yana bir tasdigʻi boʻldi.

16:13 11.11.2020
Pandemiya davrida oʻzbekistonliklarni Rossiyaga ishga yuborish jarayoni soddalashtirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi M.Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.Muhitdinov va Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi elchisi V.Tyurdenev ishtirokchida uchrashuv tashkil etildi

15:11 11.11.2020
Bangladeshdan jalb qilinayotgan mehnat migrantlari haqida vazirlik bayonot berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-oktyabrdagi “Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining metan tozalash bazasida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1206-son qarorining 18-bandida «Oʻzbekneftegaz» AJ va “Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyati buyurtmalari asosida xorijiy mutaxassislarni oʻrnatilgan tartibda jalb qilinishi...

11:51 11.11.2020
“Business & Diplomacy” jurnalida Covid-19 davrida mehnat migrantlarini himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi haqida maqola chop etildi

Germaniyada yilning har choragida nemis va ingliz tillarida nashr etiladigan “Business & Diplomacy” jurnalida “Covid-19 davrida mehnat migrantlarini himoya qilish: Oʻzbekiston tajribasi” sarlavhali maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

19:14 10.11.2020
Endi quruvchini aniqlashda reytinglar ham “gapiradi”

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va ushbu qaror asosida “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

18:25 10.11.2020
Mustaqil fikrlaydigan avlodni qanday voyaga yetkazamiz?

Yangi Oʻzbekiston ostonasiga qadam qoʻyar ekanmiz, fikrlashi, hayotga munosabati butunlay oʻzgacha boʻlgan, muammolardan qoʻrqmaydigan, ruhiyati tetik yangi avlodni voyaga yetkazishdek tarixiy burch, ulkan masʼuliyatli vazifa zimmamizda turibdi. Burchni ado etish, vazifani bajarish uchun taʼlim-tarbiya tizimini tubdan oʻzgartirishimiz zarur. Bu qanday...

10:13 10.11.2020