“Oʻrtasaroy” karantin markazida fuqaro oʻz joniga qasd qilganligi holati yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Aniqlanishicha, Fargʻona viloyatida yashagan fuqaro S.S. 2020-yil 20-iyunda Yuqorichirchiq tumanidagi “Oʻrtasaroy” karantin markazida oʻzi yotgan xonaga oʻrnatilgan konditsionerning tashqi tomondagi parragiga choyshab bilan nomaʼlum sabablarga koʻra oʻzini osganligi oqibatida vafot etgan.

13:32 22.06.2020
Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish bilan shugʻullangani aniqlandi.

12:19 20.06.2020
“Chorsu”dagi savdo joyi uchun 500 dollar pora soʻragan bozor xodimi qoʻlga tushdi

U oʻz arizasida oziq-ovqat doʻkoni joylashgan “Eski joʻva” bozori maʼmuriyati vakili undan ishini davom ettirishi uchun 500 AQSH dollari va 500 ming soʻmlik mevalarni talab qilgani haqida yozgan.

08:30 20.06.2020
“Eski-Juva” AJ ishchisiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Toshkent shahar IIBBga 23-may kuni xususiy tadbirkor Bahrom M. ariza bilan murojaat qildi. Arizaga qaraganda, tadbirkorning oziq-ovqat doʻkoni joylashgan “Eski-Juva” bozori maʼmuriyati vakili undan ishini davom ettirishi uchun 500 AQSH dollari va 500 ming soʻmlik mevalarni talab qilgan.

21:37 19.06.2020
“Ijtimoiy xodim” maqomi tasdiqlandi

Tahlil natijalariga koʻra, idoralararo Qoʻshma qaror bilan “Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma tasdiqlandi.

18:34 19.06.2020
Bosh prokuratura vakillaridan iborat delegatsiya Yevroosiyo guruhi yalpi majlisida ishtirok etdi

Bugun, 2020-yil 19-iyunda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Moliya vazirligi vakillaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhining videoanjuman shaklida tashkil etilgan 32-Yalpi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda...

14:46 19.06.2020
MIB “missiya”si yakunlandi, ammo sud va boshqa organ qarorlarini ijro etishni davom ettiradi

Byuroga yuklatilgan vazifalar sabab yurtdoshlarimizda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, toʻlov intizomiga rioya qilish madaniyati shakllana boshladi.

07:48 19.06.2020
Korrupsiya va firibgarlik bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyildi

DXX va Prokuratura organlari tomonidan korrupsiya va firibgarlik bilan bogʻliq noqonuniy holatlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish boʻyicha bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

12:12 18.06.2020
Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

23:25 17.06.2020
Baliqchida elektr hisoblagichidagi kamchiliklarni rasmiylashtirmaslik evaziga fuqarodan 400 AQSH dollari talab qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Sh. Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro S.S.ning uyida elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha 40 mln soʻm atrofida jarima toʻlashi kerakligini aytib, ushbu holat...

12:55 16.06.2020
Hozirgi vazirimizni xalqparvar, deb eshitganman. Ammo boʻlib oʻtgan holatlar ularning isteʼfo vaqti yetib kelganini koʻrsatayapti - Kusherbayev

Joriy yilning 13-iyun kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boʻlimi maʼmuriy binosida Jinoyat qidiruv boʻlimi vakillari tomonidan qiynoqqa solingan fuqaro A.Abdukarimov shifoxonada jon berdi.

20:20 15.06.2020
Toshkent Davlat agrar universiteti Andijon filialiga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan sobiq oʻqituvchi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent Davlat agrar universiteti Andijon filiali sobiq oʻqituvchisi R.B., fuqaro N.K.dan uni mazkur filialga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga oldindan talab qilgan 2 000 AQSH...

17:10 15.06.2020
Agroinspeksiyaning inspektori firibgarlik ustida qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon tuman boʻlimi DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Oʻzagroinspeksiyaning Shoʻrchi tumani boʻlimi inspektori F.M. fuqaro F.X.ga tegishli boʻlgan, hujjatsiz T-40 rusumli traktori va tirkamasiga yangi namunadagi davlat raqami va texnikani roʻyxatga olish guvohnomasi tayyorlab...

15:14 15.06.2020
Toshkentda kollej oʻqituvchisi pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Yunusobod dizayn kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi M.A. kollejning 3-kurs oʻquvchisi N.A.ning ishonchiga kirib, uning baholarini qoʻydirib berish hamda diplomini olib berish evaziga 100 AQSH dollari va 500 ming soʻm talab...

15:11 15.06.2020
Gulnora Karimova olib chiqqan 1,3 mlrd. dollarlik mulklarni qaytarilishi boʻyicha maʼlumot berildi

15-iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi S.Oʻrinboyeva ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

14:02 15.06.2020