“Chorsu”dagi savdo joyi uchun 500 dollar pora soʻragan bozor xodimi qoʻlga tushdi

U oʻz arizasida oziq-ovqat doʻkoni joylashgan “Eski joʻva” bozori maʼmuriyati vakili undan ishini davom ettirishi uchun 500 AQSH dollari va 500 ming soʻmlik mevalarni talab qilgani haqida yozgan.

08:30 20.06.2020
“Eski-Juva” AJ ishchisiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Toshkent shahar IIBBga 23-may kuni xususiy tadbirkor Bahrom M. ariza bilan murojaat qildi. Arizaga qaraganda, tadbirkorning oziq-ovqat doʻkoni joylashgan “Eski-Juva” bozori maʼmuriyati vakili undan ishini davom ettirishi uchun 500 AQSH dollari va 500 ming soʻmlik mevalarni talab qilgan.

21:37 19.06.2020
Birinchi chorakda gaz eksporti hajmi 30 foiz kamaydi

Tovarlar eksporti hajmi 2019-yilning I choragiga nisbatan 11 foiz kamaydi. Oltin va gazning eksportdagi ulushi mos ravishda 37 foizni hamda 9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, 2019-yilning I choragiga nisbatan gaz eksporti hajmida 30 foizga kamayish kuzatildi.

19:11 19.06.2020
Samarqanddan 13 ming tonna mayiz eksport qilindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, 2020-yilning yanvar-may oylari davomida Samarqanddan umumiy qiymati 16 million AQSH dollariga teng 13 ming tonnadan ziyod boʻlgan mayiz mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Mayiz mahsulotlari asosan BAA, Turkiya, Eron va Afgʻoniston kabi davlatlarga...

18:52 19.06.2020
Spiker oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Buxoroda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini oʻrgandi

Xalqimiz boshiga tushgan ogʻir va sinovli kunlar qishloq xoʻjaligiga, jumladan, iqtisodiyotimizga jiddiy zarar yetkazdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli bir muddat koʻplab tadbirkorlik subyektlari faoliyati toʻxtatib qoʻyildi. Ayni paytda ular qayta ishga tushib, bu bilan bandlikni taʼminlash borasida oz boʻlsa-da siljish sezildi.

12:22 19.06.2020
Mahalliy kengashlar bugun odamlar dardi va tashvishi bilan yashashi kerak

Prezidentimizning joriy yilning 3-iyun kungi videoselektor yigʻilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish orqali ularning turmush sharoitlarini yaxshilash borasida sektorlar va ijro organlari rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish vazifalari belgilab berilgandi. Ushbu masalalarni Oliy Majlis...

09:44 19.06.2020
Mablagʻlar qachongacha sandiqlarda qadrsizlanadi?

Mamlakat iqtisodiyoti, uni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish haqida koʻp gapiramiz-ku, ammo oʻzimizning asosiy imkoniyatlarimizga negadir koʻpchilik eʼtibor qaratmayapti.

18:47 18.06.2020
Toʻraqoʻrgʻonda yiliga 100 ming tonna mineral oʻgʻit ishlab chiqariladigan korxona barpo etilmoqda

Tumandagi Oqtosh mahallasi hududida “Ifoda agrokimyohimoya” MCHJ tomonidan qurilayotgan korxonada granula holidagi mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish oʻzlashtiriladi. Loyiha qiymati 3 million AQSH dollariga teng boʻlib, uning ijrosi bilan yiliga 100 ming tonna NPK — azot, fosfor, kaliy, shuningdek, tarkibida boshqa...

17:22 18.06.2020
Oʻzbekiston may oyida 186,6 tonna qovun eksport qildi

“Eksport qilingan jami qovunlarning 186,6 tonnasi may oyida amalga oshirilgan. Bu ulush joriy yilda yetishtirilgan yangi qovunlar hissasiga toʻgʻri keladi” deyiladi Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmati xabarida.

17:03 18.06.2020
Hokim ikkita tumandagi dehqon bozorlari karantinga yopilishini maʼlum qildi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Muborak va Koson tumanlaridagi dehqon bozorlari karantinga yopilishini maʼlum qildi.

16:13 18.06.2020
Onlayn videokonferensiya: Pandemiya sharoitida isteʼmolchilar huquqini himoya qilish sohasida tavsiyalar berildi

2020-yil 18-iyunda MDHga aʼzo mamlakatlarning isteʼmolchilar huquqini himoya qilish boʻyicha maslahat kengashi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) aʼzo mamlakatlar isteʼmolchilar huquqini himoya qilish masalalari boʻyicha qoʻmitasi maslahat kengashining qoʻshma majlisi videokonferensiya formatida boʻlib oʻtdi. Majlisda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish...

15:00 18.06.2020
Bozorlardagi narx-navo maʼlum qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020-yil 16-iyun kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

11:07 18.06.2020
Toshkent shahrida 71ta mahalla “qizil” hudud sifatida belgilandi (toʻliq roʻyxat)

Toshkent shahrida koronavirus oʻchogʻiga aylangan “Oʻrikzor”, “Malika” va Yunusobod dehqon bozorlari faoliyati toʻxtatildi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

22:28 17.06.2020
Deputatlar: Islom moliyasi boʻyicha qonunchilik asoslarini yaratish vaqti keldi

“Agar biz fuqarolarimizning maʼlum bir qismi diniy eʼtiqodidan kelib chiqqan holda bank xizmatlaridan foydalanishni istamayotganini inobatga olsak, islom moliyasi tamoyillariga asoslangan bank xizmatlari ana shu qatlam omonatlarini iqtisodiyotga jalb etish, ulardan esa oqilona foydalanish uchun katta imkoniyat yaratadi”, – deb...

20:39 17.06.2020
Oʻzbekiston gilos yetishtirish boʻyicha jahon yetakchilari qatorida

Oʻzbekiston gilos yetishtiruvchi mamlakatlar kuchli oʻntaligiga 2006-yilda kirgan. Katta oʻsish 2015-yildan kuzatib kelinmoqda. Xususan, 2019-yil natijalariga koʻra, Oʻzbekiston gilos yetishtirish boʻyicha Turkiya, AQSH va Erondan soʻng toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

13:36 17.06.2020
Chegaradagi qishloqda ham koʻp qavati uylar quriladi

Moʻgʻol Yangiqoʻrgʻon tumanining Qirgʻiziston bilan chegara qishlogʻi. Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kuni kecha mazkur mahallada boʻlib, hududdagi ahvol bilan tanishdi. Oʻrganishlar davomida yechimini kutayotgan 70 dan ortiq muammo va masalalar aniqlandi.

12:54 17.06.2020
Koreyada nolegal tarzda mehnat qilayotgan migrantlar hisobiga Oʻzbekistonga beriladigan kvotalar kamaytiriladimi?

Bugungi kunda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan amaliy choralar koʻrilmoqda. Fuqarolarni tartibli, xavfsiz va qonuniylik prinsiplari asosida xorijiy mamlakatlarga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish...

12:07 17.06.2020
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

20:00 16.06.2020
Viloyat hokimligi Nurafshon shahar hokimiga atab kuylangan qoʻshiq yuzasidan munosabat bildirdi

Toshkent viloyati hokimligi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahri hokimiga bagʻishlab kuylangan qoʻshiq yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

14:21 16.06.2020