Yakunlanayotgan yil haqida Oʻzbekiston aholisi qanday fikrda?

Sanoqli kunlardan soʻng 2018 yil tarixga aylanadi. U Oʻzbekiston fuqarolari hayotida qanday iz qoldirdi, odamlar Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yilida mamlakatda erishilgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot haqida nimalar demoqda?

11:26 24.12.2018
Toshkent yuqori texnologiyalar rivojlangan yirik xalqaro markazga aylanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi.

20:30 21.12.2018
Shavkat Mirziyoyev: mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq

Davlatimiz rahbari milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash, buyuk ajdodlarimizning islom rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

17:59 21.12.2018
Tashqi savdo vazirining yangi oʻrinbosari tayinlandi

Oʻzbekistonning Latviya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimini egallagan Badriddin Abidov Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

11:28 20.12.2018
Jahon OAV: Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida Oʻzbekistonning nufuzi soʻnggi ikki yilda keskin ortdi

Oʻzbekiston tashabbusi tufayli joriy yil 12 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida insoniyat uchun juda muhim sanalgan tarixiy hujjat qabul qilindi. “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya ishtirokchi davlatlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.

01:56 19.12.2018
"Yoshlar korrupsiyaga qarshimiz" tanlovining gʻoliblari aniqlandi

“Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol boʻlishimiz shart” shiori ostidagi koʻrik tanlovning respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

14:42 16.12.2018
Oʻzbekiston Prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuv oʻtkazdi.

21:27 14.12.2018
XMT bosh direktori: Dunyoda 700 mln.dan ortiq kishi qashshoqlikda yashaydi

Dunyoda 700 milliondan ziyod kishi qashshoqlikda yashaydi, 200 millionga yaqin inson ishsiz. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder maʼlum qildi.

16:21 14.12.2018
National Review: Diplomatiya osmonida porlab borayotgan yulduz boʻlsa, bu Oʻzbekistondir

2018 yilning 12 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan mazkur hujjat BMTning barcha aʼzo davlatlari tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.

15:37 14.12.2018
Dunyo boʻyicha yiliga bir trillion AQSH dollari miqdorida pora “aylanadi”

Dunyo miqyosidagi poraning har yillik hajmi 1 trillion AQSH dollariga yetdi. Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti 2,6 trln. dollar yoʻqotyapti.

14:47 10.12.2018
Bolalar va yoshlar huquqlari boʻyicha ombudsman instituti. Uning faoliyati nimalardan iborat?

Oʻzbekistonda bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha ombudsman toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur institut Prezident huzurida faoliyat yuritishi nazarda tutilyapti.

10:09 05.12.2018
Tarixni oʻzgartirayotgan inson

Shunday odamlar bor, ular ilgʻor tashabbusi, azmu shijoati va eng muhimi, yuksak maʼnaviy fazilati tufayli olamshumul voqealarga sabab­chi boʻladi, asrlarga tatigulik ishlarni boshlab beradi. Bugun yurtimiz ahli Prezident Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatlarini koʻrib, kuzatib ana shunday xulosaga keldi. 

09:27 04.12.2018
Trast fondining tuzilishi oʻzbek diplomatiyasining katta yutugʻidir

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida eʼtirof etilishicha, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida trast fondining tuzilishi oʻzbek diplomatiyasining katta yutugʻi boʻldi.

13:36 30.11.2018
“Orol dengizi ketdi, lekin odamlar qoldi, biz ular haqida qaygʻurishimiz kerak”

Orol inqirozi — zamonamizning eng yirik ekologik fojialaridan biri. Bugun u yana bir bor dunyo hamjamiyati eʼtibori markazida.

09:53 30.11.2018
Atmosferadagi karbonat angidrid gazi hajmi 2017 yildan buyon eng yuqori miqdorga yetdi

Atmosferadagi karbonat angidrid gazi hajmi 2017 yildan buyon eng yuqori miqdorga yetdi, deyiladi BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti maʼruzasida.

17:21 28.11.2018
Oʻzbekiston Migratsiya xalqaro tashkilotiga aʼzo boʻldi

Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot (MXT) - BMT Migratsiya agentligi Kengashining Jeneva shahrida ochilgan 109-sessiyasida ovoz berish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining MXTga aʼzo boʻlish toʻgʻrisidagi murojaati qoʻllab-quvvatlandi.

11:17 28.11.2018
Oʻzbekiston Prezidenti BMT sobiq Bosh kotibini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni BMTning sobiq Bosh kotibi, bugungi kunda Yashil taraqqiyot global instituti assambleyasi va Xalqaro olimpiya qoʻmitasining Etika boʻyicha qomissiyasiga rahbarlik qilayotgan Pan Gi Munni qabul qildi.

22:54 27.11.2018
Oʻzbekistonlik va koreyalik futbolchilar oʻrtasida ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkaziladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida “Orolboʻyi hududlarida ekologik muhitni yaxshilash masalalari va bu jarayonda koreys diasporasining roli” mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda.

13:51 27.11.2018
Bir yilda 50 ming nafar xotin-qiz zoʻravonlik qurboni boʻldi

Oʻtgan yili dunyo boʻyicha 87 mingga yaqin xotin-qiz oʻldirilgan. Ulardan 50 ming nafari uydagi zoʻravonlik qurboni boʻlgan.

12:53 27.11.2018
BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi

26 noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun rahbarligidagi delegatsiyani qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

09:03 27.11.2018