“Taraqqiyot strategiyasi” markazi dunyo “aql markaz”lari reytingida yana eʼtirof etildi

AQSHning Pensilvaniya universitetining “Tahlil markazlari va fuqarolik jamiyati” dasturi doirasida eʼlon qilib boriladigan nufuzli “Global Go To Think Tank Index Report” dunyo tadqiqot va tahlil markazlari yillik reytingi eʼlon qilindi.

18:33 04.02.2019
Avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish “qancha” turadi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

10:12 04.02.2019
Buxoroda 10 ming dollarni 84,4 million soʻmga sotayotgan valyutafurushlar qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Romitan tumani boʻlimi tomonidan fuqaro Gulruh Xolova (ism-sharifi oʻzgartirilgan)ning arizasi yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

22:51 02.02.2019
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi oʻz fuqarosining huquqlarini himoya qilib, uni aldab ketishlariga yoʻl qoʻymadi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, hozirgi kunda Rossiya poytaxti Moskva shahrida vaqtincha istiqomat qilayotgan Goʻzal Islomova firibgarlar qoʻliga tushib, 150 ming rubl mablagʻidan ajralishiga bir bahya qoldi. Oʻzbekistoning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Konsullik boʻlimi xodimlari unga oʻz pullarini qaytarib olishda yordam berdi.

20:09 02.02.2019
Oʻzbekiston yongʻoq eksportida qachon yetakchilar safidan joy oladi?

Siz ham eshitgandirsiz?! Oʻtgan yili Ukrainada yongʻoq eksporti 83 foiz oʻsibdi. Ushbu davlat Yevropa va Osiyo mamlakatlariga 67,1 million AQSH dollarilik mahsulot yetkazib berib, sohada yetakchilar safidan joy oldi.

17:25 02.02.2019
“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ: Valyuta tushumi 12 million dollarga oshadi

Pult orqali boshqariladigan hayhotdek maxsus savatdagi 60 — 65 tonna temir parchalari va boshqa qotishmalar alangalanib turgan pechga tashlandi. Bu paytda pechdan olov purkaladi. Uning yorugʻligi koʻzni qamashtiradi, shovqini esa quloqni qomatga keltiradi.

17:06 02.02.2019
Yerni “sotib”, pul topmoqchi boʻlgan edi, ammo...

Departamentning Rishton tumani boʻlimi va DXX Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Rishton tumani “Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi” direktori I. K. qoʻlga olindi.

17:03 01.02.2019
Moziy va bugunni uygʻunlashtirgan ikki hujjatli film

“Islom daraxti Arabistonda ekilgan boʻlsa-da, mevasi Movarounnahrda yetilgan”, deydilar. Chindan ham, Oʻzbekiston koʻplab diniy va dunyoviy bilimlarga ulkan hissa qoʻshgan zotlar, qomusiy olimlar, allomalar Vatani. Yurtimizning dunyoda islom sivilizatsiyasi markazi sifatida koʻrilishi ham bejiz emas, albatta.

15:01 01.02.2019
Abdusalom Azizov AQSHning CENTCOM qoʻmondonligi bilan uchrashdi

Oldin xabar berilganidek, 26 yanvar kuni Oʻzbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya AQSHga rasmiy tashrif bilan joʻnab ketgan edi.

12:04 01.02.2019
“Tashkent City” hududidagi yer necha puldan sotilgani maʼlum qilindi

“Tashkent City” ishbilarmonlik markazi hududidagi har bir sotix yer 20 ming AQSH dollari miqdorida sotilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev maxsus tashkil etilgan matbuot anjumani vaqtida gapirib oʻtdi.

19:30 31.01.2019
Toshkent shahar hokimligi haqmi yoki investor Axmet Demir?

Avval xabar berganimizdek, turkiyalik investor Axmet Demir poytaxtimiz markazidagi “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari sust boʻlishida Toshkent shahar hokimligini ayblagan edi.

18:52 31.01.2019
Prokuratura xodimiga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

19:10 30.01.2019
Belarus elchisi bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning Minskka tashrifi masalasi koʻrib chiqildi

30 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Belarus Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.

18:10 30.01.2019
Arab nashri Oʻzbekistonning diniy sohadagi islohotlarini eʼtirof etdi

Kuvaytda chop etiladigan nufuzli nashr — “As-siyasa” gazetasi Oʻzbekistonda keyingi yillarda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maqola eʼlon qildi.

14:24 29.01.2019
“Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston tashqi siyosatida yuksalish roʻy bermoqda”

Iqtisodiyot va moliya boʻyicha nufuzli “El Mundo Financiero.com” (Ispaniya) xalqaro jurnalida shunday sarlavhali maqola eʼlon qilindi. Uning muallifi qirol Xuan Karlos nomidagi universitet professori Karlos Uriartedir. Olimning qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimiga kirishganidan soʻng Oʻzbekistonda mamlakatni faol rivojlantirish va...

11:30 29.01.2019
Bahor soʻngidan boshlab Dubaydan Toshkentga har kuni samolyot uchadi

Shu yil 11 martdan boshlab Dubay va Toshkent oʻrtasidagi aviareyslar haftasiga besh marta, 31 maydan esa har kuni boʻladi. Bu haqda Flydubai loukosteri saytida maʼlum qilindi.

10:23 29.01.2019
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana qimmatlashdi

1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 6 soʻm 76 tiyinga qimmatlashib, 8384 soʻm 94 tiyinga yetgan.

18:08 28.01.2019
Qudratillo Abduqahhorov AQSHning mashhur kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Аyni vaqtda Abduqahhorov IBF reytingida 4-oʻrinda bormoqda.

15:31 28.01.2019
Axmet Demir: “Prezidentning aytganlari oʻz vaqtida bajarilganida qani edi”

Bankka ikkita kadastr hujjatini koʻtarib borib, kredit soʻrasam, “Biznes-rejangizda koʻrsatilgan mana bu hududning hujjati qani?” deyishadi. “Mutasaddi idoralar keyin qilib berar ekan”, deyman. Ammo ular ham chetdan kelmagan, shu yurtning fuqarolari. Yaxshi bilishadiki, “Keyin qilib beriladi”, degani baʼzan “Hech qachon...

14:06 28.01.2019