Oʻzbekiston — Latviya siyosiy maslahatlashuvlari

Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi oʻrinbosari, siyosiy direktori Yanis Majeykis boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkentda 28 mart kuni Oʻzbekiston — Latviya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 14-raundi boʻlib oʻtdi.

00:19 29.03.2019
Oʻzbekiston muftiysi oʻzi taʼlim olgan Ishtixondagi maktabga kitoblar sovgʻa qildi

Ushbu kitoblar maktab oʻquvchilarining yanada chuqur bilim olishi, dunyoqarashi kengayishi va maʼnan kamolga yetishiga katta xizmat qiladi.

19:02 28.03.2019
Samarqandda Temuriylar davriga oid noyob tangalar topildi (foto)

Jomboy tumani hududidan temuriylar davriga tegishli boʻlishi taxmin qilinayotgan tangalar topildi.

18:31 28.03.2019
Xitoy ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston haqida nimalar yozmoqda?

2019 yil boshidan Xitoyning qator ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistonda turizm rivoji va xalqimiz madaniy merosi haqida koʻplab materiallar eʼlon qilindi.

17:54 28.03.2019
Oʻzbekiston arab jamgʻarmasidan Samarqand uchun 5 million dollar jalb etadi, yana 300 mln. dollar olish rejada bor

Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi(ADFD) va rivojlanish maqsadida xalqaro yordam koʻrsatish boʻyicha BAA milliy organi Oʻzbekiston hukumati bilan uchta bitim imzoladi.

17:45 28.03.2019
Qaynoq choy saraton keltirib chiqarishi mumkin

Koʻp miqdorda qaynoq choy (yoki boshqa har qanday qaynoq ichimlik) ichish xavfli va katta ehtimol bilan qiziloʻngach saratonining rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. 50 mingdan ziyod inson qatnashgan keng koʻlamli tadqiqot shunday xulosa bilan yakunlangan, deb xabar berdi BBC.

15:50 28.03.2019
Poytaxt nomini oʻzgartirish qanchaga tushadi?

Maʼlumki, 23 mart kuni Qozogʻiston prezidenti mamlakat poytaxti Ostona shahri nomini Nur-Sulton deb qayta nomlash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi. Qozogʻistonlik ekspert Aleksandr Razuvayevning aytishicha, bu jarayonlarga ketadigan sarf-xarajatlar 47 milliard tengedan ziyod yoki 125 million AQSH dollarini tashkil etishi mumkin.

15:36 28.03.2019
Janubiy Koreyaning mashhur brendi oʻzbekistonlik sportchilar uchun forma kolleksiyasini yaratadi

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif buyurdi.

14:59 28.03.2019
AQSHning bir nechta shtatlarida Navroʻz bayrami munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etildi

Oʻzbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi hamda OʻzbekistonRespublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan AQSHdagi vatandoshlar ishtirokida Navroʻz bayrami munosabati bilan, bir qator tadbirlar oʻtkazildi hamda tadbirlar doirasida, Oʻzbekistonning turizm salohiyati targʻib qilindi.

12:40 28.03.2019
Elektr stansiyasida portlash. 33 mingdan ortiq aholi chiroqsiz qoldi

AQSHning Florida shtatidagi Brouard okrugida elektr stansiyasi portlab ketgan. Soʻngra yongʻin boshlangan. Favqulodda vaziyat oqibatida 33 mingdan ortiq mahalliy aholi elektr energiyasisiz qolgan.

11:50 28.03.2019
Gʻofur Rahimov isteʼfosidan soʻng boks Tokio Olimpiadasi dasturiga qoʻshiladimi?

Kecha Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro olimpiya qoʻmitasi(XOQ)ning navbatdagi majlisi boshlandi.

10:43 28.03.2019
Namangan viloyatida 200 ming aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

2020 — 2025 yillarda Namangan viloyatida 200 ming aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha loyiha amalga oshiriladi. U yaqinda Neft eksportchi-mamlakatlari tashkiloti (OPЕK) Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlandi. Loyiha qiymati 54 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu haqda TIV...

20:11 27.03.2019
AQSH kompaniyasi Oʻzbekistonda shoshilinch tibbiy yordam markazlarini ochadi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Alisher Abdualiyev AQSHning US Inc kompaniyasi moliyaviy direktori hamda hammuassisi Mark Uinter bilan muzokaralar olib bordi.

18:00 27.03.2019
AQSH oʻzbek paxtasini “qora roʻyxat”dan chiqarib tashladi

Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabariga koʻra, AQSH Mehnat departamenti 2019 yil 25 mart kuni Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxtani majburiy yoki bolalar mehnati vositasida yetishtirilgan mahsulotlar “qora roʻyxati”dan chiqardi. 

17:08 27.03.2019
Chikagoda Oʻzbek-Amerika assotsiatsiyasining 10 yilligi keng nishonlandi

Oʻzbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vatandoshlar hamkorligida Navroʻz bayrami arafasida, Oʻzbek-Amerika assotsiatsiyasining 10 yilligi keng nishonlandi.

14:25 27.03.2019
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana qimmatlashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 26 martdan boshlab xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

15:13 25.03.2019
AQSH Prezidenti Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

15:48 23.03.2019
Oʻzbekiston Prezidentining BAAga tashrifi sanasi aniq boʻldi. Ushbu safar nimasi bilan ahamiyatli?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 24 — 26 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

21:58 22.03.2019
Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar AQSH Markaziy qoʻmondonligida Navroʻzni nishonlashdi

Kecha Navroʻz ayyomi munosabati bilan AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligida (Tampa shahri, Florida shtati) rasmiy vakil sifatida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari xorijlik hamkasblariga bayram tadbiri uyushtirishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

16:23 22.03.2019