“Covid-19” bilan zararlanish ehtimoli juda yuqori joylar maʼlum qilindi

AQSHning Stenford va Shimoli-Gʻarbiy universitetlari mutaxassislari restoranlar, sport zallari va mehmonxonalar koronavirus infeksiyasi yuqtirish ehtimoli juda yuqori xavfli joylar ekanligini aniqlashdi.

02:06 13.11.2020
Mehnat migratsiyasini tartibga solish masalasi muhokama markazida boʻldi

Globallashuv insoniyatning harakatlanishini va dunyodagi migratsiya jarayonini oshirishga yordam beradi. Ayni paytda aholi migratsiyasi rivojlanayotgan davlatlar uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning muhim omillariga aylanib bormoqda. Hozirgi zamonaviy bosqichda u yoki bu darajada boʻlsa-da, bironta ham mamlakat migratsiya munosabatlaridan chetda qolgani...

19:46 12.11.2020
AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Sirdaryoga tashrif buyurdi

AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

16:51 12.11.2020
Koronavirus yana bir davlatga kirib bordi

Vanuatu Respublikasida koronavirusga chalinish bilan bogʻliq ilk holat qayd etildi. Bu haqida mamlakat rasmiylariga tayanib Avstraliyaning ABC telekanali xabar berdi.

14:41 11.11.2020
Soxta IIB xodimi sodda ayolni “chuv” tushirdi

Qoʻshtepalik X. Muzaffar 32 yoshda. Oila qurib hayotning yaxshi-yomonini koʻrmagan bu yigit pul topishning oson yoʻllarini izlab adashdi.

11:40 11.11.2020
Payariqda zamonaviy issiqxonalar soni yana bittaga koʻpayadi

Payariq tumani «Oʻrtasaydov» mahallasi hududida «Sputnik Ideal Star» MCHJ tomonidan Vengriya davlati investorlari bilan hamkorlikda Koreya texnologiyalari asosida qiymati 10 million AQSH dollariga teng yangi issiqxona bunyod etilmoqda.

10:09 11.11.2020
Fermer xoʻjaligiga 64 mingdan ziyod naslli joʻjalar keltirildi

Samarqanddagi «Navobod naslli parranda» koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi tomonidan 2020-yilning aprel-mart oylari davomida 88 ming 335 bosh naslli joʻjalar keltirilgan. Parrandachilikda naslchilikn yana-da takomillashtirish maqsadida korxona tomonidan Vengriya davlatidan 64 ming 868 bosh ROSS-308 naslchilik joʻjalari keltirildi.

10:03 11.11.2020
Tadbirkor Abu Ali ibn Sino tavallud topgan goʻshada tibbiyot klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi

Buxorolik tadbirkor Mirjahon Rahmatov Afshona tibbiyot kolleji negizida tibbiyot klasteri ochish tashabbusi bilan chiqdi. Ishbilarmon hamda uning akasi, Peshku tumanidagi “TJS-MED” xususiy klinikasi faoliyatiga bosh-qosh boʻlib turgan Toʻraqul Saidov shu masalaga oid loyihalari bilan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripovning...

09:47 11.11.2020
Xovos tumanida 4 kunlik chaqalogʻini 20 ming AQSH dollariga sotayotgan ayollar qoʻlga olindi

2020-yilning 9-noyabr kuni, Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Xovos tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro I.S hamda Xovos tumanida yashovchi fuqaro N.Sh...

09:37 11.11.2020
Olimpiadadan oldin Yaponiyada sinov musobaqalari oʻtkaziladi

Ular Olimpiada oʻyinlari tashkil etiladigan joylarda boʻlib oʻtadi.

18:29 10.11.2020
«Mikrokreditbank» kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun “KDB BankUzbekistan” kredit liniyasini jalb qildi

«Mikrokreditbank» respublikadagi eng yirik va barqaror oʻsib borayotgan tijorat banklaridan biri sifatida ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Bank va “KDB BankUzbekistan” oʻrtasida tuzilgan yangi shartnoma shundan dalolat beradi.

17:03 10.11.2020
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tadbirlar oʻtkazdi

Giyohvand moddalar insoniyat uchun zararli va xavfli ekani barchamizga maʼlum. Uning savdosi bilan shugʻullanish esa jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini ham yaxshi bilamiz. Shunday boʻlsa-da ayrim shaxslarning bunday qabih ishga qoʻl urishlari achinarli hol.

11:53 10.11.2020
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻydi

Maʼlum boʻlishicha, 2019-yil tadbirkorga qarashli MCHJ faoliyati soliq idoralari tomonidan tekshirilib, soliq qarzdorligi aniqlangan va uni undirish uchun toʻplangan hujjatlar MIBga yuborilgan. MIBning tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari esa 3 ming AQSH dollari evaziga qarzdorlikni yopishini aytib, vositachi orqali tadbirkordan muqaddam...

10:26 10.11.2020
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 11 ming tonnaga koʻpaydi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda shu yilning yanvar-sentyabr oylarida 769,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi oʻsish 101,4 % ni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 11 ming tonnaga koʻpaygan.

09:35 10.11.2020
Sugʻurtaga odamlar ishonchi nega yuqori emas?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining videokonferensiya tarzida oʻtkazilgan yigʻilishida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan yangi tahrirdagi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

21:38 09.11.2020
Yangi qurilayotgan namunali uylardan sotib olmoqchi boʻlgan ayol 9000 dollarga aldandi

7-oktyabr kuni Quva tumanida fuqaro Yo.S. tanishi B.G. ismli ayolni ishonchiga kirib, 9.000 AQSH dollari evaziga Fargʻona shahrida qurilayotgan namunali uylardan olib berishini aytib, pullarni olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

21:34 09.11.2020
Bojxona yigʻimlari stavkalari turi 20 tadan 12 taga qisqartirildi — Hukumat qarori

Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

20:48 09.11.2020
Fuqarolarni Shimkentdagi qurilish obyektlariga majburan ekspluatatsiya qilganlar qoʻlga olindi

2011-yilda 59 yoshli X.B., N.D., F.T. va boshqa shaxslar jinoiy rejaga asosan, Oʻzbekistonda fuqarolarga oʻzini goʻyoki “Mustaqil Mardikorlar tashkiloti” raisi va aʼzosi deb tanishtirgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

19:59 09.11.2020