Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida

Bugungi kunda mamlakatimizning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻi katta. Ayni paytda YUNESKO Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga Oʻzbekistondagi 4 ta meʼmoriy majmua – Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari kiritilgan.

16:10 21.10.2020
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda koronavirus infeksiyasi nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo hamjamiyatiga jiddiy xavf solmoqda. Davlatimiz, hukumatimiz bu xatarni har tomonlama hamda tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni olib bormoqda. Albatta, milliy Parlamentimiz ham bu borada taʼsirchan choralarni koʻrmoqda.

14:04 21.10.2020
11 ta qonun va 2 ta kodeks talablari Soliq kodeksiga moslashtirilmoqda

Jumladan, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi kabi qonunlar va Byudjet kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan.

12:11 21.10.2020
8 oyda oʻtkir tigʻli predmetlardan foydalangan holda 542 ta jinoyat sodir etilgan. Yangi Qonun shu bilan bogʻliq muammolarni hal etishga qaratilgan

Misol uchun, 2017–2019-yillarda 10065 ta sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan predmet, shundan 6835 tasi, yaʼni 68 foizi pichoqlar. 2020-yilning 6 oyida esa 14957 ta sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan predmet, shundan 12762 tasi yoki 85 foizi pichoq va...

11:53 21.10.2020
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini tabrikladi

Siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

10:17 21.10.2020
Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi boshlandi

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan yalpi majlis kun tartibidan bir qator masalalar joy olgan.

10:01 21.10.2020
Senatning navbatdagi yalpi majlisi ertaga videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladi

Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisini 2020-yil 21-oktyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

17:35 20.10.2020
Qoʻmita majlisida qanday masalalar koʻrib chiqildi?

Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining videokonferensaloqa tarzida majlisi boʻlib oʻtdi. Unda parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

19:49 19.10.2020
Xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash muhim masala

Maʼlumki, Prezident Farmoniga binoan davlat organlarida xalqaro reytinglar bilan ishlash masalasini muvofiqlashtirish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlarning xalqaro reyting...

15:48 19.10.2020
Tarmoq arxivlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Taʼkidlanganidek, amaldagi “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tugatilgan tashkilotlar hujjatlarini faqat davlat arxiviga topshirilishi belgilangan. Bu esa, davlat arxivlarida Milliy arxiv fondi (doimiy saqlanadigan) hujjatlarning sifatli saqlash muammosini yuzaga keltirish bilan bir qatorda nodavlat arxivlarni rivojlantirishga ham toʻsqinlik...

09:37 15.10.2020
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etiladi

Mamlakatimizda islohotlarning yangi bosqichida sud-huquq tizimini yana-da takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali taʼminlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.

09:18 09.10.2020
Yer uchastkalari boʻyicha qaror chiqarish hokimlardan mahalliy Kengashlarga oʻtkaziladi

Amaldagi qonun hujjatlari, xususan, Yer kodeksining 16-moddasida yer davlat mulki — umummilliy boylik ekanligi, undan oqilona foydalanish zarurligi va u davlat tomonidan muhofaza etilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Sohaga oid qabul qilingan Prezident qaror va farmonlari tadbirkorlik, fermerlik va xususiy biznes...

09:13 09.10.2020
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari inspektorining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek uning koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

11:34 06.10.2020
Xazonrezgi: muammo bor, yechim-chi?

Daraxtlarning tabiat va inson hayotida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Xususan, yashil olam shahar havosini 2-8 darajaga salqinroq qiladi. Bitta daraxt yiliga 15 ming litrgacha suvni tuproqda saqlaydi. Daraxtlarning atrof-muhitga berayotgan foydasi tufayli megapolislar har yili 150...

11:17 06.10.2020
Prezidentimiz ilgari surgan takliflar zamonaviy taʼlim taraqqiyotga xizmat qiladi

Hozirgi murakkab davrda mamlakatimiz taʼlim tizimi ham jiddiy sinovga duch keldi. Bugungi qiyin sharoitga qaramasdan, davlatimiz tomonidan oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

17:00 05.10.2020
Endilikda yerlarni ikkilamchi ijaraga berish mumkin

“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–639, 29.09.2020 y). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

10:35 30.09.2020
Sugʻurtasiz avtomobillar jarima maydoniga qoʻyilmaydi

Mazkur Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgarishga koʻra, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganligi, shuningdek sugʻurta polisining haydovchi yonida boʻlmasligi transport vositalarini ushlab turishga asos boʻlmaydi.

11:25 29.09.2020
​​​​​​​Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi

​​​​​​​“Byurokratik toʻsiqlar yana-da qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–638, 28.09.2020) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

10:17 29.09.2020
“Yashil” yoʻlakdan dron uchib oʻtolmadi

Natijada uning bagaj sumkasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona “SKY QUEST DRONE” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.

10:09 22.09.2020
Inson ruhidagi muammo qanday yechiladi?

Nyu-Yorkdagi One World Counselling psixologik yordam markazi mutaxassisi Gulshoda Oster fikriga koʻra, yaqin orada ruhiy muammolar hozirda eng koʻp tarqalgan, deya hisoblanadigan yurak xastaliklaridan soʻng ikkinchi oʻringa chiqishi bashorat qilinmoqda. Har qanday davlatda psixiatriya yordamini tashkil etish davlatning oʻziga xos...

09:35 20.09.2020